Oliy darajadagi unvon va mansablar: otaliq, beklarbegi, bey, devonbegi, xazinachi, inoq, eshikog’asi, parvonachi, dadxox, dasturxonsi, sarkor, sharbatdor, oftobachi, qorovulbegi (saroyda), tunqator, qo’shbeg.
O’rta darajadagi unvonlar va amallar: kitobdor, risolachi, bakovul, mirzaboshi, sarmunshi, mehtari zakotxona, miroxur, shig’ovul.
Past darajadagi mansablar: salomog’asi, mirzo, fayzi, munshi, surnaychi, karnaychi, dafchi, chovquvchi, jarchi (bosh), shotir, zinbardor (egarchi), jilovdor.
Otaliq (t.)-xon yoki xonzodaning murabbiysi, ularning homiylari. Ular tarbiyat bergan xonzoda taxto’ga sohib bo’lgandan so’ng o’zlari ham yuqori mansab va amallarga sohib bo’lar edilar. Buxoro amirligida ham eng oliy unvon hisoblanardi.
Qushbegi (mirishkor, t.-m.)- xonga ov vaqtilari qo’shilardi. Uning ovchi itlari, lochinlari bo’lib, ov vaqtida istirohat ishlariga ham javobzgar edi.
Devonbegi (ar.-t.)- xon devonining sardori.Qo’qon xonligi viloyatlaridan Toshkent va Dashti Qipchoq mulkida ham devonbegi amali bo’lgan. Ular xiroj va zakot ishlari, viloyatning hisob kitob ishlarini olib borganlar.
Parvonachi (f.)- bu unvon boshqa unvonlarning egalariga ham beriladi. Uning egasi o’zining xonga yaqinligidan foydalanib, xat va arizalarni saroyga olib kirib, u yerdan ketma ket parvonadek javobini olib chiqadi.
Beklarbegi — beklarning begi. Bu unvon xonning vorisiga yoki ba’zi viloyatlarning hokimiga berilgan.
Kitobdor — saroy kitobxonasi uchun javob beradigan amaldor.
Sharbatdor — eng oliy va faxriy unvonlardan bo’lib, xonning xos majlislari va safarlarida xizrnatda
Robachi — xonning xos mulozimlaridan bo’lib, uning yuvinishi va tahorati vaqtida xizmat qiladigan amaldor.
Tunqator — tun bo’yi uyg’oq bo’ladigan soqchi. Xonning dam olishi va yurishlari vaqtida qo’riqchilik qilib, xonning yaqin kishilaridan tayinlanadigan amaldor.