Termiz davlat universiteti sport faoliyati va boshqaruvi fakulteti sport boshqaruvi kafedrasi



Yüklə 0,79 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/17
tarix27.12.2023
ölçüsü0,79 Mb.
#199323
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
XUDAYBERDIYEV DOSTON ABDULLA O‘G‘LI

Holatlar. 
Voleybol o’yinida o’yinchilar to‘p bilan qisqa vaqt ichida harakat 
qilishlari lozim. Shu sababli u yoki bu o’yin sharoitida o’yinchi to‘p bilan o’ynashi 
uchun yuqori tayyorgarlik ko’rishi talab etiladi. Shu maqsadda turli harakat 
usullarini bajarish uchun turlicha holatlarni egallashi kerak. 
Hujum zarbasini berish va to’siq qo’yishda - baland (1 a-rasm), o’yinga 
kiritilgan to’pni qabul qilishda - o’rta (1 b-rasm), hujum zarbasini yoki to’siqdan 
pastlab qaytgan to’pni qabul qilishda - past (1 v-rasm) holatlar egallanadi. Bunda 
UOM (umumiy og’irlik markazi)ning holati navbatdagi harakatning xususiyatiga 
bog’liq bo’ladi. Shuni ham ta’kidlash o'rinliki, o'yinchining bo'yi va uning 
koordinatsion qobiliyati UOMga sezilarli ta’sir ko'rsatadi. Shuning uchun ham 
samarali turish holati shunday bo'lishi kerakki bunda UOM tezda tayanch 
chegarasidan chiqarilib, zarur harakatlanish va faoliyat ko'rsatish imkoniyatini bera 
olsin. 
Turish holatlari navbatdagi harakatlarning qo‘llani-lish xususiyatiga qarab 
statik (o’yinchining harakatsiz) yoki dinamik (asosiy tayanchni bir oyoqdan 
ikkinchisiga o’tkazish bilan to’pni qabul qilish, hujum zarbasini berish yoki to’siq 
qo’yishni kutishda) holatlarda bo’ladi. Bu turish holatlarida qo’llar bel barobarida, 
barmoqlar kaftlarga qaragan, gavda esa bir oz oldinga egilgan bo’ladi. Gavda erkin 
holatda bo’lishi kerak. 


24 
Harakatlanish
. O’yinchi ma’lum bir texnik usulni bajarish uchun maydon 
bo’ylab harakatlanadi. Bunda usul va o’yinning vaziyatiga bog’liq holda, qadam 
tashlab (oldinga, orqaga, yon tomonga), sapchib, sakrab, yugurib, yiqilib turli 
harakatlarni amalga oshiradi. Qadam tashlash va yugurish bilan qilinadigan 
harakatlar birmuncha yumshoq (UOM tebranishining sustligi sababli) bo’ladi. Yon 
tomonga qadamlashdan ko‘p hollarda katta bo’lmagan masofani bosib o’tish bilan 
to’siq qo’yganda, hujum zarbasini qabul qilganda yoki to’siqdan o‘z yo’nalishini 
o’zgartirib qaytgan to’pni qabul qilishda foydalaniladi. Harakat doimo kerakli 
harakat yo’nalishiga yaqin bo’lgan oyoqdan boshlanadi. Sapchib, sakrab, yugurish 
bilan bo’ladigan harakatlardan tez javob harakatlarini amalga oshirishda 
qo’llaniladi. Ko’rib chiqilgan harakatlardan ko‘p hollarda umumiy birlikda ham 
foydalaniladi. 

Yüklə 0,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin