1.2 Mаshg’ulotlarning umumiy tuzilishi
Mashg’ulotlarda ish qobiliyatining dianamikasi ular umumiy tuzilmasining
negizi ekanligi. Jismoniy mashq mashg’ulotlarning tuzilmasi ko’p jihatdan
shug’ullanuvchilarning ish qobiliyatidagi tipik o’zgarishlar bilan belgilanadi. Inson
ish qobiliyatini mashg’ulotlar davomida o’rganish jismoniy tarbiya amaliyotida
birichi
galdagi
muommoni
tashkil
etadi.
Bu
tabiiy
holdir,
chunki
shug’ullanayotgan kishilarning ahvoli haqidagi ma’lumotlarni hisobga olmay turib,
ular taraqqiyotini boshqarib bo’lmaydi.
3
2
Yarashev K.D. Jismoniy tarbiya va sportni boshqarish. O‘quv qo‘llanma Toshkent Abu Ali Ibn Sino nomidagi tibbiyot
nashriyoti 2019 yil.
3
Salomov R.S. “Sport mashg‘ulotlarining nazariy asoslari” o‘quv qo‘llanma T.: O‘zDJTI nashriyoti 2016 y
7
Mashg’ulot tuzilishining pedagogik vazifalariga bog’liqligi. Ish qobiliyati
asosiy bo’limlariga, shuningdek, pedagog hamda shug’ullanuvchi kishilar faoliyati
mazmknining o’ziga xos xususiyatlariga binoan pedagogikaga oid asarlarda
mashg’ulot kirish, tayyorgarlik, asosiy va yakuniy qismlarga ajratiladi.
Hozirga vaqtda kirish va tayyorgarlik qismlarini birlashtirib, mashg’ulotni
tayyorgarlik (ba’zan uni kirish yoki kirish – tayyorgarlik qismi deb ataydilar),
asosiy va yakuniy qismlarga bo’lish rasm bo’lgan. Ma’lum mashg’ulot
o’tkaziladigan vaqt chegaralarini nazarda tutsak, bunday bo’lish mantiqan
to’g’riroq bo’ladi, chunki darsning kirish qismiga to’g’ri keladigan start oldi
holatlari mashg’ulot boshlangungacha bo’ladigan vaqtga mansubdir. To’g’ri,
bunday holatlar faqat darsning kirish qismidagina sodir bo’lmay, balki barcha
alohida vazifalarini (baho olish uchun harakatlar bajarish, o’quv musobaqalari va
shunga o’xshashlarni) bajarish oldidan ham uchrab turadi, biroq ular bunda
boshqacharoq sifat darajasiga o’tadi.
Jismoniy mashq mashg’ulotlarida o’qituvchi o’z oldiga harakatlarni o’rgatish,
turli jismoniy fazilatlarni taraqqiy ettirish, shaxsiy xususiyatlarni tarbiyalash, u
yoki bu sog’lomlashtirish vazifasi singari ko’pgina vazifalar qo’yadi.
Binobarin, mashg’ulotlarning umumiy tuzilmasi haqidagi tushuncha qarama –
qarshi tushunchadir. Agar ish qobiliyati dinamikasini hisobga oladigan bo’lsak, u
holda mashg’ulotlarda tayyorgarlik, asosiy va yakuniy qismlar hamda shularga
muvofiq keladigan umumiy pedagogik vazifalar aniq ko’zga tashlanadi. Agar
o’quv – tarbiya jarayoni mantiqiga chuqurroq amal qiladigan bo’lsak, u holda
qismlar soni aniq vazifalarning soniga qarab ko’proq yoki kamroq bo’lishi
mumkin.
Ba’zi bir vazifalarni hal etish uchun boshqa bir xil vazifaga kamroq kuch
sarflash talab qilinadi. Shuning uchun har bir aniq holda shug’ullanuvchilarga
unchalik qiyin tushunmaydigan vazifalar mashg’ulotlarning tayyorgarlik va
yakuniy qismiga, eng muhim vazifalar (odatda eng qiyinlari) asosiy qismga
kiritiladi. Shunday yo’l bilan umumiy usul talab, ya’ni shug’ullanuvchilarning ish
8
qobiliyati har gal eng yaxshi bo’lishi ta’minlanadi. So’ngra mashg’ulotning
tuzilishini ishlab chiqayotgan vaqtda mantiqiy talablariga (vazifalar miqdoriga
binoan) bo’ysindirib, mulohazalarga amal qilishi kerak.
Mashg’ulotlarni yuqori saviyada o’tkazish uchun, yuqorida keltirilgan
fikrlardan tashqari shug’ullanuvchilarning faoliyatiga rahabarlik qilishning o’ziga
xos xususiyatlaridan kelib chiqadigan umumiy uslubiy talablarga ham asoslanmoq
kerak bo’ladi. Bu nuqtai nazadan qaraganda jismoniy mashq mashg’ulotlarining
dars va darsdan tashqari shakllari bo’ladi.
Jismoniy tarbiya mashg’ulotlari o’rta maktablarda g’oyat xilma - xil bo’lib,
ular jismoniy tarbiya dars, jismoniy tarbiya mashg’ulotlari, ertalabki badan tarbiya,
sport musobaqalar, tanaffusda o’qishlar, boshqa darslarda o’tkaziladigan jismoniy
mashqlar va boshqalar kiradi. Jismoniy mashq mashg’ulotlaridagi mazmun bilan
shakl aloqadorligi pedagogik jihat
dan g’oyat muhim ahamiyatga egadir. Kishilarning jismoniy sifatlarini kamol
toptirishga qaratilgan faol harakat faoliyati mashg’ulotlarning asosiy mazmunini
tashkil etadi. Jismoniy mashg’ulotlar umumta’lim maktablarida juda muhim
ahamiyatga egadir. Chunki bir hafta tarbiyalanuv-
chilarga o’tiladigan ikki soatlik jismoniy tarbiya darsi ularning organizimdagi
jismoniy harakatga bo’lgan talablarni qoniqtira olmaydi, shuning uchun jismoniy
tarbiya mashg’ulotlari maktabda to’liq tashkil etiladi va o’tkaziladi,
mashg’ulotning o’quvchilarga o’tkazilishi ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Mashg’ulot
mazmuni elementlarning tuzilishi jismoniy mashq mashg’ulotlarining shaklini
tashkil etadi. Jismoniy mashqning umumiy tuzulishi (strukturasi) quyidagicha
bo’ladi
4
.
Boshlanadigan
mashg’ulotda
bajariladigan
ishga
kirishish
yoki
mashg’ulotning tayyorlov qismi. Buni organizmni qizdirish ham deb ataymiz. Bu
jarayon har qanday jismoniy mashg’ulotning tarkibiy qismidir. Bu jarayon
shug’ullanuvchilarning organizmini qizdirib yuqori ish qobiliyati-ga tayyorlaydi.
4
A. Abdullaev Xankeldiev. Sh.X. «Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi» (1-jild)/ Toshkent / «NAVRUZ»
nashriyoti, 2017. - 400 bet
9
O’quvchilar organizmining jismoniy mahoratlaridan, organizmning zo’riqishidan
asraydi. Mashg’ulotning bu qismida shug’ullanuvchilarning barcha a’zolarini,
ya’ni yurak, qon tomir sistemasiga va boshqa organlarni ishga kirishida tayyorlash
uchun ularga umumiy rivojlantiruvchi jismoniy mashqlar beriladi. Bunga asosan
saf mashqlari, yurishlar, sekin yurishlar, bo’yin, yelka, qo’l, bel, oyoqlarga
qaratilgan, jismoniy harakatlar har xil yo’llar bilan amalga oshiriladi. Umumiy
rivojlantiruvchi mashqlar organizm zo’riqmaydigan darajada bajariladi. Shunday
yo’l bilan mashg’ulotning asosiy qismiga organizmni tayyorlaydi. Mashg’ulotning
tayyorlov qismi xilma-xil shaklda tashkil qilinadi va o’tkaziladi. Safda turgan
holatda, to’rt bo’lib, aylana holatda, juft-juft bo’lib tarqaladi va
hokazo.Mashg’ulotning asosiy qismi. Bu qism mashg’ulot oldiga qo’yiladigan
maqsadni amalga oshirishga yo’naltirilgan bo’lib, asosiy ishni bajarishga
qaratilgandir. Bu qismda bajariladigan harakatlar yuqori darajada bo’lib,
shug’ullanuvchilar jismoniy imkoniyatlarini yuqori darajada namayon etishni talab
qiladi. Bu jarayon mashg’ulotning turiga bog’liqdir yoki o’rgatish, takrorlash,
takomillashtirish, mustahkamlashdan iborat. Asosiy vositalari mashg’ulot oldiga
qo’yilgan harakat amalning qismiga oid maxsus mashqlardan iborat
bo’ladi.Mashg’ulotning yakuniy qismi. Mashg’ulotning yakuniy qismida
shug’ullanuvchilarning organizmini oldingi holatga qaytarish uchun diqqat
e’tiborini o’ziga qarata o’yinlar, yurish, ohista yugurishlardan iborat bo’ladi.
Yakuniy qism aniq gigiyenik yo’nalishda bo’lib, shug’ullanuvchilar yuvunish,
qiyin ishiga qaratilgan bo’ladi.
5
Maktabdagi darsdan tashqari ishlardan biri ommaviy jismoniy madaniyat
bo’yicha o’tkaziladigan ommaviy tadbirlardir. Darsdan tashqari ishning vazifalari
qo’yidagilardan iborat Maktab oldida turgan o’quv tarbiya vazifalarini hal etishga
yordam berish. O’quvchilar sog’ligini mustahkamlashga o’quvchilarning jismoniy
madaniyat darslarida oladigan bilimlari, malaka va ko’nikmalarini chuqurlashtirish
5
A. Abdullaev. «Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi» (1-jild)/ Toshkent / «NAVRUZ» nashriyoti, 2017. -
400 bet.
10
hamda kengaytirish. Maktab o’quvchilarida tashkilotchilik malakalarini tarbiyalash
va rivojlantirish.
O’quvchilarning yaxshi dam olishlarini tashkil etish. O’quvchilarda jismoniy
tarbiya va sport bilan muntazam shug’ullanishga ishtiyoq uyg’otish.
Darsdan tashqari vaqtda gimnastika, yengil atletika, chang’ida yurish va
turizm mashg’ulotlari shaklida seksiyalar, guruhlar jamoalarda o’tkaziladi.
Bolalar bilan olib boriladigan sinfdan tashqari ishlarning asosiy mazmuni
jismoniy tarbiyaga oid o’quv dasturlari materiali hisoblanadi. Bu material
o’quvchilarning turli mashqlarni odatdagi va murakkab sharoitda, xususan dalada
bajarish, malaka va ko’nikmalarini takomillashtirish maqsadida foydalaniladi.
O’yinlar sinfdan tashqari ishlarda katta o’rin egallaydi. Sinfdan tashqari
ishlar, xususan o’yinlarni ham o’tkazishda asosiy e’tibor o’rganiladigan
materialning darslarda o’tiladigan o’quv materialiga mosligiga qaratiladi. O’quv va
sinfdan tashqari mashg’ulotlarning birga qo’shib olib borilishi bolalarning
harakatlanish malaka va ko’nikmalarini takomillashtirishga yordam berish
kerak.Maktabda jismoniy tarbiya va sportga oid sinfdan tashqari ishning tashkiliy
asosi qo’yidagilar hisoblanadi. Sakkiz yillik va o’rta maktablarda 3-8 yoki 3-10
sinf o’quvchilaridan tashkil topish mumkin bo’lgan jismoniy tarbiya jamoasi.
Boshlang’ich maktablarda jismoniy madaniyat tugaraklari. Jismoniy tarbiya
jamoasi ishga umumiy rahbarlik jismoniy madaniyat o’qituvchisi, to’garakga
rahbarlik
esa
boshlang’ich
sinf
o’qituvchilaridan
biri
zimmasiga
yuklanadi.Maktabdagi barcha sinflarda jismoniy tarbiya tashkilotchilari saylanadi.
Ular sinf rahbarlari boshchiligida ish olib boradilar. O’z sinfdoshlarining maktabda
o’tkaziladigan turli ommaviy - jismoniy tarbiya va sport tadbirlarida
qatnashishlarini uyushtiradilar
Jismоniy tarbiyaning o’qitish prеdmеti sifatidagi maхsus bilim va harakat
faоliyatlari o’qituvchidan o’qitishga хоs ma’lum usullar va uslubiyatlar
(mеtоdlar)ni bilishni talab etadi. Ta’lim (o’qitish)ning uslublari ko’p bo’lishiga
qaramay ularning hеch biri univеrsal emas. Ta’lim mеtоdlarining tavsifini bilish bu
11
uslublar tarkibidan qulayini tanlab оlishga, o’qitish vazifalarini hal qilish uchun
nisbatan samaralilarini ajratib оlishga imkоn bеradi.
Usul - faоliyatning shunday usuli, turli sharоitda, turli хil dagi
shug’ullanuvchilar bilan kеng dоiradagi vazifalarni hal etish imkоniyati bo’ladi.
Masalan: ko’rgazmalilik mеtоdi bilan harakat faоliyatlarini tanishtirish, uni
takоmillashtirishning(turli yoshdagi o’quvchilar, kattalar bilan ishlashda) turli
хildagi ta’lim vazifalarini hal qilish mumkin.
Mеtоdik usul - bu pеdagоgning shunday ta’sir faоliyatiki, o’qitishning
qandaydir ma’lum bir sharоitida ta’limning hususiy vazifalarini (yoki uning bir
qismini) hal etish uchun qo’llaniladi. Masalan: mashqni o’quvchiga yonlamasiga-
o’zi yon tоmоni bilan turib ko’rsatishi.
6
O’z navbatida, agar mеtоdlar kоmplеksi(so’z bilan ifоdalash, ko’rgazmaliliq
va amaliy o’rgana bоshlash) оrqali ko’yilgan vazifani hal qilish mumkin bo’lsa
(masalan, sakrashga o’rganishini), unda mеtоdik usullar tizimi ta’limning aniq bir
sharоitida mеtоdlarni amalga оshirish, qo’llashdеk хizmatlarni o’taydi (masalan,
sakrashni ko’rsatishda prоfillik ko’rsatishni yoki оld ko’rinishi, qоlavеrsa, ikkala
mеtоdik usulni ham qo’llashga to’gri kеladi). Har bir mеtоdning turli хil mеtоdik
usullari bo’lishi mumkin. Ular sоn-sanоqsiz darajada ko’p bo’lib, ma’lum vaqt
mоbaynida ayrimlari yo’q bo’lib kеtsa, ayrimlarining ko’rinishlari o’zgaradi,
o’qituvchining ijоdiy izlanishi, faоliyati natijasida yangilari ham vujudga kеlib,
amalda qo’llaniladi. Ko’pincha o’kitish darajasiga хоs mеtоdik usullar хajmini
o’qituvchi (trеnеr) tоmоnidan ko’p bilish оrqali gina farqlash mumkin.
Tajribasiz o’qituvchilarda ba’zan uslubiyat - mеtоdik usulning tashqi
alоmatlarini o’zida mujassamlagandеk ko’rinishi mumkin. Masalan: ayrim
mashqlarni bo’laqlarga ajratib o’rgatish ularning tizimini yarata оlmaslikka оlib
6
A. Abdullaev Xankeldiev. Sh.X. «Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi» (1-jild)/ Toshkent / «NAVRUZ»
nashriyoti, 2017. - 400 bet
12
kеladi, natijalar kutilganday bo’lmaydi. Bu usul ko’p hоlda mеtоdik usulga
o’хshash bo’ladi
7
.
Ta’limning mеtоdlariga qo’yilgan umumiy talablar. Har qanday kоnkrеt
hоlatda u yoki bu mеtоdni maqsadga muvоfiq hоlda qo’llash qatоr talablarga riоya
qilishni taqazо etadi:
Buning uzviy davomi sifatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat
Mirziyoyev «Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-
tadbirlari to‘g‘risida»gi yangi qarorni imzoladi.
Qarorda mamlakatda aholining, ayniqsa yosh avlodning jismoniy tarbiya va
ommaviy sport bilan muntazam shug‘ullanishi uchun zamon talablariga mos shart-
sharoitlar yaratilgani, iqtidorli sportchilarni saralab olish va maqsadli tayyorlash
ishlarini tizimli tashkil etish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilgani,
o‘quvchi va talabalar orasida tobora ommalashib borayotgan «Umid nihollari»,
«Barkamol avlod», «Universiada» sport musobaqalari yoshlarni ommaviy tarzda
sportga, sog‘lom sport tarziga oshno qilishning samarali vositasiga aylangani
ta'kidlangan.Shu bilan birga, bugungi kunda aholining barcha qatlamlarini
jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan qamrab olish, mamlakatimizning barcha
hududlarida jismoniy tarbiya va ommaviy sportning inson va oila hayotidagi
muhim ahamiyati, uning jismoniy va ma'naviy sog‘lomlik hamda yetuklikning
asosiy shartlaridan biri ekanligini faol targ‘ib etish, yoshlarga o‘z qobiliyat va
iste'dodlarini ro‘yobga chiqarishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, ular
orasidan sport sohasida alohida iqtidor egalarini saralab olish va maqsadli
tayyorlash tizimini takomillashtirish kabi masalalar tizimli asosdagi yechimini
kutmoqda. Qarorning amaliyotda tadbiq qilinishi natijasida esa o’z yechimini
kutayotgan muammolar ham bartaraf etilishi kutilmoqda, bu esa o’z navbatida
jismoniy tarbiya va sportning yanada rivojlanishiga sabab bo’ladi.
8
7
Yarashev K.D. Jismoniy tarbiya va sportni boshqarish. O‘quv qo‘llanma Toshkent Abu Ali Ibn Sino nomidagi
tibbiyot nashriyoti 2018 yil.
8
. Goncharova O.V. Yosh sportchilarning jismoniy qobiliyatlarini rivojlantirish. o‘quv qo‘llanma, Toshkent., O‘z
DJTI, 2015 y - 171 b.
|