6
mashq o’tkaziladigan joydan to’g’ri foydalanish kabi holatlarga ham bog’liq.
Binobarin, mashg’ulotlarning shakli ularning mazmuniga faol ta’sir etar ekan.
Shakl bilan mazmun birligigina shug’ullanuvchi kishilar faoliyati zarur darajada
muvaffaqiyatli chiqishini ta’min etadi, aks holda mashg’ulotlar natijasi tuzuk
bo’lmaydi.
Hadeb bir xil mashg’ulot shaklidan foydalanaverish shug’ullanayotgan
kishilarning jismoniy tayyorgarligini takomillashtirishni to’xtatib qo’yadi. Eski
shakllardan kechib, ularni yangi shakllarga almashtira borish esa, jismoniy tarbiya
vazifalarini muvaffaqiyatli hal etishga imkon beradi.
Jismoniy mashq mashg’ulotlari ham mazmun, ham shakl jihatidan xilma – xil
blishi kerak. Bu esa pedagogik ishda yo’l qo’yib bo’lmaydigan ulubiy
qo’llanmalardan qutilib, mashg’ulot o’tkazishning xilma – xil usullaridan keng
foydalanish imkonini beradi
2
.
Mashg’ulotlar shaklining ular natijasiga faol ta’sir ko’rsatishi unga nihoyat
darajada jiddiy munosabatda bo’lishni taqozo etadi. Jismoniy tarbiya nazariyasida
jismoniy mashq mashg’ulotlarining tuzilishi masalalariga hamisha katta e’tibor
berilishining sababi ham anna shundadir.
Dostları ilə paylaş: