6
peroksid 3% li, kaliy permanganat eritmasi, kseroform 3-10% (maz) surtma, poroshoklar
va hokazolar ishlatiladi;
b) mexanik antiseptika yarani antiseptik eritmalar bilan yuvish,
yot jismlarni olib
tashlash, yashash qobiliyatini yo‘qotgan to‘qimalarni kesib tashlashdan iborat.
v) fizik antiseptika yaralarda mikrobning rivojlanishiga yo‘l qo‘ymaydigan fizik
usullar bo‘lib, ochiq va o`piq drenajlar hamda so‘rovchi vaakumlardan foydalanishdir.
g) biologik antiseptika mikroblarni o‘ldirish orqali inson organizmining
immunobiologik holatini oshirishni ta’minlash maqsadini ko‘zlaydi.
Biologik antiseptik moddalar
qatoriga antibiotiklar, enzimalar, zardoblar kiradi.
Antibiotiklarga olitetrin, streptimitsin, tetrotsiklin,
ferment preparatlariga trepsin,
ximotrepsin, ximopsin, zardob preparatlariga esa antitoksinlar va anatoksinlar kiradi.
Mashg‘ulotni o‘tkazishdan maqsad
: Mikroskopda ishlash qoidalarini va quruq va
immersion ob’ekt tayyorlashni o‘rganish.
“Biolam” seriyali mikroskopning 3x, 5x, 8x, 9x li ob’ektivlari asosan ob’ektni
birlamchi kuzatish, 2x, 4x li ob’ektivlar esa katta
hujayrali mikroorganizmlar, masalan,
zamburug‘larni ko‘rish uchun ishlatiladi. Bu ob’ektivlar quruq ob’ektivlar deyiladi.
Chunki ob’ektivning frontal linzasi va ob’ekt orasida havo bo‘ladi. Bunda havoning
yorug‘lik sindirish ko‘rsatkichidan(n=1,0)buyum oynasining yorug‘lik sindirish
ko‘rsatkichidan(n=1,52) pastrok bo‘ladi. Natijada havo bo‘shlig‘i orqali o‘tgan
yorug‘likning bir kisim obektivga bormasdan atrofga tarqaladi.Yorug‘likning
bir qismi
yuqalishi natijasida ob’ekt ham yaxshi ko‘rinmaydi.
Mikroorganizmlarni quruq ob’ektdan ko‘rib, kerakli natijaga erishish qiyin.
Ularning immersion yoki moyli
obektda
ko‘rish maqsadga muvofiqdir. Immersion
ob’ektivlarga 85x, 90x, 120x li ob’ektivlar kiradi. Kuzatilayotgan
obektga kedr yoki
kastorka moyi tomiziladi. So‘ngra moy tomchisiga ob’ektivni uchi botiriladi. Kondensor
yuqoriga surilib oxirigacha ko‘tariladi. Bu vaqtda kondensorga to‘plangan yorug‘likning
hammasi moy tomchisi orqali o‘tib, muhitga tarqalmasdan immersion ob’ektivga
yo‘naladi. Natijada, tekshirilayotgan obekt juda aniq va ravshan ko‘rinadi. Bunda
moyning yorug‘likni sindirish ko‘rsatkichi ( n= 1, 515)
bilan buyum oynasining
yorug‘likni sindirish ko‘rsatkichi ( n= 1, 52) bir-biriga yaqin bo‘lishi yorug‘likning
muhitga tarkalishiga yo‘l qo‘ymaydi. Yorug‘likning hammasi ob’ektivga o‘tadi.
Ob’ektivdagi raqam ko‘tarilgansari, kodensor ham yuqoriroqqa ko‘tarila boriladi.
Immersion ob’ektivlar ishlatilib bo‘lguncha moyni avval filtr qog‘oz bilan so‘ngra
spirt yoki benzin shimdirilgan mayin doka bilan artib olinadi.
Dostları ilə paylaş: