Termiz davlat universiteti tojik filologiyasi va sharq tillari kafedrasi



Yüklə 1,42 Mb.
səhifə113/201
tarix02.02.2022
ölçüsü1,42 Mb.
#51965
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   201
Termiz davlat universiteti tojik filologiyasi va sharq tillari k (1)

Sifat darajalari

Daraja ko‘rsatish faqat sifatlarga xos bo‘lib, bu sifatlami boshqa so‘z turkumlaridan ajratuvchi asosiy belgilardan biridir.

Predmet belgilarining ortiq-kamligini jihatdan farqlanishi sifat darajalari deyiladi. Fors tilida belgini bildiruvchi sifatlar uch xil darajaga ega:oddiy daraja, qiyosiy daraja, orttirma daraja.

Ma’lum bir belgini bildiruvchi sifatlar oddiy darajadagi sifatlar deyiladi: Masalan, روشن – ro’ushan- yorug’, بلند – bo’land - baland, خوب – xub- yaxshi. Oddiy darajaga تر – tar qo‘shimchasini qo‘shish bilan qiyosiy daraja yasaladi. روشن – ro‘ushan, روشنتر – ro‘ushantar – yorug‘roq, بلند – bo‘land, بلند تر– bo‘landtar – balandroq.

Ba’zi so‘zlardan qiyosiy daraja yasalganda so‘lar almashishi mumkin. خوب – xub, بهتر behtar, بسیار – besyor, بیش – bish, بیشتر – bashtar.

Odatda ikki predmertni qiyoslash analitik yol bilan bo‘ladi. Bunda qiyoslanuychi predmet از – az predlogini qabul qilib, undan so‘ng kelgan sifat تر – tar qo‘shimchasi bilan keladi.

امروز هوا از دیروز گرمتر است emruz havo az diruz garmtar ast – bugun havo kechgidan issiqroqdir, از من زودتر az man zudtar – mendan tezroq, پیش از همه pish az hame – hammadan oldin, خیلی قشنگ xeyli qashang – ancha chiroyliroq, پنج سال بزرگتر panj sol bo‘zo’rgtar – besh yosh kattaroq.

Orttirma daraja oddiy darajadagi sifatlarning oxiriga ترین – tarin qo‘shimchasini qo‘shish bilan yasaladi. روشن ruo’shan – yorug‘, روشنترین ruo’shantarin – juda yorug‘ , بلند – bo‘land, بلند ترین bo‘landtarin – juda baland.

Fors tilida orttima darajadagi sifat bilan ifodalangan aniqlovchi aniqlanmishdan oldin kelib, u bilan bitishuv orqali birikadi. دانشجوی خوب doneshjuye xub – yaxshi talaba, دانشجوی بهتر doneshjuye behtar– yaxshiroq talaba, بهترین دانشجو behtarin doneshju – eng yaxshi talaba.

Bunda aniqlanmish ko‘plik qo‘shimchasini olib, aniqlovchi bilan aniqlanmish izofali yoki izofasiz bog‘lanishi mumkin. Orttirma darajadagi sifat izofali kelsa, bir jinsdagi narsalardan birini ajratib ko‘rsatadi. Izofasiz kelsa, bir jinsdagi narsalarning eng yuqori sifatini bildiradi. بهترین شهرها behtarine shahrho – shaharlarning eng chiroylisi, بهترین شهرها behtarin shaharho– eng chiroyli shaharlar.

So‘zlashuvda ba’zi fe’llarni takrorlash bilan orttirma daraja yasaladi. پرپر po‘r–e po‘r – og’zi-burnigacha to‘la, گرم گرم garm-e garm – juda issiq, شیرین شیرین shirin-e shirin – juda shirin,سفید سفید بود sefid-e sefid bud – qordek oq edi, خیس خیس شد xis-e xis sho’d – shalloba bo‘ldi.


Yüklə 1,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   201




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin