Termiz davlat universiteti tojik filologiyasi va sharq tillari kafedrasi



Yüklə 1,42 Mb.
səhifə66/201
tarix02.02.2022
ölçüsü1,42 Mb.
#51965
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   201
Termiz davlat universiteti tojik filologiyasi va sharq tillari k (1)

Eslab qoling: دل به دل راه دارد del be del roh dorad – dilga dil yo‘l topadi.

  1. Topshiriq. Yangi so’zlarni yozing va yod oling.


واژه ها

olib bormoq

bo‘rdan(bar)

بردن(بر)




havorang

– obirang

آبی رنگ

javob bermoq

– javob dodan

جواب دادن




ha

– ore, ori

آره،آری

bir qancha

– chandon

چندان




keltirmoq

– ovardan(ovar)

آوردن(آور)

sanchqi

– changol

چنگال




adabiyot

– adabiyot

ادبیات

nima

– che, chi

چه،چی




Islom

– eslomi

اسلامی

hozir

– holo

حالا




ism

– esm

اسم

hukumat

– ho‘kumat

حکومت




inglizcha

– englisi

انگلیسی

tuproq

– xok

خاک




avval

– avval

اول

kulrang

– xokstari

خاکستری




uchun

– baroye

برای

sinf

– kelos

کلاس




o‘z

– xo‘d

خود

so‘z

– kalima

کلمه




yaxshi

– xush

خوش

ke (bog‘lovchi)

– ke

که




juda

– xeyli

خیلی

kim

– ke, ki

که، کی




haqida, tog‘risida

dar bore-ye

در باره

kosmos

–keyhon

کیهان




dengiz

– daryo

دریا

bo‘r

– ganch

گچ




grammatika

–dastur-e-zabon

دستور زبان

aytmoq

– go‘ftan(gu)

گفتن(گو)




daftar

– daftar

دفتر

gul

– go‘l

گل




dil

– del

دل

atirgul

– gol–e so‘rx

گل سرخ




davlat

– do‘udlat

دولت

guldon

– go‘ldon

گلدان




ko‘rmoq

– didan(bin)

دیدن(بین)

jurnal

– majalle

مجله




boshqa

– digar

دیگر

markaz

– markaz

مرکز




yo‘l

– roh

راه

qiyin

– mo‘shkel

مشکل




o‘shmoq

– ro‘stan(ruy)

رُستن(روی)

mashhur

– mashhur

مشهور




rang

– rang

رنگ

soch

– mu

مو




yuz

– ru

رو

maydon

– meydon

میدان




yil, yosh, kurs

– sol

سال

to‘q satiq

– noranji

نارنجی




bosh

– sar

سر

nom

– nom

نام




sunbul

– so‘nbo‘l

سنبل

yonida

– nazde

نزد




shimol

– shemol

شمال

yaqinida

– nazdik

نزدیک




suhbatlashmoq

– so‘hbat kardan

صحبت کردن

to‘q satiq

– nili

نیلی




tinchlik

– so’lh

صلح

sport

– varzesh

ورزش




stul

– sandali

صندلی

chegaradosh

– ham marz

هم مرز




qaysi

– ko‘dom

کدام

yodlamoq

–yod gereftan

یاد گرفتن




mamlakat

– keshvar

کشور

Testlar:

1. doneshju so’zi qanday ma’noni ifodalaydi?

A) olim

B) qidiruvchi

S) ilmli

D) talaba

2. doneshgoh so’zi qanday ma’noni ifodalaydi?

A) talaba

B) dono

S) Universitet

D) fakultet

3. ro’stanso’zi qanday ma’noni ifodalaydi?

A) rivojlanmoq

B) o’smoq

S) unmoq

D) ulg’aymoq

4. go’le so‘rxso’ziqanday ma’noni ifodalaydi?

A) atirgul

B) gul

S) qizil


D) sariq gul

23-amaliy mashg’ulot

طTO, ظZO VA عAYN HARFLARI

Reja:

  1. To harfining yozilishi va tlaffuzi.

  2. Zo harfining yozilishi va tilaffuzi.

  3. Ayn harfining yozilishi va tilaffuzi.

  1. Marhamat so‘zi haqida.



Tayanch so‘zlar:

To, zo, ayn, arab tiliga xos harflar, ayn ma’noni farqlaydi, tutuq belgisi.

طTo, ظzo va عayn harflari

To harfi «t» undoshini ifodalaydi. Bu harf o‘zbek tilida yo‘q. Uning talaffuzi «t» tovushini aytishda til orqasini yumshoq tanglay tomon yaqinlashtirish orqali hosil qilinadi. Shu sabab bu harfning talaffuzi qattiq bo‘ladi va o‘zbek tilidagi «t»dan farqlanadi. Shuning uchun bu harfning tagiga chiziqcha qo‘yamiz (t) va eski o‘zbek yozuvidagi «te»dan shu tomoni bilan farqlaymiz.To harfi muttasil harflar sirasiga kiradi va ikki xil yozilish shakliga ega. Harfning hamma shakllari satr chizig‘i ustida yoziladi va boshqa harflar bilan ulanishida harfning shakli o‘zgarmaydi.

T o harfi somiy tasviriy yozuvdagi tayt – kalava shakli asosida yaratilgan.

To harflari ikki element asosida yoziladi. Satr chizig‘ida yoziladigan qismi sod, zod harflarining so‘z boshidagi ko‘rinishiga, ikkinchi unsuri alif harfining yuqoridan pastga yoziladigan ko‘rinishidir. Talaba, tabobat, xat, Tohir kabi so‘zlarning yozilishida qo‘llaniladi.




Qo‘sh. Hol

alohida

talaffuzi

ط

ط

t

ظ

ظ

z
Zo harfi «z» undosh tovushini ifodalaydi. Bu tovush ham o‘zbek tilida yo‘q. Shu sabab hamda uni «z» tovushi bilan almashtirmaslik uchun tagiga chiziqcha qo‘yamiz (z). Zo harfining talaffuzi til orqasini yumshoq tanglay tomon ko‘tarish orqali hosil bo‘ladi. Zo harfining yozilish shakllari to harfi bilan bir xil. Faqat ustida bitta nuqtasi borligi bilan farqlanadi. Zolim, zohir, zulm, Zafar kabi so‘zlarning yozilishida ishtirok etadi.

ط ط طط طط ططط ططط

طرف قطب طاهر لطفی لطافت لطف خطا طبیب طلبه طبابت خططاهر خطات خطر شرط لفظ ظلم ظلمت وظیفه تلفظ ظبط نظر کاظم ظریف حافظ نظامی ظهور منظور لحظه غلیظ اظهار انطزام منظوره ناظم نظام ظاهر ظفر ظفرنامه ظرافت نظم لفظ الفاظ


so‘z oxiri

so‘z o‘rtasi

so‘z boshi

alohida

talaffuzi








ع

a,i,u

Ayn harfi ayirish belgisi(’)ni ifodalaydi. Bu harf beradigan tovush aslida o‘zbek tilida mavjud emas, u bo‘g‘izdan portlab chiqadi va faqat arab tili uchun xosdir. Uni to‘g‘ri talaffuz qilish ko‘nikmalarini hosil qilish boshqa emfatik tovushlar (ص ضط ظ )artikulyatsiyasi kabi ancha mushkuldir, ya’ni uzoq vaqt maxsus mashqlar talab qiladi. Bu harf ishtirok etgan so‘zlar arabiy so‘zlardir. Ayn muttasil harflar sirasiga kiradi, to‘rt xil yozilish shakliga ega. Uning alohida va so‘z oxiridagi shakllari satr chizig‘idan pastga tushirib yoziladi. So‘z boshi va so‘z o‘rtasidagi shakllari satr chizig‘ida yoziladi.

Ayn harfi xuddi g‘ayn harfidek yoziladi. Faqat nuqtasi bo‘lmaydi.Ayn,to, zo harflari faqat arab tilidan kirgan so‘zlarda uchraydi. Ayn harfi esa arab tilidan kirib kelgan maxsus tovushni ifodalaydi. Arab tilida ayn jarangli, portlovchi, bo‘g‘iz tovushi bo‘lib, fors tilida bu tovush o‘z talaffuz xususiyatini bir muncha yuqotgan holda ishlatiladi. Fors tilida aynning quyidagi xususiyatlari bor:

a) So‘z oxirida kelib ma’noni farqlaydi; من man – men, منع man’– man qilish, زر zar – zar, oltin زرع zar’– ekin,فر far – hashamat,فرع far’ – o‘sish, ko‘payish;

b) so‘z boshida kelganda ayn harfiga qo‘yilgan harakat talaffuz etiladi; علم ‘elm – ilm, عمر o’mar – umar, عقرب aqrab – chayon, عادل odel – odil.

v) so‘z o‘rtasida yoki oxirida kelganda unli tovushdan so‘ng kelganda unga ta’sir qilib, cho‘ziqroq talaffuz etishga ishora qiladi: تعلیم ta’lim(taalim), دفاع defo‘ (defoo), تعطیلta’til (taatil).

g) So’z boshida alif bilan kelib „О” deb o’qiladi:



عالم عاشق عاقل عادت

A yn, g‘ayn va yevropacha „О” harflari somiy tasviriy yozuvdagi ayn – ko‘z shakli asosida hosil qilingan.



51- tamrin.Quyidagi so‘zlarni o‘qing va yozing.

شاعر، شُروع، طوطی، دِفاع، وَسیع، ظاهر، عِمارت، ساعت، طاوُس، شعر، شُعبه، ظُلُم، عِلم، جُمعه، بَعد، لُطف، علی، تعطیل ، طُلوع، عادل، علیکم، جمع، عِبادت، شاعر، لفظ، الفاظ.




Yüklə 1,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   201




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin