Tuproq biogen tuzilishga ega boigan yeming sirtqi g‘ovak qatlami boiib, u tabiatda hayot jarayonlarining kechishida, biosferada moddalar almashinuvini ta’minlashda muhim o‘rin tutadi. Namlik, issiqlik va mikroorganizmlar ta’sirida tuproqda organik moddalar doimo parchalanib va sintezlanib turadi. Tuproqga ara- lashgan o‘simlik va hayvon qoldiqlaridagi organik moddalar mikroorganizmlar yordamida minerallarga parchalanadi. Hosil boigan chirindi (gumus) 18 esa tuproqdagi mavjud mineral birikmalar bilan birga o‘simhk tanasiga o‘tadi va unda o‘zaro reaksiyaga kirishib, yangi organik moddalami hosil qiladi. Bu organik moddalardan inson va hayvon ozuqa sifatida foydalanadi. Kelajakda ular o‘simlik, inson va hayvon qoldiqlari bilan yana tuproqka qaytadi va yana parchalanish jarayoniga uchraydi. Shu asnoda organik va mineral moddalar “tuproq —>o‘simlik —> hayvon —»• tuproq” tizimidagi yopiq zanjirda aylanib yuradi. Bu esa, o‘z navbatida, tabiiy holda tuproq unumdorligining saqlanib turishiga asos soladi19. Unumdor tuproq tabiatning bebaho boyligidir. Tuproq tirik tabiatni oziq-ovqat, dori-darmon va substrat bilan ta’minlaydigan yagona manbadir. Tuproq paydo boiishida ona jins tog‘ toshlari hisoblanadi. Ularga harorat, namlik, o‘simlik va hayvonlar omillarining uzoq vaqt mobaynida ta’sir ko‘rsatib, nuratishdan tuproq hosil bo‘ladi. Tuproqning hosil boiishida ayniqsa harorat va namlik omillari hal qiluvchi ahamiyatga ega. Chunki bu omillar ona jinsdagi o‘simlik va mikroorganizmlaming rivojlanishiga, u yerdagi biologik va kim- yoviy jarayonlaming jadallashishiga va shu asosda jinsning yemi- rilishini tezlatishga yordam beradi. 0‘simliklar, bakteriyalar, zamburugiar va hayvonlaming tup- roqga ta’siri kuchli.
104 0‘simliklar o‘zlarining ildizi yordamida tup- roqdagi mineral moddalami o‘zlashtiradi. Bu moddalar keyinchalik organik moddalar holida yana tuproqka qaytib parchalanadi. Tuproqda moddalaming parchalanishi va havodagi erkin azotning o‘zlashtirilishi mikroorganizmlar tomonidan amalga oshiriladi. Tuproqda mikroorganizmlaming ko‘pligi parchalanish va chirish jarayonlarining tezligini belgilaydi. Shuningdek, tuproqda ro‘y beradigan modda almashinuvi jarayoniga unda yashovchi umurt- qasiz va umurtqali hayvonlaming ham ta’siri bor. Chuvalchanglar, hasharotlar va ulaming lichinkalari tuproqdagi organik moddalar bilan oziqlanib, ulami parchalaydi va tuproqqa aralashishiga yordam beradi. yer ostida yashovchi kemiruvchi hayvonlar tuproqning chu- qur qatlamlarini qazib, yuzaga chiqarib tashlashi bilan uning donadorligi va g‘ovakligini yaxshilaydi. Tuproqning g‘ovakligi, uning suv va havo o‘tkazuvchanligi, issiqlik tartibi va shunga o‘xshash xossalari undagi biokimyoviy jarayonlami tezlashtiruvchi xususiyatlar boiib hisoblanadi. Tuproq tabiatning murakkab tuzilgan hosilasi boiib, u qattiq, suyuq, gazsimon va tirik tarkibiy qismlardan iborat. Tuproqning qattiq qismiasosan mineral (lot. minera - ruda) va organik moddalardan hamda qattiq zarrachalardar^tarkib topgan boiib, bular tuproq umumiy massasining bir qismini tashkil qiladi. Uning qolgan qismini esa tuproq zarralari orasidagi bo‘shliqlami egallagan suv, havo va tirik organizmlar tashkil qiladi. Bu tarkibiy qismlaming nisbati tuproq unumdorligini belgilaydi. Tuproqning unumdorligi ko‘p jihatdan undagi makroelementlar - alyuminiy, temir, kaliy, magniy, kalsiy, fosfor, oltingurgurt, kremniy elementlarining birik- malari, shuningdek unga kamroq miqdorda talab qilinadigan mikroelementlar - mis, molibden, yod, hor, ftor va b.q. hamda organik moddalar asosini tashkil qiluvchi gumus miqdoriga bog‘liq.