Ëkologik qonunchilik tizimi quyidagi darajalardan iborat: 0‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi.
Atrof-muhit muhofazasi bo‘yicha qonunlar.
3.0‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahka- masining ekologiya va tabiatdan foydalanish masalalariga oid far- moyishlari va qarorlari. 4.0‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhafaza qilish davlat qo‘mitasi va Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasining me’yoriy-huquqiy hujjatlari. Mahalliy davlat boshqaruv idoralarining me’yoriy hujjatlari.
0‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida har bir fuqaro yaxshi atrof-muhitda hayot kechirishlarini ta’minlash belgilangan. Shu bilan birga uning 50-moddasida “Fuqarolar atrof tabiiy muhitga ehtiyotkora munosabatda bo‘lishga majburdirlar”, 54-moddasida “Mulkdor mulkiga o‘z xohishicha egalik qiladi, undan foydalanadi va uni tasarruf etadi. Mulkdan foydalanish ëkologik muhitga zarar yetkazmasligi, fuqarolar, yuridik shaxslar va davlatning huquqlarini hamda qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini buzmasligi shart”, 55-moddasida “Er, yer osti boyliklari, suv, o'simlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy zahiralar umummilliy boylikdir, ulardan oqilona foydalanish zarur va ular davlat muhofazasidadir” deb ko‘rsatilgan bo‘lib, bu esa xalqlar hayoti va faoliyati hamda barqaror rivojlanishning asosi hisoblanadi. Atrof-muhit muhofazasi bo‘yicha 0‘zbekiston Respublikasining quyidagi qonunlari qabul qilingan: “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida” (1992-yil), “Davlat sanitariya nazorati to‘g‘risida” (1992-yil), “Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida” (1993-yíl), “Er osti boyliklari to‘g‘risida” (1994-yil), “Atmosfera havosini muhofa- za qilish to‘g‘risida” (1996-yil), “Gidrotexnika inshootlarining xavf- sizligi to‘g‘risida” (1999-yil), “Ekologik ekspertiza to‘g‘risida” (2000-yil), “Chiqindilar to‘g‘risida” (2002-yil), “Shaharsozlik ko~ deksi” (2002-yil), “Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to‘g‘risida” (2004-yil), “Ekologik nazorat to‘g‘risida” (2013-yil) va b.q. Ushbu qonunlaming ichída “Shaharsozlik kodeksi”shahar- sozlikni loyihalash, bino va inshootlami qurilishi, qishloq (ovul) va shaharlami obodonlashtirish bilan bog‘liq munosabatlami bosh- qaradi.