25
beriladi. To'pni to'rga yaqin - 0,5 m gacha va uzoq - 0,5 m dan ortiq masofada
berish mumkin.
To'pni uzatish texnikasi dastlabki holat, qo'lning to'pga qarama-qarshi
harakati, amortizatsiya va to'pni yo'naltirishdan iborat bo'ladi.
Dastlabki holatdan
to'p tomon harakatlangan-dan so'ng voleybolchi vertikal holatda, oyoqlarining
bukilish darajasi to‘p yo’nalishining balandligiga va uchish tezligiga bog’liq holda,
oyoq kaftlari parallel yoki bir oyoq (asosiy qo’lga nisbatan qarama-qarshi) bir oz
oldinda bo’ladi. Qo’llar
oldinga chiqariladi, barmoqlar oval shaklini hosil qilgan
bo’ladi.
Qo’llar to‘p bilan yuz tepasida to’qnashadi. Bunda bosh barmoq asosiy
nagruzkani qabul qiladi, ko’rsatkich barmoqlar esa zarba berishda asosiy bo’ladi.
O’rta
barmoq kamroq ravishda, nomsiz va jimjiloq asosan to’pni yon tomondan
ushlab turishga xizmat qiladi. To’pga yo’nalish berishda qo‘l, oyoq va gavda
mushaklarini kuchlanishi o’zaro birgalikdagi yaxlitlik bilan izohlanadi. Bunda
gavdaning UOM birmuncha yuqoriga-oldinga ko’chadi
va gavda massasining
og’irligi ikki oyoqning uchiga tushadi. Qo’llar to’pni uzatish oxirida to’liq
to’g’irlangan holatda bo’ladi.
Murakkab hujum kombinatsiyalarini tashkil qilishda, to’p baland berilganda
yoki to’pning uchish vaqtini kamaytirish maqsadida sakrab to’p uzatish usulidan
foydalaniladi. Bu holatda qo’llar bosh ustidan birmuncha baland ko’tariladi va
qo’llarning faol ishlashi hisobiga sakrashning yuqori nuqtasidan to’p uzatiladi.
Huddi shu holatda qisqa to’p uzatishda asosiy harakat qo’l
barmoqlarining faol
ishlashi hisobiga amalga oshiriladi.
To’pni orqa tomonga (mo’ljalga orqa tomon bilan turganda) uzatishda
o’yinchi to’pning tagiga kirib boradi. Bunda qo’lning orqa kaft qismi bosh
orqasigacha ko’tariladi. To’p uzatish qo’llarni tirsak qismida bukib-yozish hisobiga
bajariladi, gavda orqaga-yuqoriga harakatlanadi, bunda harakat umurtqa pog’onasi
ko’krak va bel qismlarining bukilishi hisobiga bo’ladi (5-rasm). Sakrab orqaga to’p
uzatish huddi tayanch holatda orqaga to’p uzatish kabi bajariladi. To’p uzatishning
eng murakkab usuli bu sakrab bir qo’l bilan to’p uzatishdir. Bu usul to’p to’r ustiga
26
kelib qolgandagi murakkab sharoitda bajariladi. Bu holda qo’l tirsaklarida bukilib,
oldinga chiqariladi (6-rasm).
Kaftlar oldinga qaratiladi, barmoqlar bukilib, tarang
holga keltiriladi. To’p uzatish tirsak bo’g’inining bukib-yozilishi hisobiga
bajariladi.
Dostları ilə paylaş: