Kurs ishi maqsadi: Jismoniy tarbiya va sport sohasida aholi sog‘lig‘ini mustahkamlashga ko‘maklashadigan aniq dasturlarni amaliyotga joriy etish, yoshlarni sportga keng jalb qilish va ular orasidan iqtidorli sportchilarni saralab olish, sport turlari bo‘yicha yuqori natijalarni ta’minlaydigan mahoratli sportchilar bilan milliy terma jamoalarni shakllantirish va trenerlar uchun qo‘shimcha shartsharoitlar yaratish zarurati mavjud. Mamlakatda yuksak madaniyatga ega bo‘lgan har tomonlama etuk hamda jismonan sog‘lom insonni shakllantirish maqsadida, aholining jismoniy tarbiya va sport sohasida malaka va bilimlarini orttirishga qaratilgan ustuvor yo‘nalishlarni belgilash, iqtidorli sportchilarni tanlab olish jarayoniga innovatsion shakllar va usullarni joriy etish.
Kurs ishi ob’yektlari: Maktab binolari , mahalla guzarlari, BO’SM zallar, umuman olganda aholi istiqomat qiladigan barcha joylar.
Kurs ishi predmeti: jismoniy mashqlar va mehnat faoliyati jarayoni va shug’illanish joylari, jismoniy tarbiya mashg’ulotlarida qo’llaniladigan jixozlar.
Kurs ishi vazifalari: jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug‘ullanayotgan aholining umumiy sonini 30 foizgacha, sport tashkilot va muassasalarida shug‘ullanayotgan yoshlarning umumiy sonini 20 foizgacha oshirish; davlat sport ta’limi muassasalarida trener va mutaxassislarning sifat tarkibi, xususan oliy ma’lumotli xodimlar sonini bosqichma-bosqich 80 foizgacha etkazish; joylarda yoshlar orasidan iqtidorli sportchilarni tanlab olish seleksiyaning samarali va shaffof to‘rt bosqichli – tashkilot-tuman (shahar)-hudud-respublika tizimini ishlab chiqish va joriy etish;
Ularni doimiy va muntazam qo`llash yaxshi narija bermoqda, o`quvchilarni sog’lom, baquvvat chaqqon, kuchli qilib tarbiyalashda muhim omil bo`lib xizmat qilib kelmoqda. Ilgarilari keng omma ishtirok etgan Navro`z bayramlari, sayillar, to`ylarda xalq o`yinlari, jismoniy mashqlar, umuman milliy sport turlarisiz o`tkazilmagan. Afsuski, mamlakatda ular butunlay esdan chiqib, unutilayozdi, shuning uchun ularni izlash va tiklash o`z xalqini va millatini e`zozlagan har bir kishining burchi bo`lib kelmog’i kerak.