Termiz davlat universiteti sport faoliyati va boshqaruvi fakulteti sport boshqaruvi kafedrasi


 Voleybol to’pini uzatish texnikasi



Yüklə 0,79 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/17
tarix27.12.2023
ölçüsü0,79 Mb.
#199323
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17
XUDAYBERDIYEV DOSTON ABDULLA O‘G‘LI

1.2 Voleybol to’pini uzatish texnikasi 
To'p ko'krak sathida ushlab turiladi, bir oyoq oldinga qo'yiladi (zarba beruvchi 
qo'lga nisbatan qarama-qarshi). To'p 1 m yuqoriga oldinga tashlanib, o'yinchi 
qo'lini yuqoriga-orqaga harakatlantiradi va zarba beruvchi qo'l - yelkasini orqaga-


15 
yuqoriga olib boradi. Zarba to'g'ri qo'l bilan birmuncha oldinda bajariladi. Bu usul 
ikki xil variantda: to'pga aylanma harakat berib va aylanma harakat bermasdan 
amalga oshirilishi mumkin. To'pga aylanma harakat bermasdan to'p 
kiritish usuli birmuncha murakkab usul hisoblanadi. Bu usulda quyidagi 
elementlarning bajarilishiga qat'iy amal qilish zarur (11-rasm). Bular: to'pning qoq 
o'rtasiga zarba berish; to'p tashlashning nisbatan pastligi (0,5 m gacha); zarba 
beruvchi qo'lni orqaga nisbatan qisqa harakatlantirish; kuchli (tezkor) va 
«aldamchi» (sekin) zarbalar berish. Hujum zarbasini 2 yo'l bilan bajarish mumkin: 
to'g'ri (to'rga nisbatan to'g'ri turgan holda) va yon tomon bilan (to'rga nisbatan). 
Yuqoridan yon tomon bilan to'p kiritish. 
Yuqoridan yon tomon bilan to'p 
kiritish usulida o'yinchi to'rga nisbatan yon tomon bilan oyoqlarini tizzadan bukkan 
holda turadi (12-rasm). To'p 1 m gacha balandlikda yelka ustiga tashlanadi. O'ng 
qo'l bilan zarba berilganda, u pastdan orqaga harakatlanadi, bunda yelka pastga 
tushirilib, gavdaning og'irligi o'ng oyoqqa o'tkaziladi. Zarba beruvchi qo'l orqadan-
yuqoriga yoy bo'yicha harakatlantirilib, zarba amalga oshiriladi. Gavda chapga 
buriladi va og'irlik kuchi chap oyoqqa ko'chiriladi. Bu harakat zarbaning kuchini 
oshirishga xizmat qiladi. 


16 
Sakrab to'p kiritish. 
Hozirda sakrab to'p kiritish usuli keng qo'llanilmoqda. 
Bu usulning asosi orqa (himoya) zonadan hujum zarbasini berishga o'xshashligi 
sababli uning mohiyati quyiroqda yoritiladi
4

4
Abdullaev. «Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi» (1-jild)/ Toshkent / «NAVRUZ» nashriyoti, 2017. - 400 
bet 


17 

Yüklə 0,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin