Kurs ishining maqsad va vazifalari.
Ushbu Kurs ishini yozishda savod o’rgatishning tayyorlov davrida o’quvchilarni yozuvga o’rgatish asosiy maqsad qilib belgilandi.
Ushbu maqsadni amalga oshirishda quyidagi vazifalar amalga oshirildi
-Boshlang’ich sinf o’quvchilarini yozuvga o’rgatish bo’yicha adabiyotlar va internet ma’lumotlari tahlili,
-o’quvchilarni savod o’rgatishning ilk davridayoq yozishga o’rgatish masalalarini o’rganib chiqish
-Darslarda zamonaviy usullarni qo’llab darslarni tashkil etish bo’yicha adabiyotlarni o’rganib chiqish
-zamonaviy pedagogik texnologiyalar, innnovatsion hamda interaktiv usullar, turli didaktik o’yinlardan foydalanib o’quvchilarga savod o’rgatish yo’llarini ishlab chiqish.
Kurs ishi obyekt va usullar. Kurs ishining muammosiga oid falsafiy, psixologik, pedagogik hamda metodik adabiyotlar ta’lim mazmunini yorituvchi me’yoriy hujjatlar mazmunini o’rganish va tahlil qilish; nazariy- mantiqiy tahlil, ilg’or pedagogik tajribalarni o’rganish, ta’lim jarayonini kuzatish, suhbat, so’rov-anketa, qiyosiy tahlil, pedagogik tajriba-sinov
ishlarini tashkil etish, olingan natijalarni tahlil qilish kabi usullardan
foydalanildi.
Kurs ishining nazariy va amaliy ahamiyati.
Boshlang’ich sinf savod o’rgatishning tayyorlov davrida yozuv darslarini tashkil etishda ilg’or texnologiyalardan foydalanish usullari nazariy jihatdan asoslangan.
Ushbu Kurs ishida yoritilgan nazariy va amaliy fikrlardan o’rta maktab boshlang’ich sinf o’qituvchilari, oliy o’quv yurtlari pedagogika fakulteti talabalari o’quv jarayonini tashkil etishda foydalanishlari mumkin.
Kurs ishining tarkibiy tuzilishi.
Ushbu Kurs ishi kirish, asosiy qism, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat.
Boshlang'ich sinf o'quvchilarini yozuvga o'rgatish metodlari
Savod o'rgatishning tayyorlov hamda asosiy davri va undan keyingi davrda o'quvchilarni savodli yozishga o'rgatishda quyidagicha metodlardan foydalaniladi. Metodlar asosan o'qish jarayoni bilan birgalikda olib boriladi. Chunki o'quvchilar savodli o'qish jarayonidagina savodli yozish malakalarini o'zlashtiradilar.
Analitik- sintetik metod.
Analitik-sintetik tovush metodiga K.D.Ushinskiy asos solgan. Bu metod hozirgi kunga qadar ancha takomillashdi. Shu bois anaiitik-sintelik tovush metodi an'anaviy tamoyillarga va shakllanish, tashkil topish jarayonida bo'lgan tamoyiilarga ega. Metodning an'anaviy tamoyillari quyidagilar:
l. Savod o'rgatishda analitik-sintetik tovush metodi shaxsni shakllantirish maqsadiga ko'ra ta'limiy va o'stiruvchi xarakterda bo'ladi, nutqiy mashqlar orqali aqlning o'sishini ta'minlaydi, o'qishning ongli olishini talab etadi.
Analitik sintetik tovush metodida savod o'rgatish jarayoni 4 oy davom etadi. Bu jarayon 2 davrga bo'linadi:1
alifbegacha tayyorgarlik davri (2 xafta),
alifbo (asosiy) davr 31 dekabrgacha davom etadi.
Alifbogacha tayyorgarlik davri, o'z navbatida, 2 bosqichga bo'linadi:
harf o'rganilmaydigan bosqich (2 xafta).
unli tovush va harf o'rganiladigan bosqich (2 xafta) Savod o'rgatish jarayonidagi darslar predmetiga ko'ra ikki turli:
"Alifbe" darsligi asosidagi o'qish darslari;
"Yozuv daftari" asosidagi yozuv darslari.
bosqichning asosiy vazifasi o'quvchilarni maktab, sinf bilan, tartib-
intizom qoidalari bilan tanishtirish. Ularga nutq, og'zaki va yozma nutq haq'ida, gap, nutqnnng gaplardan tuzilshi, so'z gaplarning so'zlardan tuzilishi; bo'g'in, so'zlarning bo'g'inlardan tuzilishi, so'zlarning bo'g'inlarga bo'linishi; tovush, bo'g'inlarning tovushlardan tuzilishini; tovushlarning unli tovush va undosh tovushlarga ajratilishini o'rgatish, ulardan amaliy foydalana bilish ko'nikmalarini hosil qilishdan iborat. Bu davrda maxsus nushalar asosida o'quvchilarning bog'lanishli nutqi ustida ishlanadi. Ularga «Alifbe»da berilgan rasmlar asosida hikoyalar tuzdirishdan tashqari, o'zlari bilgan she'r, ertak, hikoya, tez aytish, maqol, topishmoq, halq ashulalari, alla, qo'shiqlar, latifalardan ayttirish lozim.
Tayanch so'zlar asosida gap tuzdirish, «Alifbe» sahifalaridagi so'zlar, ularning ma'nolari ustida ishlash kabi ishlar uyushtiriladi. (Bu tarzdagi ishlar har bir darsda mavzularga bog'liq ravishda izchil davom ettirib boriladi.)
Bu bosqichdagi yozuv darslarida o'quvchilarda daftar bilan, yozuv chiziqlari bilan tanishtirish, harf elementiarini yozishga o'rgatish, namunaga qarab grafik xatolarini aniqlash - o'z-o'zini tekshirish, harf oralarining tengligiga rioya qilish kabi ko'nikmalar hosil qilinadi.
bosqichda unli tovush va unli harflar o'rgatiladi. Bunda ularning uch xususiyatini: a) orizda to'siqqa uchramasligi; b) cho'ziq aytylishi; v) tarkibida faqat ovoz qatnashishi kabilarni o'quvchilarning amaliy ravishda puxta egallashlariga erishish lozim.
Shuningdek, bu bosqichda tovush bilan harfni farqlashga o'rgatish ko'zda tutiladi. Bu bosqichdayoq tovush va harf o'rtasidagi chegaraga qat'iy rioya qilinadi. Bolalarga tovush qaqida ma'lumot kitob ochtirilmay beriladi. Tovushni ifodalovchi harf ko'rsatilgach, harf ustida ishlanadi. Tovush va harfga oid xususiyatlar (tovushlarni talaffuz qilamiz, eshitamiz, harflarni yozamiz, ko'ramiz, o'qiymiz)
ham izchil ravishda o'quvchilarni o'zlashtirishlarini xisobga olgan xolda ochila boriladi.
Alifbo davri. Bu davr 31 dekabrgacha davom etadi. Unda asosan o'quvchilar
undosh tovush va undosh harflar bilan tanishtiriladi. Undoshlar osondan qiyinga tamoyili asosida joylashtiriladi.Oldin sonor tovushlar (n, m, 1,) keyin esa b, k, d, t, s kabi undoshlar so'ngra ikki tovushni ifodalaydigan j harf birikmalari (pd s b), tovush bildirmaydigan harf-tutuq belgisi bilan tanishtiriladi. Tovush va harfni yaxshi tanishlari, elementar o'qishni muvoffaqiyatli egallashlari uchun bo'g'inga bo'lish, bo'g'in chegarasini aniqlash, bo'g'indan tovushni ajratish, tovush va harf munosabatini aniqlash, kesma harflardan burini tuzish va o'qish, bo'g'in-tovush, tovush-harf, tahlili kabi mashqlardan foydalaniladi.
Bu davrda bo'g'inlab o'qish asosi shakllantiriladi: ikki harf yopiq, ikki harfni ochiq, uch harfli yopiq bo'g'inlar (il, ol, la, lo, nom, lim) o'qishga o'rgatiladi.
Alifbo davrini o'rganiladigan tovush-harfhing murakkabligini hisobga olib 3 bosqichga ajratish mumkin:
bosqichda o-na, a-na, il, in, bi-lan, tuzilishidagi so'zlar;
bosqichda artikulyatsiyasi qiyin bo'lgan r, k, v, f kabi undoshlar va yo'l-bars, do'st, rasm kabi tuzilishidagi so'zlar;
bosqichda 2-bosqichda harf birikmalari pd, s, z, 2 tovushni ifodalaydigan, tutuq belgisi va jurnal, jirafa, tong, so'ng, bodring, choynak, shudring kabi so'zlar o'qishga o'rgatiladi.
Alifbe davrining oxirida o'quvchilar quyidagi bilim va ko'nikmalarga ega bo'lishlari zarur:
Hamma tovushlarni tanishi va har qanday xolatda to'g'ri talaffuz qilishi;
So'zni bo'g'in tovush, tovush-harf tahlilini bilishi, so'zdagi tovushlarning izchil tartibini aniqlay olishi, kerakli tovushni so'z va bo'g'inga ajrata olishi;
V) Kesma harf va bo'g'inlardan so'z tuza olishi va o'qishi;
G) 2-3-4 bo'g'inli so'zlarni butinlab o'qishi, adabiy-orfoepik talaffuz bilan o'qishi;
Gaplarni ohangiga rioya qilib o'qishi;
O'qigan matnning mazmunini tushunib, ongli o'qishi;
J) O'qigan matn mazmunini savollar asosida soddagina qilib qayta hikoyalab berishi;
O'qigan matnga sarlavxa topishi;
To'gri, tez, ongli va ifodali o'qish malakalari shakllantirilishi.
Alifbo davri yozuv darslarining vazifasi - kichik va bosh yozma harflarni to'g'ri shakllantirish, harflami to'g'ri ulash, alifbeda o'qigan bo'g'in, so'z va gaplarni namunaga qarab yozish, harf, bo'g'in, so'z, gap diktantlarni yozish ko'nikmasini shakllantirish, izoxli, saylanma, ko'ruv, ta'limiy, diktant yoza olishlariga erishish, umuman grafik malakani shakllantirish. Sovod o'rgatish jarayonining oxirida bir darsda, agar darsning 2/3 qismi yozuvga ajratilsa, 20 tagacha so'z yoza olishlari talab qilinadi.
Ma'lumki, o'quvchilar 1-sinfga har xil tayyorgarlik bilan keladi. O'quv materiallari l-sinf o'quvchilari saviyasiga mos, izchil ravishda beriladi. Shunga qaramay har xil tayyorgarlik bilan kelgan o'quvchilarning uni o'zlashtirishlari turlicha bo'ladi. Bu savod o'rgatish jarayonida o'quvchilarga differentsial va individual yondashishni taqozo etadi. Bunday yondashish ta'limning barcha bosqichlarida ham yaxshi natija beradi.1
Differentsial yondashishda o'quvchilar guruhlarga bo'linadi, har bir guruhning saviyasiga va imkoniyatiga mos topshiriqlar beriladi. Sinf o'quvchilari 3 guruhga bo'linishi mumkin. Topshiriqlar ham 3 variantda ishlab chiqiladi.
O'qituvchi sinfda frontal ishlash jarayonida 3 guruhdagi o'quvchilar bilan parallel ish olib boradi. 3 guruh uchun ham o'quv materiali alifbe hisoblanadi, unga qo'shimcha alifbe uchun qo'shimcha tarqatma materiallardan, jadvaliardan mustaqil ishlardan foydalaniladi.
Alifbedagi o'quv materiali yoki o'qilayotgan matnning qiyin o'rni oldin
tayyorgarligi puxta o'quvchiga, so'ng bo'sh o'quvchiga o'qitiladi. Ba'zi o'quvchiiar bilan darsdan tashqari vaqtda yakka tartibda ishlar olib borishga ham to'g'ri keladi.
Yangi material o'rganiladigan o'qish darsida ishning asosiy turlari:
1 Qosimova K., Matchonov S. Ona tili o’qitish metodikasi. T “Noshir” nashriyoti 2009 yil. 48-bet.
o'rganiladigan yangi tovushni so'zni (shu tovush so'z boshida, o'rtasida, oxirida kelgan so'zni) bo'g'in-tovush tomonidan tahlil qilish bilan ajratish. Yangi tovush ajratiladigan so'zni o'quvchilar rasm asosida o'zlari tuzgan gaplari ichidan oladilar. Tovushni ajratishda shu so'zning sxemasi - modeliga asoslanadilar. Masalan, archa. Tovushlarni eshitish, talaffuz qilish; artikulyatsiyasi (nutq organlarining tovush chiqarishidaga ishi) mashq qilinadi.
Kichik va bosh harflar bilan tanishtiriladi. Bo'g'inlar o'qitiladi.
So'zlarni avval doskada, keyin «Alifbe»dan o'qish. Harf bo'g'inlardan harf terish kartonida so'z, so'z birikmasi, gap tuzish (ursh), so'z ma'nosi ustida ishlash.
Matnni o'qish va tahlil qilish, uni qayta o'qish, rasmni tekstga bog'liqligini belgilash.
Nutq o'stirish: lug'atni boyitish, so'z birikmasi, gap, bog'lanishli hikoya tuzish.
Umumlashtirish: yangi harfni jadvalga qo'yish, yanga o'rganilgan tovushni unli va undoshga kiritish, yangi harfni ilgari o'rganilganlar bilan qiyoslash, tovush va harfning ahamiyatini takrorlash va hokazo.
O'rganilganlarni mustahkamlash darsida yangi tovushni ajratish, yangi harf bilan tanishtirish mashqidan tashqari barcha ish turlaridan foydalaniladi, shuningdek, qo'shimcha so'zlar va matnlar bilan ishlanadi; matnni o'qish va tahlil qilishga, ko'rgazma vositalar bilan ishlashga (harfni terish karton, magnit doskasi,
abak, sirli mato, rasmlar va b.) nutq o'stirishga, o'yinlar va qiziqarli materiallarga, ilgari o'rganilgan tovushlar va harflarni takrorlab mustahkamlashga alohida ahamiyat beriladi, tarqatma materiallardan ham foydalaniladi.
Birinchi uchragan so'zlar bilan ishlash: ochiq bo'g'in har bir undosh bilan tuziladi va o'qiladi, yopiq bo'g'in esa unli bilan tuzilgan ochiq bo'g'inni o'qib keyingi undosh o'qiladi va so'z to'liq o'qiladi.
Yangi so'z urg'usi qo'yilgan holda beriladi, bu uni o'qishga, bo'g'inlab o'qishdek sintetik o'qishga (so'zni butunligicha o'qishga) yordam beradi.
Yangi so'zni doskada katta bosma harflar bilan yozish, o'quvchilarga o'qitish tavsiya qilinadi. So'z shivirlash bilan o'qiladi, kesma harf bo'g'in bilan yoziladi.
Syujetli (rasmning asosiy mazmunini bildiradigan) rasmga qarab o'qituvchi
yordamida, uning yo'llovchi so'roqlari asosida hikoya tuzish, undan gapni ajratish va analiz qilish.
Yangi bo'g'in, so'z tuzishda harf terish matosi, magnit doskasi, sirli mato kabilarning va yangi so'zni doskada va daftarda «yasash»ning ahamiyati juda katta. O'qish uchun xilma-xil bosma materiallardan qanchalik ko'p bo'lsa, ulardan turli xil mashqlar tuzishda foydalanilsa, o'qish shunchalik ongli, qiziqarli bo'ladi, malaka puxta shakllantiriladi.
Bola endigana o'qiy boshlagan bosqichda ularni qatorni yo'qotmaslikka, shuningdek, hatto, so'zdagi keyingi harfni, keyingi so'zni yo'qotmaslikka o'rgatish juda muhimdir. Bu vazifani savod o'rgatishning boshlang'ich bosqichida xatcho'p (o'qiyotgan betni belgilab qo'yish uchun kitob ichiga solib qo'yiladigan qog'oz yoki lentacha) va tayoqcha bajaradi. O'qilayotgan qatorni kuzatib borish ko'nikmasi sinf o'quvchilaridan o'rtog'ining xatosini to'g'irlashini talab qilish bilan ham erishiladi. O'quvchilar bu talabni qizg'anib bajaradilar, shu yo'l bilan ularda darsga, o'qishga e'tibori jalb etiladi.
Savod o'rgatishning birinchi kunlaridanoq o'qish ongli bo'lishi, bolalarni
ongli o'qishga o'rgatish juda muhim. So'roqlar yordamida o'qilganlarni bola qanday tushungani aniqlanadi, tekshiriladi. O'qishdan oldin o'tkazilgan tayyorlov suhbati ham, o'qilgan matn yuzasidan o'tkazilgan suhbat ham shu maqsadga - ongli o'qish uchun xizmat qiladi. Sharoitga qarab, bolalarga nimanidir o'qishni talab qiladigan problemali holatni yaratish ham zarur. Bunday problemali holatning javobini
«Alifbe»dan yoki harf terish matosidan o'qiladigan topishmoq yaratishi mumkin. Bunday maqsadni problemali savolni keltirib chiqaradigan taxminiy suhbat yordamida ham amalga oshiriladi. Masalan, «qishda qushlar qaerga uchib ketadilar?» (harf terish matosida: «Issiq o'lkalarga uchib ketadilar.) Mana shu kabi tayyorlov mashg'ulotlari o'qishning yuqori darajada ongli bo'lishini ta'minlaydi va shu bilan birga, bolalar ko'z ushida o'quv mehnati o'zlashadi, ularni qiziqtiradi.
Ongli o'qishni ifodali o'qishdan ajratib bo'lmaydi. Ammo analitik o'qishning birinchi bosqichida ifodali o'qish mumkin emas, chunki bolalar so'zda urg'uli bo'g'inni ajrata olmaydilar, tugallangan intonatsiyani, so'roq intonatsiyasini, hatto,
orfoepik to'g'ri o'qishni ham bera olmaydilar. Shuning uchun analitik o'qish bosqichida so'zni yaxlit, orfoepik qayta o'qish tavsiya qilinadi. Bunday qayta o'qish to'g'ri intonatsiyaga, ifodalilikka rioya qilib o'qishga o'rgatibgina qolmay, o'qishning ongli bo'lishiga ham yordam beradi.
Savod o'rgatishning birinchi darslaridayoq o'quvchilarga tabaqalashtirib (differentsial) yondashish (bunda o'qvchilarning o'qishga tayyorgarliklaridagi farqlari xisobga olinadi) amalga oshiriladi.
Fonetik ishlar soxasida jarangli va jarangsiz undoshlami taqqoslashga, ularning so'z ma'nosini farqlashdagi faoliyatini aniqlashga oid mashqlar o'tkaziladi (ziyrak-siyrak, dil-til kabi). Artikulyatsiyasi qiyin bo'lgan undoshlar ng (long), lab- tish undoshi - v, qorishiq undosh s, ch, jarangli portlovchi - j va jarangli sirg'aluvchi - j kabilarni o'rganishda tovush artikulyatsiyasyga oid ishlar qiyinlashadi.
Asosiy davrning oxirlarida jarangsiz jufti talaffuz qilinadigan undoshli
so'zlar: ko'rib (ko'rip), qaytdik (qayttik), aytib (aytip), ketayotib (ketayotip), tortib (tortip), terib (terip), olib (olip), obod (obot), borishdi (borishti); qisqa talaffuz qilinadigan i unli bor so'zlar: bilan (blan); talaffuzda tushib qoladigan undoshli so'zlar: baland (balan), do'st (do's), Toshkent (Toshken), farzand (farzan), daraxt (darax).
Bunday so'zlarni yozilgandek o'qish - imloni o'rganishga tayyorlaydi. Bular avval orfografik, so'ng orfoepik o'qitiladi.
Shu kabi so'zlarni o'qish bilan burig'lab utsit malakasi takomillashadi: o'quvchilar talaffuzi va yozilishida farqlanadigan so'zlarni o'qishni o'rganadilar.
Tovush savod o'rgatishning asosi bo'lib xizmat qiladi. Savod o'rgatish davrida so'z va bo'g'inlarni tovush tomonidan analiz va sintez qilish, tovush va ularning artikulyatsiyasini analiz qilish mashqlari o'tkaziladi, diktsiya (ravshan, burro gapirish) ustida ishlanadi, logopedik ishlar olib boriladi. Tovush ustida ishlash bilan ayniqsa, kesma harflardan so'z tuzish kabi sintez qilish usullari birlashib ketadi; tovush va harf urtasidagi munosabatni doimo aniqlab borish o'qish malakalarini shakllantirish uchun ham, imlo tomonidan savodli yozish asosini yaratish uchun ham foydalidir.
S.P.Redozubov tovushni analiz va sintez qilish usullarini to'liq ishlab chiqqan.
Shulardan o'zbek tilida savod o'rgatishda quyidagi usullardan foydalaniladi: Analiz mashqlari:
Nutq (gap)dan so'zni ajratish; so'zni aniq talaffuz qilish; bo'g'inlarga bo'lish va bo'g'inlarni aniq talaffuz qilish, urg'uli bo'g'inni ajratish va uni boshqa bo'g'inlardan farqlab, kuchli talaffuz qilib o'qish, maxsus tovushni ajratgan xolda so'zni bo'g'inlab o'qish (aaaa-na, nooon, iiil. Sssa-na, ki-yyyik, iiish)
Shu darsda o'rganiladigan yangi tovushni ajratish. Yangi tovushni bnrinchi marta ajratishning bir necha usuli bor:
so'zdan tovushni uzun talaffuz qilib ajratish: aaa-na, looo-la, iiin, booo-la;
undosh tovushni yopiq bo'g'indan ajratish: Usss-mon, O- limmm, A- miin. v)sirg'aluvchi undoshni ochiq bo'g'indan ajratish: sssa-na, to-yyyi, zzzi-rak; g)bo'g'in hosil qilgan bir unlini ajratish: o-na, u-num, o'- tin, ё-rug', o-nta, go-
tuk, u-zuk;
d)o'rganilgan tovushni so'z boshida kelgan so'zlardan ajratish (so'zni o'qituvchi aytadi, birinchi tovushni esa o'quvchi aytadi): nok, tok, lola,...;
ye)rasm nomini ifodalovchi so'zni aytish: o'qituvchi nokning rasmini ko'rsatib, noa deydi, o'quvchilar k tovushini qo'shib aytadilar nok.
Asosan, darsda yangi tovush birinchi marta ajratib, talaffuz qilingandan so'ng, shu tovush so'z boshida, o'rtasida, oxirida kelgan va aniq talaffuz qilinadigan so'zlar tanlanib, o'quvchilarga talaffuz qildiriladi: k tovushi uchun: kuz, tik, tok.
O tovushi: olma, osh, O-mon;
D tovushi: dor Odil (so'z oxirida jarangsizlashadigan ozod, hisob kabi so'zlarni tanlash tavsiya qilinmaydi).
So'zdagi tovushlarni sanash va ularning nomini tartibi bilan aytish, sonini aniqlash, bo'g'inlarni sanash: Olma - ol-ma - o-l-m-a; to'rtta tovush, to'rtta harf, ikki unli tovush, ikki undosh tovush, ikki bo'g'in.... Bu usuldan o'quv yilining nkkinchi yarmida va keyingi sinflarda ham fonetik tahlil sifatida foydalaniladi.
Jarangli va jarangsiz undoshli so'zlarni taqqoslash: dil-til, oldin-oltin, tor- tosh, moy-choy-loy-boy-soy-toy kabi.
Savod o'rgatishda analiz sintez bir-biridan ajratilmaydi, chunki analiz o'qish jarayonini egallash uchun zamin yaratadi, sintez esa ko'proq o'qish malakasini shakllantiradi.
Sintez mashqlari.1
Tovush tomonidan analiz qilingan so'zni yoki bo'g'inni talaffuz qilish va uni kesma harfdan tuzish (yozish); shu so'z yoki bo'g'inni o'qish.
O'rganilgan undosh bilan (na, no, la, lo, ni, li, bi, si, ma, mo, mi, ta, to, ti, di, do, so, sa, ...) bo'g'in jadvalini tuzish; bo'g'in jadvalini kitobdan yoki matndan o'qish; kesma harflardan bo'g'in jadvalini tuzish.
Bola-lola-tola, boy-toy-soy-loy, baxt-taxt, ona-ota, mosh-bosh kabi bir undosh harf bilan farqlanadigan yoki ona-opa, ukki-ikki, osh-ish kabi bir undosh harf bilan farqlanadigan so'zlarni o'qish (bunday so'zlarni o'quvchilarning o'zlari topib o'qishlari mumkin).
So'zning boshiga yoki oxiriga bir harf qo'shib, yangi so'z hosil qilib o'qish; ola-lola, osh-bosh, oy-toy, boy, soy, loy; o'roq-so'roq; ol-xol, sol; sava- savat, yelka—yelkan; son-oson; ayiq-qayiq, o'lka-yo'lka; olti-oltin; oldi-oldin,
So'z urtasiga harf qo'shib, yangi so'z hosil qilib o'qing; ko'mak- ko'lmak, zirak-ziyrak, tana-tashna, osha-oshna.
b.Bo'g'inlarni almashtirib yangi so'z hosil qilish va o'qish: Gulnor—Norgul.
Tovushlarning o'rnini almashtirib yangi so'zni hosil qilish va o'qish: somon- osmon, tilak - kalit, kuy - yuk
Tovushni yoki bo'g'inni tushirib qoldirib yangi so'z hosil qilish va o'qish: anor-nor, gulnor-gul, yelkan-yelka, bog'la-bola.
Bo'g'in qo'shib yangi so'z hosil qilish va o'qish: bog'-bog'cha, gul-gulzor, bog'bon, dorboz.
Sintetik ishlarning bu usullari tovush ustida ishlatib harf ustida ishlash bilan birga qo'shib olib borishni talab qiladi. Bu ish usullari qiziqarli bo'lib, darsda yarim o'yin xolatini vujudga keltirishga imkon beradi.
Xulosa qilganda, faqat analiz yoki faqatgina sintez bilan kifoyalanib
1 Qosimova K., Matchonov S. Ona tili o’qitish metodikasi. T “Noshir”
nashriyoti 2009 yil. 46-bet.
bo'lmaydi, ammo tafakkur faoliyatining u yoki bu turi yetakchi rol o'ynaydi. So'zni analiz qilish bilan o'quvchi so'zni leksik ma'noga ega bo'lgan bir butun sifatida anglaydi, bu - sintezdir; so'z sintez qilinganda uning tovush tarkibiga diqqat jalb etiladi, bu esa analizdir. Umuman, savod o'rgatish jarayonida analitik- sintetik ishlar sistemasi bolaning aktiv fikrlashini ta'minlaydi. Analitik-sintetik ishlar usuligina o'quvchilarning bilish mustaqilligini ta'minlaydi, «muammoli» vaziyat yaratadi, bolalarda kuzatuvchanlikni, ziyraklikni o'stiradi.
Tovush-harf tomonidan analiz va sintezni yengillashtiradigan foydali vositalar sifatida kesma harflar, kesma bo'g'inlar va harf terish polotnosi, shuningdek, harf yoki bo'g'in abak, kadoskopdan foydalaniladi; tovushlarning talaffuzi ustida ishlash uchun, shuningdek, yozib olingan ifodali nutqni (asosan, badiiy asarni) takroriy eshittirish uchun magnitafon (yoki lingofon) kabineti xizmat qiladi.
v) tovushlar artikulyatsiyasi, diktsiya ustida ishlash.
Analiz-sintez ishlari sistemasida tovushning o'zini analiz va sintez qilish, tovushni talaffuz qilish vaqtidagi nutq apparati organlarining xolati va harakatini kuzatish (analiz) va harf bilan ifodalangan tovush va tovushlar birikmasini talaffuz qilish maqsadida nutq organlarini zarur xolatga keltirish (sintez) muhim o'rin tutadi. Masalan: u tovushning analizini olsak: til tanglayga tomon baland ko'tariladi, tanglay bilan til orasida torgina bo'shliq qoladi, lablar bir-biriga yaqinlashib yumaloqlashadi, ovoz hosil bo'ladi;
R tovushining sintezida og'iz ozroq ochiq, tishlar orasida bo'shliq bo'ladi, lablar ozgina kengroq tortilgan, til ozroq orqaga itarilgan va tanglay (tepa)ga tomon baland ko'tarilgan xolatda ovoz eshitiladi, o'tayotgan havo kuchi bilan tilning uchi titraydi.
Sinfda barcha tovushlarning artikulyatsiyasi (hosil bo'lishi)ni ko'rsatib bo'lmaydi, Masalan: afrikatlar (ch, j), chuqur til orqa (k, r, x), bo'g'iz tovushi (h)
artikulyatsiyasini ko'rsatish qiyin. Ammo bunday tovushlarning hosil bo'lishini tushuntirish uchun o'qituvchi, o'quvchilar diqqatini jalb qilgan xolda, tovushni talaffuz qilib ko'rsatadi, so'ngra o'quvchilar talaffuz qiladilar. Bunday usulni bir necha bor takrorlagan ma'qul.
Diktsiya ustida ishlash o'quvchilar nutqini tushunarli, sof, tiniq, jarangdor bo'lishiga erishishdir. U savod o'rgatish uchun, ifodali o'qish, orfoyepik va orfografik malakani, xushovozlik ko'nikmasini o'stirish uchun ham juda muhimdir. Yaxshi diktsiya tovush hosil qiluvchi apparatning egiluvchanligiga bog'liq. Shuning uchun diktsiyani o'stirish mashqlari tovush hosil kiluvchi apparatning elastikligini o'stirishga qaratiladi.
Diktsiya ustida ishlash mashqlariga misollar:
Baland talaffuzni mashq qilish: Masalan: sara-shira-sara-shira so'zlarini ovozni to qichqiriqqacha balandlata borib, so'ngra ovozni to shivirlashgacha pastlatib talaffuz qilish.
Talaffuz tempini mashq qilish. Shu shira-shira so'zlarini sekin talaffuz qilib, tempni asta tezlashtira borish.
Ayrim undosh tovushlarni, ayniqsa, o'quvchilar nuqson bilan talaffuz qiladigan so'zlarni qayta talaffuz qilish mashqi.
Murakkab tovush birikmalarini talaffuz qilishni mashq qilish. Buning uchun tez aytishlardan foydalaniladi. Masalan, G'ani g'ildirakni
g'izillatib g'ildiratdi.
Bolalarni so'zlayotganda to'g'ri nafas olishga, tovushlarni to'g'ri talaffuz qilish va o'rgatish zarur. Ba'zi tortinchoq bolalar tovushni talaffuz qilishga uyaladilar. Bunday vaqtda tovushni, so'zni xor bilan talaffuz qildirish, xor bilan o'qitish, tez aytishlarni xor bilan ayttirish foydalidir.
Dostları ilə paylaş: |