Termiz davlat universiteti tarix fakulteti 4-bosqich 1020-guruh talabsi xolyorov bektemirning manbashunoslik va tarixshunoslik fanidan taqdimoti



Yüklə 9,86 Kb.
səhifə1/3
tarix07.01.2024
ölçüsü9,86 Kb.
#206083
  1   2   3
XOLYOROV BEKTEMIR 4

TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI TARIX FAKULTETI 4-BOSQICH 1020-GURUH TALABSI XOLYOROV BEKTEMIRNING MANBASHUNOSLIK VA TARIXSHUNOSLIK FANIDAN TAQDIMOTI


MAVZU:XIX ASR OXIRI XX ASR BOSHLARIDA ROSSIYA OLIMLARI TOMONIDAN O’RTA OSIYONING O’RGANILISHI
XIX asrning 20-yillariga kelib Britaniya imperiyasida ishlab chiqarilgan mollar Rossiyadan keltiriladigan mahsulotlarga raqobat tugʻdira boshladi. Buyuk Britaniya Afgʻoniston, Eron va Oʻrta Osiyo hududlariga boʻlgan daʼvolarini ochiqchasiga bayon eta boshlagan edi. Rossiya Osiyo bozorlarida oʻz mavqeini mustahkamlash maqsadida rus mahsulotlarini mintaqaga keltirilishida imtiyozli bojxona sharoitlarini yaratib berdi. Nikolay I davriga kelib chor Rossiyasining mintaqadagi diplomatik va harbiy taʼsiri kuchayib bordi.
Mixail Skobelev
 Oʻrta Osiyoning Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olinishi XIX asrning ikkinchi yarmida sodir boʻla boshladi. Ammo ungacha bir qancha harakat amalga oshirilgan edi. XVIII asrda Rossiya imperiyasi Qozoq juzlari ustidan nazoratni kuchaytirgandi. Rossiyaning Oʻrta Osiyoni bosib olishi bir necha oʻn yillar davomida amalga oshirildi. 1834-yil oʻzbek xonliklariga olib boruvchi yoʻl chorrahalarida Novo-Aleksandrovsk qoʻrgʻoni (Mangʻishloq shahri) barpo etildi. 
 1839-yilda Rossiya Orol dengizi janubidagi Xiva xonligini zabt eta olmadi. 1839-yil oxiri va 1840-yil boshlarida Orenburg general-gubernatori graf Perovskiy Xiva xonligiga qarshi qishki harbiy yurish uyushtirdi va u muvaffaqqiyatsiz boʻldi. 1847-yilda general Oruchev Orol dengizining shimoli-sharqiy qirgʻogʻini zabt etdi va Raim (Kazalinsk shahri) qoʻrgʻoniga asos soldi. 1847-1853-yillarda ruslar Orol dengizining shimoliy tomonidan sharqiy Sirdaryo boʻylab bir qator qalʼalar qurishdi. 
 1847-1864-yillarda ular sharqiy Qozoq choʻllarini kesib oʻtib, Qoʻqon xonligining shimoliy chegarasi boʻylab qalʼalar qurdilar. Nikolay va Konstantin paraxodlardan iborat Orol flotiliyasi tashkil etdi. 1850-1855-yillarga kelib Qoʻqon xonligiga qarashli Kumushqoʻrgʻon, Chimqoʻrgʻon, Qoʻshqoʻrgʻon, Oqmachit (Qizil Oʻrda) qalʼasi, keyinchalik hududida Verniy qoʻrgʻoni barpo etilgan Ili daryosi vodiysi rus qoʻshinlari tomonidan bosib olindi. Aleksandr II hukmronligi davrida Oʻrta Osiyoni bosib olish imperiya tashqi siyosatining ustuvor yoʻnalishlaridan biriga aylandi.
1864-1868-yillarda Qoʻqon xonligidan janubga harakat qilib, Toshkent va Samarqand egallandi, Buxoro amirligi protektoratga aylantirildi. Shu tariqa janubiy nuqtasi Sibirdan 1600 km janubga va Volga daryosidan 1920 km janubi-sharqda boʻlgan hududlarni oʻz nazoratiga olishdi. 1865-yilda general-mayor M. G. Chernyaev Toshkentni bosib oladi va shahar oqsoqollarini sulh tuzish xususidagi shartnomani imzolashga majbur etadi. Imperator Aleksandr II Orenburg general-gubernatoriga farmon berib, agarda Toshkent ahli Rossiya fuqaroligini qabul qilishni xohish etsa, ularning bu istagini qondirish lozimligini qayd etdi. 

Yüklə 9,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin