Tashdid qanday so’zlarda ishlatiladi?
Tanvin qanday so’zlarda ishlatiladi?
Sukun qanday so’zlarda ishlatiladi?
hamza qanday so’zlarda ishlatiladi?
Vasla qanday holatlarda ishlatiladi?
28-amaliy mashg’ulot
SHAMSIY VA QAMARIY HARFLAR.ARAB IZOFASI.
Reja:
Arab alifbosida shamsiy harflar.
Arab alifbosida qamariy harflar.
Arab izofasi va unda aniqlanmish va aniqlovchining o’rni.
Tayanch so‘zlar:
Shamsiy harflar, qamariy harflar, ash-shams, al-qamar, aniqlanmish, aniqlovchi, arab izofasi.
Qamariy va shamsiy harflar.
Arab alfavitidagi 28 ta harf ikkiga, ya’ni oy – qamariya قمریه va quyosh - shamsiya شمسیه harflariga bo ‘linadi. Oy harflari ham, quyosh harflari ham 14 tadan.
شمسی حرفلار
ت ث د ذ ر ز س ش ص ض ط ظ ل ن
قمری حرقلار
ا ب ج ح خ ع غ ف ق ک م ه و ی
Arab tilidagi so‘zlar aniq va noaniq holatda bo‘lishi mumkin. Arab so‘zga ال -al qo‘shilsa, (al bilan kelsa) so‘z aniq, holatda deb aytiladi.
al-kitob –الکتاب al-bob –الباب
Fors va eski o‘zbek yozuviga xos bo‘lgan p- ch- je- gof harflari, qaysi harflardan yasalgan bo‘lsa o‘sha harflar bilan bir guruhga kiradi.( b asosida p, j asosida ch, z asosida je, k asosida g harflari yasalgan)
ARAB IZOFASI
Arab izofasi fors izofasidan shu bilan farq qiladiki, fors izofasidagi birinchi
o‘rinda turgan aniqlanmish "i" bilan tugaydi.
Arab izofasida esa birinchi o‘rinda turgan aniqlanmishning qanday tovuah bilan tugashi aniqlovchining oy yoki quyosh harfi bilan bog‘liq.
a) Agar aniqlovchi oy harfi bilan boshlansa aniqlanmish bilan uning o‘rtasida (orasida) "ul" hosil bo‘ladi, ya’ni aniqlanmishning "u" - si aniqlovchi ال- alining ل -lomi ustiga tushadi, natajada "ul" o‘qiladi. Masalan:
ilm uyi - dardul-funun دار الفنون
talaba – tolibul - ilm طالب العلم
ikki shoxlik - zul-qarnayn ذو القرنین
Zu so‘zi arab tilidan "egasi, ega bo‘luvchi" deb tarjima qilinadi.
b) Agar aniqlovchi so‘zning birinchi harfi quyosh harfi bilan boshlansa, aniqlovchiningال – alining lomi o‘qilmaydi, uning birinchi harfi ikkilantiriladi (tashdid qo‘yiladi).
qush tili- lisonut - tayr –لسان الطیر
quyosh nuri - nurush shams – نور الشمس
bolalik g‘aroyibotlari - g‘aroyibus sig‘ar غرایب الصغر
ikki tillilik - zul-lisonayn – ذو اللسانین
Arab izofasi ko‘pincha o‘zbek tilidagi atoqli otlarda (kishilarning ismida) uchraydi. Masalan:
Ubaydullo (h)- عبید الله Abdullo (h) –عبد الله
Nuriddin - نور الدین Husniddin –حسن الدین
Abdulmalik - عبد الملک Abdurahmon –عبد الرحمان
Rahmatullo - رحمت الله Shamsiddin –شمس الدین
1-topshiriq. Quyidagi so‘zlarni o‘qing va yozing.
کمال الدین، زین الدین، صدر الدین، هدایت الله، نعمت الله، بدر الدین، حکمت الله، شمس الدین، عصمت الله، قدرت الله، قمر الدین، ظهر الدین، اسد الله، نجم الدین، سعد الله، نبی الله، جمال الدین، خیر الدین. فارغ التحصیل، قلیل المدت، ضرب المثل، دار الحکومه ،میزان الاوزان، مجالس النفایس، حتی الامکان ، میزان الحراره ، بین المللی، طویل المدت، متسوی الحقوقالمشرق الارض القصّه الحمدولغت ﭐاتّرک ﭐلزّمحشری نظام ﭐلتوارخ
2-topshiriq. Quyidagiсўзларни fors yozuviga o‘giring.
Анворул худо, ал-араб, ал-китоб, Абдуссамад, дорилфунун, анворул-шамс, Насимул-Ҳулд, насиҳатул мулк, Насойимул-муҳаббат, одобул араб, Туҳфатул-афкор, Тазкиратуш-шуаро, меъёрул-ашъор, Маҳзанул-асрор
Dostları ilə paylaş: |