Botirboshi — botir, bahodirlar boshlig’i. Besh yuz kishidan ko’p lashkarga boshchilik qilgan. Viloyatlarda botirboshi harbiy va qo’shin ishlariga mas’ul edi. Botirboshi ba’zan qurilish hamda sug’orish ishlariga ham boshchilik qilgan.

Qo’shbegi — harbiy qo’shinning boshlig’i. Bu mansab yurish va jang vaqtlarida berilib, uning egasi mingboshi unvonini olishga da’vogarlik qilgan hamda alohida viloyatga hokim ham bo’lishi mumkin edi;
voli yoki voliy (noib, muovin) — tobe etilgan viloyat va tumanlarda xonning o’rinbosari. Viloyatlarda lashkar unga itoat etgan hamda u viloyaming harbiy-ma’muriy –ishlariga boshchilik qilgan;
qaľabon yoki qutvol — Qo’qon xonligining chegaralarida joylashgan qaľa va istehkomlarning hokimi bo’lib, shu hududlarning harbiyma’muriy, xiroj va boj olish ishlariga javobgar bo’lgan. Harbiy maqsadga ko’ra, qaľabon vazifasiga dodxohdan qo’shbegigacha bo’lgan shaxslar tayinlangan;
qo’rboshi — qo’rxona, ya’ni aslahaxona boshlig’i. Bu mansab egasi xon va mingboshiga itoat etgan. Qo’rboshi qo’rxo.na, miltiqxona, to’pxonalarga boshchilik qilib, xomashyo topib kelishdan tortib to tayyor mahsulot ishlab chiqarish va ularni xon qaroriga binoan tarqatib berish jarayoniga javobgar bo’lgan;
yofar — soqchilar boshlig’i. Bu mansab egasining guruhi yuz nafar askardan iborat bo’lgan. Yofar o’z guruhining hisob-kitobi, yillik xarajatini askarlari uchun xazinadan olib bergan. Manbalarda yofarlar g’allagir (g’alla oluvchi), javgir (bug’doy oluvchi) va sarpo oluvchi sifatida ham qayd etilgan;
To’pchiboshi — to’pchilar, zambarakchilar guruhi boshlig’i;
To’pchiboshi — to’pchilar, zambarakchilar guruhi boshlig’i;
to’qsabo — o’zlarining tug’iga ega bo’lgan harbiy guruhning boshlig’ i;