Fosforning o’simliklar uchun ahamiyati uning tuproqdagi miqdori va shakllari
O’simliklarning oziqlanishida azotdan keyingi o’rinda turuvchi eng muhim elementlardan biri fosfor hnsoblanadi. O’simliklar fosforni, asosan, ortofosfat knelotaning (H2 PO4) anionlari holida o’zlashtiradi. Ular fosforni metafosfat (H3PO3) va pirofosfat kislotalarning tuzlaridan o’zlashtirishi, shuningdek, ba’zi organik fosfatlar-fitinglyukoza fosfatlar va boshqalarning fosforini ham o’zlashtirish mumkin. Uch asosli kislota bo’lgan ortofosfat kislota PH 7-8 da va undan pastda dissodiyalanib, bitta yoki ikkita N+ ion ajratib chiqaradi va H2 PO4 hamda HPO42 ionlarini hosil qiladi, ana shu ionlarni o’simliklar yutadi.
O’simliklarda fosforning organik birikmalaridan nuklein kislotalar, aeotli asoslar, uglevodlarning molekulalari (riboza yoki dezoksiriboza) va fosfat kislotalar tarkib topgan yuqori molekulyar murakkab moddalar eng muhim rol o’ynaydi. Ular organizmlar hayot faoliyatining eng muhim^ jarayonlarida- oqsillar sintezida o’sish va ko’payishida, irsiyG’ xususiyatlarning nasldan-naslga o’tishida ishtirok etadi. Nuklein kislotalar oqsillar bilan birgalikda hujayralarping sitoplazmasi va yadrosini qurishda ishtirok etadigan nukleotidlarni hosil qiladi. O’simliklardagi fosforving anchagina miqdori fitin - urug’larning zahira moddasi tarkibiga kiradi, bu modda o’simlikning o’sish vaqtida fosfor elementining manbai sifatida foydalaniladi. Fosfor vitaminlar va ko’pgina fermentlar tarkibiga ham kiradi.
O’simlchklarning xujayralarida fosfor energiya almashinuvida. turli xil moddalar almashinishi jarayonlarida nihoyatda muhim rol o’ynaydi. U uglevod va azot almashinishida, fotosintez, nafas olish jarayonlarida ham ishtirok etadi. Sintetik jarayonlarning amalga oshishi uchun enertiyaga boy fosforli birikmalar ayniqsa katta ahamiyatga ega, ular orasida adenozintrifosfat kislota (ATF) asosiy rol o’ynaydi. O’simliklarda fosfor etishmasligi bularning yosh nihollik paytida, hali yaxshi rivojlanmagan ildiz sistemasining o’zlashtirish xususiyati past bo’lgan davrda ayniqsa yaqqol seziladi. Bu davrda fosfor etishmasligining salbiy ta’sirini keyinchalik fosfor bilan ko’p oziqlantirish orqali ham tuzatib bo’lmaydi. O’simlik fosforni vegetativ organlari intensiv o’sayotgan davrda eng ko’p o’zlashtiradi, shunga ko’ra o’sishning boshlang’ich davrlari fosforli oziqlanishga nisbatan olganda kritik davr hisoblanadi. Shu sababli usimliklarni vegetasiya boshlanishida oson eriydigan fosfor bilan ta’minlash nihoyatda muhim ahamiyatga ega.
Har xil tuproqlarda fosfor (P2O5)ning miqdori 0,03 dan 0,2% gacha bo’ladi, haydalma qatlamda esa uning umumiy zahirasi 1 ga maydonga 100 dan 6000 kg gacha to’g’ri keladi.
2. O’simliklar vegetasiya davri mobaynida 1ga erdagi tuproqdan o’rtacha 20 dan 60kg gacha miqdorda, ya’ni azot va kaliyga nisbatan ancha kam R2O5 iste’mol qiladi. Tuproqdagi fosforning o’rnini go’ng hamda ildiz va poya qoldiqlari bilan to’ldirib bo’lnaydi. Tusrokdagi fosfor zahirasini to’ldirish uchun fosforli o’g’itlardan boshqa manba yo’q.
Fosforli o’gitlar eruvchanligiga va o’simliklarga qarab uch guruhga bo’linadi:
1. Suvda yaxshi eriydigan o’g’itlar - addiy superfosfot va qo’sh superfosfat. 2. Suvda kam eriydigan, lekin kuchsiz kislotalarda eriydigan o’g’ntlar-presnpitat, tomasshlak, termofosfatlar, ftorsizlantirilgan fosfat.. 3. Suvda erimaydigan, faqat kuchli kislotalarda to’liq eriydigan o’g’itlar- fosforit uni, suyak uni.
Superfosfat. Oddiy superfosfat maydalangan apatit yoki fosforitga sulfat kislota bilan ishlov berish yo’li bilan olinadi. Bunda qiyin eruvchan fosfatlar narchalanib, suvda eriydngan monokalsiy fosfat Ca (H2PO4) va suvda eriymaydigan gips Sa5S>4 hosil bo’ladi:
2 Ca5 F (PO4)3 + 7H25O4+ 3H20 = Ca (N2PO4)2 H2O + 7CaSO4 + 2 HF
Ca3(PO4)2 + H2SO4 + H2O = Ca(H2PO4)2 H2O +-2Ca5O4 Apatitdan olinadigan oddiy superfosfot tarkibida 19-20%, fosforitlardan olinadiganida esa 14-16 % fosfor bo’ladi (P2O5 ga hisobidan olinganda).
Oddiy superfosfat asosan, donador holda, donachalarining o’lchami 2-4 mm keladigan qilib chiqariladi.
Qo’sh superfosfat oddiy superfosfatdan farq qilib, tarkibida gips bo’lmaydi, shu sababli unda P2Oa ning miqdori ko’p 42-49% bo’ladi, Undagi fosfor suvda eriydigan kalsiy morofosfat Ca(H2PO4)2 H2O va ozroq miqdori (4,5-5,7 %) erkin fosfat kislota holida bo’ladi.
Qo’sh superfosfat donador holda tayyorlanadi. Uning kimyoviy va fizik xossalari, ishlatilishi hamda samaradorligi oddiy superfosfat kabidir.
Asosiy o’g’it sifatida superfosfat solishda uni plug bilan ko’mib ketish lozim, bunda o’g’it tuproqning chuqur va doim nam bo’lib turadigan, tuproqdagi o’simlik ildizlarining asosiy qismi joylashgan qatlamida turish kerak.
Superfosfat kimyoviy gotilish natijasida solingan joyida deyarli to’liq o’rnashib qoladi va tuproqda juda sekni siljiydi.
Birinchi yili o’simliklar undan foydalanmaydi, tuprokda qolgan superfosfat fosfori keyingi yillarda qisman o’zlashtiriladi.
Presipitat kalspy difosfat (Ca HPO4 x 2H2O) tarkibida 27 dan 35% gacha P2O5 bo’ladi. Presipitat fosfori suvda erimaydi, lekin ammoniy sitratda eriydi va uni o’simliklar yaxshi o’zlashtiradi. O’g’it yaxshi fizik xossalarga ega. Presipitatni barcha
Tuproqlarda turli xil ekinlarga asosiy o’g’it sifatida ishlatsa bo’ladi.
Tomasshlak- fosforga boy cho’yanlarni Tomasning ishqoriy usulida qayta ishlab, temir va ao’latga aylantirishda hosil bo’ladigan qo’shimcha mahsulot.
Tomasshlak to’q rangli og’ir, mayin kukun. Tarkibida 14 dan 20% gacha P2O5 bo’ladi. Bu o’g’itni barcha tuproqlarda asosiy o’g’it sifatida ishlatish mumkin.
Fosforit uni- fosforitni un holiga kelguncha maydalash yo’li bilan olinadi. Bu o’g’it gigroskopik emas, mushtlashib qolmaydi. Uning tarkibidagi P2O5 ning miqdori 19-30% atrofida bo’ladi. Fosforit uni- eng arzon fosforli o’g’it.
Bu o’g’it barcha kuzgi ekinlarga, shuningdek, chopiq-talab ekinlarga - qaidlavlagi, kartoshka, makkajo’xori va bophalarga I solinganda eng ko’p samara beradi. Fosforit uni qancha ko’p solingan bo’lsa, uning ta’sir etish davomiyligi ham shuncha uzoq bo’ladi.
Murakkab o’g’itlarda bitta kimyoviy birikma tarkibida ikki yoki uch oziq elementi bo’ladi.
Murakkab aralash yoki kombinatsiyalanagan o’g’itlar jumlasiga yagona texnologik jarayonda olinadigan va bitta donachasiga ikki yoki uch oziq elementlari turli hil kimyoviy birikmalar holida birikkan kompleks o’g’itlar (nitrofos, nitrofoska, nitroammofos , nitroammofoska, va boshqalar) kiradi.
Aralash o’g’itlar- bu oddiy o’g’itlar aralashmasidir.
Ammofos – NH4H2PO4 .O’g’it tarkibida 11-12% N va 46-50% P2O5 bo’ladi. Bu o’g’it ammiakni fosfat kislota ta’sirida neytrallash orqali olinadi: NH3 + H2PO4 =NH4H2PO4 Ammofos asosiy o’g’it sifatida qishloq xo’jalik ekinlariga erta yahorda yoki ekish davrida beriladi.
Diammofos- (NH4)2HPO4 Tarkibida 18% N va 50% P2O5 bor. Bu o’g’it fosfat kislotani ammiakda to’yintirish yo’li bilan olinadi. 2NH3+H2PO4 =(NH4)2HPO4 Bu o’g’itlarning kamchiligi shundaki. ularda azot fosforga Karaganda ancha kam. Shu sababli N hamda P2O5 ni normal nisbatlarda olish uchun muayyan miqdorda azotli o’g’it qo’pshsh lozim.
Nitrofos va nitrofoskalar fosforni nitrat kislotalar bilan parchalash orqali olinadi. Nitrofoslarda N va P elementa bo’ladi, ularga KC1 qo’shilsa nitrofoskalar deyiladi. Bularda N -10-17%, P2O5-8-30% va K2O12-20% gacha bo’lishi mumkin.
Nitroammofos va nitroammofoskalar nitrat hamda fosfat kislotalar aralshmasini ammiak bilan neytrallab olinadi.
Monoammoniy fosfat asosida olinadigan o’g’it nitroammofos, kaliy qo’shilgani esa nitroammofoska deyiladi. Tarkibida N miqdorini 10-30% va P2O5 miqdorini 27-14% oralig’ida qilib chiqarish mumkin. Nitroammofoskalarda N, P va K ning umumiy miqdori 44 da 62 % gacha bo’ladi.