Termiz Davlat Universiteti Tarix Fakulteti 208-guruh talabasi


Saroy qorovulbegisi — xon o’rdasining soqchilariga boshliq bo’lgan saroy amaldori



Yüklə 0,52 Mb.
səhifə7/8
tarix02.05.2023
ölçüsü0,52 Mb.
#105960
1   2   3   4   5   6   7   8
2 5204140185264068054

Saroy qorovulbegisi — xon o’rdasining soqchilariga boshliq bo’lgan saroy amaldori.

Dasturxonchixon dasturxoniga, umuman, oshxonasiga javobgar saroy mansabi.

Dodxoh — xon oldiga fuqarolarning xohish-istak hamda maqsadlarini bayon etish huquqiga ega mansab, saroy unvoni.

Eshikog’asi yoki chehraog’asi eshik oldidagi soqchi, posbon. Xon mahramlari va soqchi-mulozimlarining boshlig’i. Notanish kishilarni xon huzuriga ijozatsiz qo’ymaslikka javobgar shaxs.

Inoq — xonning xos va sirdosh mulozimi.

Xazinachi — davlat xazinasining hisob-kitobiga javobgar shaxs. Xazinachilar viloyat markazlarida ham faoliyat yuritishgan.

Qoʻqon xonligi diniy mansablar


Shayx ul-islom — dindorlarning eng oliy unvoni bo’lib, 1818-yilda Umarxon tomonidan joriy etilgan.
Qozi kalon — xonlik poytaxti hamda viloyatlar markazlaridagi qozilar va qozixonalar ustida nazorat qiluvchi amaldor.
A’lam — faqih olim hamda shariat qonun-qoidalarining bilimdoni.
Xo’ja kalon – fiqh olimi (huquqshunos)ning faxriy unvoni.
Qozi ul — quzzot — qozilar qozisi (adliya vaziri).
Tarakachi — meros qolgan mol-mulklarni merosxo’rlarga taqsimlab (taraka) beruvchi shaxs.
Oʻroq — vaqf yerlarining xiroj va soliqlariga mas’ul shaxs, o’roq shaklidagi nishonni sallasiga taqib yurgan.
Sudur — vaqf mulklarining daromadlari hamda hisob-kitobiga javobgar mansabdor.
Qozi askar — qo’shin qozisi.

Xon saroyidagi harbiy mansablar


Amirlar amiri. Xon tomonidan keng vakolatlar berilgan (davlatdagi muhim ishlar, amaldorlami amalga qo’yish va olish, davlatdagi ichki tartibni saqlash, saroydagi tartib-intizom kabilar) shaxs bo’lib, xondan keyingi eng yuqori mansab hisoblangan;
Amirlashkar
Mingboshi
Amir ul umaro
Amir ul-umarodan keyingi mansab. Qo’qon xonligida mingboshi harbiy unvonining vazifalari, darajasi amirlashkarlikka teng bo’lgan;
Ma’mur sifatida ming nafar Otliq askar beradigan mulkning hokimi. Bu unvondagi shaxs harbiy yurishlar vaqtida qo’shinni boshqarib, lashkarboshi unvonini Olgan. Bu unvonning egasi vazirlikka ham da’vogar bo’lgan. Bu unvon Sheralixon davrida (1842— 1845) yuqori darajadagi vazifaga aylanib ketgan;

Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin