Termiz Davlat Universiteti Tarix Fakulteti 208-guruh talabasi



Yüklə 0,52 Mb.
səhifə2/8
tarix02.05.2023
ölçüsü0,52 Mb.
#105960
1   2   3   4   5   6   7   8
2 5204140185264068054

Amirlik aholisning katta qismini o‘zbeklar tashkil qilgan bo‘lib,juda ko‘plab o‘zbek urug‘lari vakillari amirlikning deyarli barcha hududlarida yashaganlar. Aholi tarkibidagi tojiklar Samarqand,Buxoro, Nurota, Urgut, Kitob kabi shaharlarda, tog‘li tumanlarda, jumladan, Panjikent, Vaxsh, Hisor, Qorategin, Ko‘lob, Shahrisabz, Qobadiyon, Yakkabog‘ bekliklarida, Zarafshonning yuqori qismida istiqomat qilganlar.

Turkmanlar ham Buxoro amirligi aholisining son jihatdan katta qismini tashkil etganlar. Ular amirlikka qarashli bo‘lgan Amudaryoning ikki qirg‘og‘ida joylashgan yerlarda, ya’ni, amirlikning janubiy va g‘arbiy hududlarida istiqomat qilishgan. Buxoro amirligi hududida aholining kichik qismini arablar tashil etgan bo‘lib,ular asoan Qarshi va Sherobod bekliklarida yashaganlar.

Amirlikdagi markaziy daviat boshqaruvida Buxoro Shahri alohida o'rin egallagan. Jumladan, Buxoro shahri hokimi amirning birinchi vaziri va boshqa viloyatlar boshqaruvchisi hisoblangan. Shahardagi jamoat tartibini saqlash mirshablarga topshiril gan bo'lib, ular shahar mirshabboshisiga bo'ysunishgan. Buxoro shahri mirshabboshisiga boshqa barcha shaharlar mirshabboshilari boʼysunishgan, Mang' itlar davrida Buxoroda qo'shbegi, qozikalori, bosh rais va mirshabboshi birgalikda «chor hokim», ya'ni, «to'rt hokim» deb yuritilgan.

Buxoro amirligidagi mang`itlar hukmronligi davridagi manbalarda katta mansablar tilga olingan va ularning aniq vazifalari to`liq berilmagan. Vaqt o`tishi bilan bu mansablarning vazifalari o`zgarib turgan. Buxoro amirligidagi mansab va lavozimlar to`g`risida Mirzo Badil` Devonning “Majma` ul-arqom”, Muhammad ali Baljuvoniyning “Tarixi nofeiy ”, A.A.Semyonov va B.A. Vil`danovalarning asarlari orqali ma`lumotlarni olamiz.

DAVLATDAGI ENG YUQORI UNVON


1.Amir ul umaro- Davlat amir ul-umaro tomonidan boshqarilib, u amalda va rasman eheklanmagan huquqlarga ega bo’lgan.
2.Otaliq - unvoni mang’itlar davriga kelib otaliqqa olingan shaxsning maslahatchisi va ishonchli vakili, harbiy va ma’muriy ishlarda asosiy vakiliga aylandi. Amir Shohmurod davrida otaliqning vakolatlari cheklanib, unga Zarafshon daryosi suvining taqsimotini nazorat qilish, Buxoro kanali shahr) va dorug’alik vazifasi yuklanadi.

Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin