Termiz davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti ekologiya va tuproqshunoslik kafedrasi



Yüklə 0,64 Mb.
səhifə25/69
tarix02.05.2023
ölçüsü0,64 Mb.
#105909
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   69
Qurilish ekologiyasi Z M Sattorov Восстановлен копия

Tayanch iboralar: Biosfera, daryolar, dengizlar, yer, kanallar, ko‘llar, okeanlar, organizmlar, suv omborlari, suv resurslari, tabiat, hayotiy jarayonlar, chuchuk suv.
Suv ona sayyoramizda eng ko‘p tarqalgan noorganik modda. Suv biosferaning muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Suv tabiatda keng tarqalgan bebaho boylik bo‘lib, tiriklikning asosini tashkil qiladi. Dastlabki tirik hujayra koatservat tomchilari13 sifatida suv muhitida paydo bo‘lgan va evolyusion taraqqiyot jarayonida ulardan suvda yashovchi bir va ko‘p hujayrali organizmlar kelib chiqqan.
Er yuzidagi biror tirik organizm suvsiz yashay olmaydi, chunki undagi to‘qimalaming asosiy qismini suv tashkil qiladi. Inson tanasidagi suvning 70% hujayra protoplazmasini, 23% to‘qimalararo suyuqlikni, qolgan 7% esa qon plazmasini hosil qiladi. Organizmda suvning bir yo‘la 20-25% yo‘qotilishi insonni halok qiladi. Suv ayniqsa suvda yashovchi hayvonlar tanasida ko‘pdir (masalan, meduzada gavda og‘irligining 99,7% tashkil qiladi).
Inson organizmi o‘z hayotiy jarayonlarini amalga oshirishi uchun sutkasida o‘rtacha 2-2,5 litr suvni qabul qiladi va uni o‘z to‘qimalaridan o‘tkazib, chiqarib yuboradi. Jumladan, 400 mi suv nafas chiqarish jarayonida suv bug‘i holatida chiqariladi.
Inson va hayvon organizmi bir qism suvni endogen yo‘l bilan o‘zi ishlab chiqaradi. Masalan, organizmdagi 100 g yog‘ning parchalanishida 107 mi, 100 g uglevod parchalanishda esa 55 mi suv ajraladi.


Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   69




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin