Termiz davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti biologiya kafedrasi


Aseptika usullari antiseptika turlari haqida



Yüklə 0,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/66
tarix18.09.2023
ölçüsü0,95 Mb.
#144965
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   66
Termiz davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti biologiya kaf

Aseptika usullari antiseptika turlari haqida. 
O‘tgan asrning o‘rtalarida eng yengil operatsiyadan keyin ham yaralar o‘rni 
yiringlab, operatsiya qilingan bemorlarning 80%i haѐtdan ko‘z yumgan. Jarrohlar 
infeksiya to‘g‘risida hech narsa bilishmagan, ularni o‘zlarining harakatlari, qilgan ishlari 
bilan ko‘pincha yarani zararlantirishgan va natijada bu holat o‘limga olib kelgan.
Aseptika bir necha turlarga bo‘linadi.
1. Qaynatish.
2. Yuqori bosim ostida bo‘g‘ yordamida sterilizatsiyalash.
3. Yuqori temperaturada quruq sterilizatsiya qilish.
4. Kimyoviy sterilizatsiya qilish.
5. Yondirish orqali sterilizatsiya qilish.
Qaynatish 
usuli bilan shpritslar, jarohat kengaytirgichlar, pensitlar sterilizatsiya 
qilinadi.
Bug‘ 
yordamida esa halatlar, oqliklar, choyshablar va niqoblar sterilizatsiya 
qilinadi.
Kimyoviy 
usul bilan esa o‘tkir tig‘li asboblar (qaychilar, ignalar) rezinka 
qo‘lqoplar, tikish uchun ishlatiladigan iplar sterilizatsiya qilinadi.
Paqirlar hamda tog‘oralar 
yondirish 
orqali sterilizatsiya qilinadi. 
Quruq issiqlik 
bilan yuqori temperaturaga chidamli yonmaydigan issiqqa bardoshli 
jismlarni shishalarni, metall yoki farforni sterilizatsiya qilish mumkin.
Aseptika
Aseptika fizik omillar, kimo`viy preparatlar, biologik usullarni qo‘llash bo‘yicha 
o‘tkazilgan tashkiliy tadbirlar bo‘lib, yarasiga mikroblar tushushining oldini olish, ya’ni 
mikrobsiz ishlash demakdir.
Aseptikaning asosiy qonuni yaraga tegadigan har bir narsa bakteriyalardan xoli 
bo‘lishi, ya’ni sterillangan bo‘lishi kerak. Buni haѐtga tadbiq etish uchun yaraga 
mikroblar tushushi mumkin bo‘lgan manbalarni yaxshi bilish kerak. Bu manbalar ikki xil 
bo‘ladi: ekzogen va endogen.
Ekzogen infeksiya-yaraga bemor atrofidagi tashqi muhitdan havo (havo infeksiyasi), 
so‘lak va boshqa suyuqliklar (tomchi infeksiyasi) tarqalishidan, yarada qoldirgan 
jismlardan (ip, drenaj va boshqalar) tushadigan infeksiyalar ichak, nafas yo‘li va 
boshqalardan o‘tadi. Endogen infeksiya yaraga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ѐki limfa o`ki qon 
tomirlar orqali tushadi. Aseptika sharoitini yaratish uchun operatsion blokda xonalar 
(zonalashtirilgan) alohida-alohida bir-biridan ajratilgan holda bo‘lishi shart. Bunda 
xonalar bir necha guruhlarga bo‘linadi.

Yüklə 0,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   66




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin