Termiz davlat universiteti tojik filologiyasi va sharq tillari kafedrasi



Yüklə 1,42 Mb.
səhifə129/201
tarix02.02.2022
ölçüsü1,42 Mb.
#51965
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   201
Termiz davlat universiteti tojik filologiyasi va sharq tillari k (1)

Aniq kelasi zamon fe’li مستقبل mo‘staqbal

Aniq kelasi zamon fe’li ish - harakatning kelasi zamonda bajarilishi yo bajarilmasligi aniq, qat’iy ekanligini bildiradi.

Aniq kelasi zamon fe’li qo‘shma fe’l shaklida bo‘lib, ikki qismdan – yetakchi va ko‘makchi fe’ldan tashkil topadi.

Aniq kelasi zamon fe’li ko‘makchi fe’l sifatida kelgan خواستن xostan fe’lining hozirgi fe’l negizi ( خواه xoh) ga shaxs-son qo‘shimchalarini qo‘shish va undan so‘ng yetakchi fe’lning qisqartirilgan infinitiv shaklini keltirish orqali hosil qilinadi. Aniq kelasi zamon fe’lining tuslanishida ko‘makchi fe’l o‘z leksik ma’nosini yo‘qotib, kelajak tushunchasini ifodalaydi. Yetakchi fe’l esa hamma shakllarda qisqartirilgan infinitiv (مسدر مرخم masdare mo‘raxxam ) shaklida bo‘ladi.



من خواهم رفت man xoham raft- men boraman تو خواهی رفت to‘ xohi raft- sen borasan او خواهد رفت u xohad raft- u boradi ما خواهیم رفت mo xohim raft- biz boramiz شما خواهید رفت sho‘mo xohid raft – siz borasiz آنها خواهند رفت onho xohand raft- ular boradilar

خواستنxostan ko‘makchi fe’li prefiksli fe’llarda prefiksdan so‘ng, qo‘shma fe’llarda esa, ot bilan ko‘makchi fe’l orasida qo‘yiladi.

Aniq kelasi zamon fe’li bo’lishsizlik shakli.

Aniq kelasi zamon fe’lining bo‘lishsiz shakli ko‘makchi fe’l negizi خواهxoh ning oldida نهna – inkor yuklamasini qo‘shish orqali hosil qilinadi.



مفرد mo‘frad-birlik

نخواهم خواندnaxoham xond-o‘qimayman

نخواهی خواند naxohi xond-o‘qimaysan

نخواهد خواند naxohad xond-o‘qimaydi

جمع jam’-ko‘plik

نخواهیم خواند naxohim xond-o‘qimaymiz

نخواهید خواند naxohid xond-o‘qimaysiz

نخواهند خواند naxohand xond-o‘qimaydilar

ما نخواهیم رفت mo naxohim raft-biz bormaymiz من حرفهای ترا فراموش نخواهم کرد man harfhoye to‘ro faromush naxoham kard- men sening so‘zlaringni esdan chiqarmayman. او فردا بر نخواهد گشتU fardo bar naxohad gasht- u ertaga qaytmaydi.



1-topshiriq.Quyidagi fe’llarni aniq kelasi zamon fe’li shaklida tuslang.

خواندنxondanشروع کردن sho‘ru kardan فرستادن ferestodanیاد گرفتنyod gereftanبر داشتن bar doshtan.


Yüklə 1,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   201




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin