2.4. Fosforli o‘g‘itlardan foydalanish O‘sishning boshlanish fazalarida o ‘simlik fosforni butun fosforli o ‘g‘itlardan o ‘zlashtiradi. Pishish fazasida bu faqat 0 , 1 qismini tashkil qilib, qolgan 0,9 qismini o‘simlik tuproqdan oladi. Tldiz tizimi tuproqning butun hajmini egallagan sharoitida, fosforning tuproqqa solinish chuqurligi o ‘z ta’sirini ko'rsatadi. Faqat 10 sm va undan ko‘proq chuqurlikka solingandagina o‘g‘it o'simlikning fosforli oziqlanishida muhim ahamiyatga ega bo'lishi aniqlandi. Dalada tuproqqa solinadigan asosiy fosforli o ‘g‘itning qancha chuqurlikka solinishi, ayniqsa namligi kam bo'lgan zonalarda o ‘simlik tomonidan foydalanilish darajasiga kuchli ta’sir etadi. 0 ‘simlik suvni ham, ozuq moddalarini ham ildiz tukiari orqali qabu! qiladi, lekin ildiz tukiari quruq tuproqda rivojianmaydi va unda o'ladi. Aynan haydalanadigan yerning yuqori qatlami hatto namligi yetarli zonada ham bir necha bor yozda qurib qoladi.
Bu davrlarda uncha chuqur bolmagan qatlamga solingan fosfatli o ‘g‘it ildiz tomonidan o'zlashtirilmaydi. Superfosfatni ancha chuqurroqqa solishning ahamiyatini K.A. Timiryazov Simbirsk guberniyasida 1867-qurg‘oqchilik yilida o ‘tkazgan tajribasi orqali isbotlagan edi. U qurg'oqchiJik yillarida superfosfatning g ‘al!asimon ekinlarining qurg‘oqchilikka chidamliligini oshirishini qayd etadi. Bu narsa keyinchalik ko‘p olimlaming ishlari tufayli takror-takror isbotlandi. Hatto sug‘oriladigan sharoitda ham fosfatlar tuproqda juda sekin harakatlanadi: Virjiniya (AQSH) da olib borilgan to‘rt yillik kuzatuvlar shuni ko‘rsatdiki, changli-qumoq tuproqlarning yer yuzasiga har gektarga 112—224 kg P20 , hisobida superfosfat berilganda, uning tarkibidagi fosfat-ionlar faqat 5 sm ga harakatlangan.
Fosforli o‘g‘itlarnmg yuqori m e’yorlari mevali va texnikaviy ekinlar uchun, ayniqsa unumdorligi kam bo‘lgan tuproqlarda, o`rtacha m iq d o rlar— m akkajo‘xori, kartoshka, sabzavot va y em -x ash ak o‘simliklari uchun, kam miqdorlar — don g ‘allasimonlari va don dukkaklilari uchun qo‘llaniladi. Birinchi ekin tomonidan fosforning o‘zlashtirilish koeffitsiyenti 5—15% bo‘lishi, qulay sharoitlarda esa 25% gacha yetishi isbotlangan. Ancha yuqori o ‘zlashtirish koeffitsiyenti pichanzor va yaylovlarda kuzatilib uning miqdori 21—40% gacha yetib boradi. 0‘simliklarning o ‘g‘it tarkibidagi fosforni o'zlashtirish samaradorligini oshirishning yana bir usuli uni zaxira holda tuproqqa solishdir. Fosforli o ‘g‘itlarning samaradorligi uni joy-joyiga (uya-uya qilib) solganda oshadi
MDH davlatlarining tuproqlarini xilma-xil bo‘lishi fosforli o‘g‘itlarining hammasidan unumli foydalanish imkonini beradi. Ammiakni yo‘qotmaslik uchun fosforli o ‘g‘itlarning ishqoriy shakldagi xillarini (tomasshlak, fosfatshlak) ammiakli tuzlar bilan aralashtirib bo ‘ lmaydi. Quruq superfosfatni yerga solishdan birozgina oldin quruq am miakli va nitratli azotli o‘g‘itlar bilan aralashtirish mumkin. Ammiakli selitra bilan oldindan aralashtirib qo'yish, aralashmaning namlanib qolishiga, ammoniy sulfat bilan aralashtirilishi esa uni yangidan hosil bo‘lgan gips bilan ushlab qolinishiga olib keladi.
Nordon superfosfatni nitrat o‘g‘it bilan aralashtirilishi uchuvchan nitrat kislotaning yo‘ qolishiga olib kelishi mumkin: H 3P 0 4 + NaNO з = N aH 2P 0 4 + H N 0 3 Superfosfatning nordonligi o‘simlik uchun zararli, shuning uchun uni neytrallash lozim. Buning uchun mexanik aralashtirgan holda unga 15% gacha fosforit uni yoki 10% gacha dolomit uni yoki shuncha karbonatli ohak qo‘shiladi. 0 ‘yuvchi ohakni qo'shish mumkin emas, chunki bunda fosfat kislota o‘simlik tom onidan yom on o ‘zlashtiriladigan birikma shakliga o‘tib qoladi. Superfosfat bilan olib borilgan ko‘p yillik tajribalar shuni ko‘rsatdiki, bu o‘g‘itni solish natijasida tuproqning nordonligi o‘zgarmaydi.
Hamma fosforli o ‘g‘itlarining namlanish natijasida ularning fizik xossalari va sochiluvchanliklari yomonlashadi, masalan, superfosfatning granulalari shikastlanib uvalanib ketadi. Buning oldini olish uchun uni zavoddan chiqarilgan idishda va albatta quruq joyda saqlash kerak.
Xulosa Xulosa qilib aytganda; Organik va Noorganik kimyo sohasida oʻgʻitlar ishlab chiqarishda keng koʻlamda ishlar olib borilmoqda. Hozirgi kunda yangi-yangi zavodlar qurilib yuksak darajali kaliyli, azotli, fosforli va meniral oʻgʻitlar ishlab chiqarilmoqda yangi texnalogiyalar asosida ishlab chiqarilayotgan bunday oʻgʻitlar oʻta sifatlidir. Shuni aytib oʻtish kerakki fosforli oʻgʻitlar ham juda katta ahamiyatga ega bo‘lib qishloq xoʻjaligi uchun juda ham zarur boʻlgan oʻgʻit hisoblanadi. Oʻz vaqtida kerakli joy oʻgʻitlansa tuproq unumdorligi oshib moʻl hosil olishga va hosilni tez yetilishiga zamin yaratiladi. Ammo bunday oʻgʻitlarni keragidan ortiq yerga berish yaramaydi. Meyoridan ortiqcha solingan oʻgit yerni meniral holatini buzibgina qolmay balki hosildorlikni anchagina pasaytiradi.
Agar tuproq unumdorligi past joylarga 1-gektar joyga 40-60 kg gacha berilsa bunday yerlar oʻz samarasini bermasdan qolmaydi.Oʻsimliklar fosforlarni qabul qilish harorat omiliga bogʻliq. Tuproqning haroratini pasayishi bilan fosforning sabzavotlarni yemishi kamayadi. Ular 10-12 ° C darajasida etishmasligidan azob chekmoqda. Fosfor past haroratlarda ildizlar tomonidan soʻralishi mumkin, ammo yuqori joylarga koʻchib oʻtmaydi va har bir madaniyat uchun normal harorat darajasiga singib ketmaydi.
Agar havo harorati tuproqning haroratidan yuqori boʻlsa, unda fosfor ildizdan tashqari oziqlantirishda oʻsimliklar tomonidan yaxshiroq soʻriladi. Olingan hosildorlik bilan turli sabzavotlar fosforga uncha taʻsir qilmaydi. Uning pomidoriga 0,8, bodring - 0,7, karam - 0,9, sabzi - 1,0, kartoshka - 1 kg. Foydalanilgan xlorli o'g'itlar sabzavotlarda fosforni kamaytiradi. Osimliklardagi normal hayot faoliyati davomida ildizlar va havo qismlari oʻrtasida fosforli birikmalarning jadal almashinuvi doimo yuz berishi kerak. Aks holda, to'xtashi va boshqa o'sish buzilishi muqarrar. Shu asosda tuproqdagi doimiy fosforli o'g'itlar kontsentratsiyasini saqlab qolish ulardan foydalanishning eng yaxshi shartidir.
Fosforli oʻgʻitlar tarkibida fosfor boʻlgan mineral va organik moddalar; oʻsimliklarning fosfor bilan oziklanishini yaxshilash uchun ishlatiladi. Oʻsimliklar oʻzlashtirgan fosforning tuprokdagi jamgʻarmasini toʻldirishning birdanbir manbaidir. Fosforli oʻgʻitlar tarkibida fosfor boʻlgan rudalar — apatit va fosforitlarni qayta ishlab olinadi. Bulardan tashqari, metallurgiya sanoati chiqindilari — tomasshlak va marten fosfatshlak hamda organik moddalar, mas, suyak uni, tung va boshqalar Fosforli oʻgʻitlar sifatida ishlatiladi.
Qishloq xoʻjaligiga yetkazib beriladigan fosforli oʻgʻitlar tarkibidagi fosfor ortofosfat kislota (N3RO4)ning ortofosfat tuzlari shaklida boʻladi. Ayrim fosforli oʻgʻitlar esa polifosfat (superfosfat) kislota, shu jumladan, metafosfat kislota asosida olinadigan murakkab oʻgʻitlardir. Fosforli oʻgʻitlar sanoat yoʻli bilan olingan birinchi mineral oʻgʻitlardan hisoblanadi (1842-yilda Buyuk Britaniyada superfosfat ishlab chiqarila boshlagan). Eruvchanlik darajasiga qarab fosforli oʻgʻitlar ni 3 asosiy guruhga ajratish mumkin: suvda eriydigan (oddiy, qoʻshaloq va ammoniylashgan superfosfat, ammofos, diammofos) F.oʻ.
Bu oʻgʻitlarda fosfor bir asosli kaltsiy fosfat Sa(N2RO4)2N2O holida boʻladi; suvda erimaydigan (pretsipitat yoki kaltsiy gidrofosfat, tomasshlak, marten fosfatshlagi, ftorsizlangan fosfat va boshqa termik fosfatlar) fosforli oʻgʻitlar bu oʻgʻitlarda fosfor 2 asosli kaltsiy fosfat — SaNRO4N,O yoki tetrakaltsiy fosfat — Sa4R2O5 holida boʻladi. Ammoniy sitrat, limon kislota eritmalarida eriydigan bu oʻgʻitlar shudgorlashda asosiy oʻgʻit sifatida yoki kultivatsiya vaqtida qoʻllaniladi; qiyin eriydigan yoki suvda va kucheiz kislotalarda erimaydigan (fosfrit uni va suyak uni) F.oʻ. Ularda fosfor kaltsiy fosfat — Sa3(RO4)2 holida boʻladi. Bunday oʻgʻitlar qiyin eriydigan fosfatlarni oʻsimliklar oʻzlashtira oladigan shaklga keltiruvchi nordon tuttroklarga bilvosita oʻgʻit sifatida yuqori dozalarda solinadi. Fosforli oʻgʻitlar ni ishlatish xususiyati ularning eruvchanlik darajasiga bogʻliq.