Skaun va A.de Kandolning “Botanik geografiyasi” (1855-yil) asari ekologiya sohasidagi tushunmovchiliklarga barham berdi va shu fanning rivojlanishida muhim rol o‘ynadi.
Charlz Darvin (1809-1882-yillar) 1859-yili “Turlamiig kelib chiqishi” asarida turli organizmlar o'rtasida hayotiy poyga, ya’ni yashash uchun kurash, ular hayotining muhitga bogiiqligi bilan tabiiy tanlanish o‘rtasida uzviy bogianishni to‘la isbotlab berdi.
Daniyalik botanik E.Varming o'zining “0‘simliklar geografiyasining onkologiyasi” (1895-yil) asarida o‘simliklaming hayot tarzi to‘g‘risidagi tushunchani to‘g‘ri isbotlab berdi.
A.N.Beketov (1825-1902-yillar) - o‘simliklaming morfologik va anatomik tuzilishi ulaming geografik tarqalishiga bogiiq ekan- ligini aniqladi va ekologiyada fiziologik tekshirishlar o‘tkazishning ahamiyatini ko‘rsatdi. 0‘simliklar jamoasi to‘g‘risidagi tushun- chadan o'simliklar ekologiyasi mustaqil boiib ajralib chiqdi.
K.Pachosskiy, S.M.Koijinskiy va N.A.Krasnov bu fanni “Foto- sotsiologiya” deb yuritganlar va keyinchalik unga “Fitotsenologiya” deb nom beriladi; vaqt o'tishi bilan u geobotanika deb ataladigan boidi.
0‘zbekistonda geobotanika fanining rivojiga K.Z.Zokirov, A.M.Muzaffarov, E.Korovin, I.I.Granitov munosib hissa qo‘shgan.
0‘zbekistonlik olimlar A.M.Muzaffarov, A.A.Muxamadiyev va A.E.Ergashev - suvda yashaydigan organizmlaming hayot turlarini o'rganish va ulaming turlarini aniqlash bo‘yicha samarali ish olib bordilar. Ular suv muhitidagi ekosistema va ulaming komponentlari to‘g‘risida ma’lumotlar berdilar. K.A.Timiryazev (1843-1920-yillar) va N.A.Maksimov o‘simliklar ekologiyasida fiziologik xususiyatlaming ahamiyati haqida o‘z ilmiy ishlarida so‘z yuritganlar. V.V.Dokuchayev (1846-1903-yillar) tuproqshunoslik maxsus l'un sifatida rivojlanishiga asos bo‘lgan nazariy masalalami ishlab diiqdi. Olim tabiatdagi tuproqlar nihoyatda xilma-xil ekanligini va luproqdan foydalanish hamda unumdorlikni oshirishni zonalarga qarab olib borish kerakligini alohida qayd qildi. Tuproqning paydo bo'lishida hamda uning unumdorligini oshirishda o'simliklar va mikroorganizmlarning rolini alohida ko‘rsatdi.
10
Shvetsariya botanigi O.F.Dekaldol o‘simliklarga tashqi muhit ta’sirini o‘rganadigan erriologiya faniga asos soladi (1832-yil). Biroq ekologiya hamma olimlar tomonidan tan olingan fan sifatida faqatgina 1900-yillari shakllandi. Dastawal o‘simliklar va hayvoniar ekologiyasi sohasida kuzatishlar olib borgan F.Klements va V.Shelfordlar, moddalar almashinuvi va oziqa zanjiri konsepsiya- lariga asos solgan T.Lindeman va Dj.Xatchinsonlar va ko‘l sistemalarini kuzatgan E.Birdje va Chana Djudee hamda shularga o‘xshash boshqa olimlaming kuzatishlari umumiy ekologiya fanining nazariy asoslarini tashkil etdi. XX asr boshlarida o‘simlik va hayvonlaming tashqi muhit bilan o‘zaro ta’sirini o'rganish bosh masala qilib qo‘yildi. Shu bilan birgalikda organizmlaming ichki suv havzalarida yashash sharoitini o‘rganish ham boshlab yuborildi. Suvda yashovehi organizmlami o‘rganuvchi gidrobiologlar biomassa (nemis olimi T.Demol), biotsenoz mahsuloti (R.Demol, A.Tineman) tushunchalarini ta’riflab berdilar. Ekologlar o‘z tajribalarini dala sharoitida olib boradigan bo‘ldilar. Ular zararkunandalar, kemiruv- chilar va ov qilinadigan sut emizuvchilar sonining o‘zgarib turishini analiz qildilar, qor qoplamming hayvonlafga ta’sirini o‘rgandilar, tuproqda yashaydigan umurtqasizlami tekshirdilar.
Ekologiya fanini rivojlantirishga ekos^stema va biogeotsenoz tushunchalarining shakllanishi ham katta hissa qo‘shdi. Ingliz olimi A.Tensli (1935-yil) birgalikda yashaydigan avtotrof va geterotrof organizmlaming har qanday to‘dasi va ular hayoti uchun zarur bo‘lgan abiotik muhitni ekosistema deb atadi. Akademik V.N.Sukachev esa Yer yuzining muayyan hududida yashaydigan o‘simliklar, hayvoniar va mikroorganizmlaming, shu hudud landshafti, iqlim, tuproq hamda gidrologik sharoitlari bilan birligini biogeotsenoz deb nomladi. 0‘simliklar guruhlarini o'rganishda T.F.Morozovning “O'rmon to‘g‘risidagi ta’limot” (1912-yil) va V.N.Sukachevning “0‘simlik guruhlari haqidagi ta’limotga kirish” (1915-yil) asarlari muhim ahamiyat kasb etdi. Hozirgi zamon nazariy ekologiyasining rivojlanishiga ingliz olimi Ch.Eltonning “Hayvonlar ekologiyasi” kitobi (1927-yil) haxn katta ta’sir ko‘rsatdi.
XX asming 1920-1930-yillarida akademik V.LVernadskiy Biosfera to‘g‘risidagi ta’limotni yaratib ekologiyani rivojlanishiga katta hissa qo‘shdi. 1930—1950-yillarga kelib, ekosistema doirasida moddalar aylanishi va energiya oqimini o'rganish singari umumekologik muammolar ko‘tarildi.
Ekologiya va uning vazifalari
Hozirgi kunda iqtisodiyotning turli real tarmoqlarida “Sanoat ekologiyasi”, “Kimyo ekologiyasi”, “Biokimyoviy ekologiya”, “Qishloq xo‘jalik ekologiyasi”, “Harbiy ekologiya”, “Psixo ekologiya”, “Ijtimoiy ekologiya”, “Inson ekologiyasi”, “Qurilish ekologiyasi” kabi yo‘nalishlar rivojlanmoqda.
Ekologiya garchi biologiya fanidan kelib chiqqan bo‘lsada, u nafaqat biologik fanlar bilan, balkim juda ko‘p nobiologik fanlar bilan ham uzviy bog‘liq.
Bunday fanlar qatoriga matematika, fizika, kimyo, geodeziya, arxitektura, dizayn, nazariy mexanika, binolar va inshootlar qurilishi, qurilish materiallari va buyumlari, qurilish industriyasining texnologik uskunalari va boshqa fanlar bilan uzviy bog‘liq (5-rasm).
Buni quyidagi bir necha misollarda ko‘rish mumkin:
matematika fani bilan aloqasi - ekologiyani matematik modellashtirish asosida “yirtqich-o‘lja” hamda “parazit-xo‘jayin” munosabatlarini o‘rganish;
fizika fani bilan aloqasi - quyosh energiyasi, elektromagnit va tovush to‘lqinlari, radioaktiv nurlanish, issiqlik rejimi va bosh- qalaming organizmlarga ta’sirini o‘rganish;
kimyo fani bilan aloqasi - organik va mineral moddalaming tabiatda aylanishini o‘rganish va sh.k.
Organizmlaming yashash sharoiti va ularaing tashqi muhit bilan u'/,i»m munosabati, turlar, populyasiyalar, biotsenozlar, ekotizimlar, biosfera va boshqa tushunchalar ekologiya fanining manbaini tashkil eliuli. Umumiy ekologiya - o'zaro bog‘liq va o‘zaro harakatdagi organizmlaming yashash muhiti qonuniyatlari haqidagi fan. Umumiy ekologiyaning asosiy vazifasi 1954-yili Kiyev shahrida bo‘lib o'tgan ekologlaming III konferensiyasi qarorlarida quyidagicha bclgilangan:
organizmlar va muhit o‘rtasidagi ko‘p kirrali munosabatlami aniqlash uchun turlaming muhitga tarixiy moslanish yo‘llarini o'rganish;
turning yashash shakli bo‘lmish tux vakillari hosil qiladigan va rivojlanadigan populyasiyalami o‘rganish bilan bir vaqtda ulaming farqlanishi, son va sifat o‘zgarishini o‘rganish;
16
ma’lum joyda, ma’lum muhit hosil bo‘lgan va rivojla- nayotgan biotsenozlami, ular ichidagi organizmlaming muno- sabatlarini o'rganish.
Umumiy ekologiya asosan to‘rt bo‘limga bo‘lib o‘rganiladi. Bular: autekologiya, populyasiyalar ekologiyasi, sinekologiya va biosfera haqidagi ta’limot.
Dostları ilə paylaş: |