Termiz davlat universiteti sport faoliyati va boshqaruvi fakulteti sport boshqaruvi kafedrasi



Yüklə 0,79 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/17
tarix27.12.2023
ölçüsü0,79 Mb.
#199323
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
XUDAYBERDIYEV DOSTON ABDULLA O‘G‘LI

Chaqqonlik 
- turli murakkab xarakatlarni tez va aniq ijro etilishi demak. 
Voleybolda ushbu sifat voleybolchining maydonda muayyan vaziyatga nisbatan 
tug’ri, tez va aniq xarakat qilishi zarurligini anglatadi. Bu sifat keng mazmunli 
tushuncha bo’lib, o‘z ichiga tezkorlik, kuch, chidamlilik, egiluvchanlik kabi 
sifatlarni qamrab olgan. 
Chaqqonlikni bolalik davridan boshlab rivojlantirish maqsadga muvofiq. 
Mazkur sifatni tarbiyalashda mashqlarning eng oddiysidan boshlab, sekin - asta 
murakkab mashqlarga o’tish zarur. 
Chaqqonlikni rivojlantirishda gimnastika, akrobotika, sport va milliy o’yinlar 
juda qo‘l keladi. 
Egiluvchanlik 
- bu tana bug’imlarining maksimal amplitudada bukilishi va 
yozilishidir. Bu sifat aksariyat mushaklar tolalari elastikligi (chuziluvchanlikligi) va 
tonusiga bogliq. Egiluvchanligini o’stirish, birinchi navbatda muntazam muvofiq 
mashqlar bilan shug’ullanishga bog’lik. 
Egiluvchanlik sifatini rivojlantirishga boshlang’ich maktab yoshidan 
boshlangani maqsadga muvofiq. Chunki bu yoshdagi bolalarning organizmi - 
suyaklari, mushak va bug’inlari egiluvchan - plastik xususiyatiga ega bo’ladi. 
Mazkur sifatni rivojlantirishda sekin sur’atda bajariladigan xar xil 


31 
yo'nalishlarga oid bo'lgan va katta doirali amplutudada ijro etiladigan mashqlar qo‘l 
keladi. Bundan tashqari egiluvchanlikka xos elementlari bulgan xarakatli o'yinlar va 
sport o'yinlari yaxshi natija beradi. Gimnastika, akrobatika mashqlari bilan 
sho'gullanish ham ayni muddao. Zikr etilgan mashqlar muntazam uzoq vaqt va 
qayta - qayta bajarilishi lozim. 
Chidamlilik 
deb organizmning uzoq vaqt charchamasdan faoliyat ko’rsatish 
yoki biron-bir xarakatni yuqori samarada o’zoq vaqt ettira olish qobiliyatiga 
aytiladi. 
Chidamkorlik sifatini tarbiyalash trenirovka jarayonining asosiy vazifalaridan 
biridir. Bu sifatning yuqori darajada rivojlanganligi sport maxoratining samarali 
o’sishiga, o’zoq vaqt davomida egallangan texnik va taktik malakalarining 
musobaqa jarayonida faol ijro etilishiga zamin bo’ladi. 
Chidamkorlik sho’gullanuvchi sportchilarning yoshiga, tayyorgarligiga 
malakasiga qarab tarbiyalanishi kerak bo’ladi. Bunda harakatli va sport o’yinlari, 
estafetalar, turli og’irliklar bilan bajariladigan mashqlar, chopish-krossdan 
foydalanish qo‘l keladi. 
Umumiy chidamkorlik o’zoq masofaga chopish, suzish, velosepedda uchish 
kabi vositalar yordamida rivojlantirilishi mumkin. 
Voleybolchilarga xos maxsus chidamkorlikni tarbiyalash o’zoq vaqt 
davomida voleybol va o’zga sport o’yinlari, harakatli o’yinlar, xar xil 
yo’nalishlarga o’zgaruvchan yo’nalishlarga qayta-qayta chopish, charchash holatida 
turli 
mashqlarni 
bajarish 
asosida 
amalga 
oshiriladi.


XULOSA
Zamonaviy voleybol shug’ullanuvchilar organizmining 
funksional holatiga

jismoniy sifatlariga yuqori talabalarni qo’yadi. Chunki, voleybol mashg’uloti 
paytidagi jismoniy yuklama juda yuqori bo’lib, unga yaxshi tayyorgarlik 
ko’rilmasa muntazam va qat’iyatlilik bilan mashq qilinmasa, natija kutilgandek 
bo’lmaydi. Voleybol o’yini vaqtidagi umumiy maqsadga, erishishga intilish, 
o’yinchini jamoa uchun jonkuyar bo’lishiga, hamkorlikka, o’zaro yordamga 
o’rgatib, hamdo’stlik va birodarlikni tarbiyalaydi. 
Voleybol o'yini ko'proq hujum va himoya texnikasiga asoslanadi. O'yin paytrida 
hujumga ham, himoyada ham turish va siljish, to'pni uzatish va qabul qilib olish, 
to'pni bir yoki ikki qo'llab olish va qaytarib, to'pni to'sish kabilardan foydaniladi. 
Voleybol o'yini davomida o'yinchi maydon bo'ylab harakatda bo'lib siljiydi. 
Maqsad -to'pni qabul qabul qilib olish va boshqa usullar bilan uni uzatishdir. 
O'yinchi sport holatda turganda muhimi siljishgq doim tayyor bo'lib turishdir 
To'g'ri holatda bo'lish boshlovchi voleybolchi uchun muhum ahamiyatga ega. 
O'yinchi turish holatida oyoqlari elka kengligida va bukilgan bir oyoq bir oz 
oldinda tana oldiniga egilganroq . O'yin davom ettirish maqsadida sherikka yoki 
raqib tomonga yuborilgan to'pni o'tkazish uzatish usuli hisoblanadi. To'pni oldinga 
yuqoriga va orqaga o'tkazish usuilari o'z aro farqlanadi. T'pning uchish 
traektoryasiga qarab butun maydon bo'ylab uzun qo'shni maydonga qisqa va o'z 
maydoniga o'ta qisqa uzatish usuli amalga oshiriladi. To'p4. Mustaqil ish 
O'quvchilarga oyoqda sakrash va qo'lda bajariladigan mashqlar mustaqil ish qilib 
berish. 



Yüklə 0,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin