shahar va posyolka chizig‘i - aholi punkti yerlarining ulami yer fondining boshqa toifalaridan ajratib turadigan, shaharsozlik hujjatlarida belgilab qo‘yilgan tashqi chegarasi; shaharsozlik- aholi punktlarini, aholi punktlariaro hududlami rejalashtirish hamda qurishning ijtimoiy-iqtisodiy, qurilish-texnika, arxitektura-badiiy va sanitariya-gigienaga oid echimlarining yig‘in- disini ta’minlovchi nazariyasi va amaliyoti; shaharsozlik reglamenti- shaharsozlik faoliyatini amalga oshirishda aholi punktlari va aholi punktlariaro hududlaming yer uchastkalari va o‘zga ko‘chmas mulk obyektlaridan foydalanishning aholi punktlari va hududlami qurish qoidalari bilan belgilangan ko‘rsatkichlari va turlari yig‘indisi; shaharsozlik faoliyati- davlat organlari, yuridik va jismoniy shaxslaming hududlami, aholi punktlarini rivojlantirishni shaharsozlik jihatidan rejalashtirish, yer uchastkalaridan foydalanish turlarini belgilash, binokorlik materiallari va buyumlarini ishlab chiqarish, binolar, inshootlar hamda boshqa obyektlaming fuqarolar manfaatlari, jamiyat va davlat manfaatlari, shuningdek mazkur hududlar hamda aholi punktlarining milliy, tarixiy-madaniy, ekologik, tabiiy xususiyatlari inobatga olingan holda loyihalash- tirilishi, qurilishi va rekonstruksiyasi sohasidagi faoliyati;