5-topshiriq. Quyidagi yingi so’zlarni yozing va yod oling.
27-amaliy mashg’ulot
TASHDID, TANVIN, SUKUN, HAMZA, VASLA BELGILARI
Reja:
Tashdid qanday holatlarda ishlatiladi.
Tanvin qanday holatlarda ishlatiladi.
Sukun qanday holatlarda ishlatiladi.
hamza qanday holatlarda ishlatiladi.
Vasla qanday holatlarda ishlatiladi.
Tayanch so‘zlar:
Tashdid, tanvin, sukun, hamza, vasla
Yuqorida so‘z yuritilgan fatha (zabar), kasra (zir) va zamma (pish) ham arab satr ostki va ustki belgilari tarkibiga kiradi, lekin ular faqat yozuvda aks etmagan qisqa unli tovushlarni ifodalashda qo‘llaniladi. O‘qish, yozish va to‘g‘ri talaffuz qilishga yordam beruvchi Yana bir necha belgilar ham borki, ular ham yozuvda juda kam hollardagina qayd etiladi. Bunday belgilarga quyidagilar kiradi:
1. Tashdid (تشدید)ّ Tashdid ikkilantirish degan ma’noni anglatib, so‘z tarkibidagi undoshlarning ustiga qo‘yiladi. Tashdid belgisi tushgan undosh kuchaytirilgan va ikkilantirilgan holda talaffuz etilishi lozim. Bu belgi ko‘pincha tilimizga arab va fors tillaridan o‘zlashgan so‘zlarga qo‘yiladi. Yozuvda yonma-yon kelgan bir undoshni ikki bor takrorlash arab alifbosi qoidasi bo‘yicha mumkin emas. Arab yozuvida qo‘sh undoshli so‘zlar kelganda o‘sha undoshning biri yozilib, uning ustiga tashdid belgisi qo‘yiladi va shu orqali so‘zda ikkita bir xil tovush borligi anglashiladi. Masalan:
نقاش
عطار
|
naqqosh
attor
|
محله
مکار
|
mahalla
makkor
|
Ba’zihollardatashdidbelgisiningustigafathayokizammabelgilariqo‘yilishihammumkin(
ﱠﱡ ﱢ ). Buesaharikkalasinihamo‘qishzarurliginibildiradi. Buning uchun avval tashdid ostidagi undoshni takrorlab so‘ngra tashdid ustidagi harakatni o‘qish lozim. Masalan:
اول
محمد
|
avval
Muhammad
|
تبسم
محبت
|
tabassum
muhabbat
|
Tarkibida qo‘sh undoshi mavjud bo‘lgan turkiy so‘zlar, jumladan, o‘zbekcha so‘zlar arab grafikasida yozilganda, tovushlarning miqdoriga ko‘ra yozamiz. Masalan:
ساککیز
|
sakkiz
|
قاتتیق
|
qattik
|
So‘zlarga ba’zan qo‘shimchalar qo‘shilganda o‘zakdagi undosh bilan birga qo‘shaloq undosh hosil qilishi mumkin. Bunday hollarda ular yozuvda to‘liq yoziladi. Masalan:
تاققا
|
toqqa
|
بیلاککا
|
bilakka
|
2. Tanvin (
تنوین)
ً Bu ham arab satr usti belgilaridan biri bo‘lib, faqatgina arabiy so‘zlardagina ishlatiladi va yozuvdagi shakli quyidagi ko‘rinishlarda bo‘ladi.
اًtanvin fatha,
اٍtanvin kasra va
ا tanvin zamma. Tanvin ko‘pincha so‘z oxirida kelib, taglik vazifasida olingan alif harfining ustiga ikkita zabar ko‘rinishidagi chiziqcha qo‘yish orqali hosil qilinadi. Tanvin belgisi talaffuzda an tovush birikmasini beradi. Masalan,
مثلاً
|
masalan
|
تخمیناً
|
taxminan
|
Arab tilidan o‘zlashgan so‘zlar tanvin belgisini olib, ravish so‘z turkumiga kiradi. Tanvin belgisi
yozuvda tushib qolishi mumkin, lekin talaffuzda saqlanadi. Shu sababli so‘z oxrida tanvin belgisiga taglik vazifasini bajarib kelayotgan alif o tarzida o‘qilmaydi.
3. Sukun (سکن) ْ. Sukun arabcha so‘z bo‘lib, to‘xtab turish, tinchlik, orom degan ma’nolarni bildiradi. Bu belgi ba’zan sokin deb ham yuritiladi. Uning asosiy vazifasi bo‘g‘inning yopiq ekanligini bildirishdir. Sokin belgisi undosh harf ustiga qo‘yiladi va shu undoshdan so‘ng unli yo‘q ekanligini bildiradi. Masalan:
فرِّزند
مجلس
|
farzand
majlis
|
مملکت
مصلحت
|
mamlakat
maslahat
|
4. Hamza belgisi (
همزه).
ٔBu belgi o‘zining vazifasiga asosan quyidagilardan iborat:
a) ikki unli qator kelganda ularni ajratish uchun yoziladi. Masalan:
شرائت
عجائب
|
sharoit
ajoyib
|
غرائب
عائله
|
g‘aroyib
oila
|
b) bo‘g‘inni ajratish uchun qo‘llanadi. Masalan:
مسؤلیت
مثئله
|
mas’uliyat
mas’ala
|
تأُسیس
تأُکید
|
ta’sis
ta’kid
|
v) forsiy izofiy birikmalarda agar aniqlanmish qisqa
i unlisi bilan tugallangan bo‘lsa, hamza belgisi shu harfning ustiga qo‘yiladi.
شجره ترک
|
Shajarai turk
|
نقطه نظر
|
nuqtai nazar
|
5. Vasla (
وصله).
ٌ Bu belgi arabiy izofalarda ishlatilib, al aniqlik artikli ustiga qo‘yiladi. Vaslaso‘ziarabchaso‘zbo‘lib, qo‘shishdeganma’nonibildiradi. Demak, vasla belgisi qo‘yilgan al aniqlik artikli to‘la holda o‘qiladi. Agar al aniqlik artikli ustida vasla belgisi qo‘yilmasa, biz faqatgina artiklning a harfini o‘qib, keyingi kelayotgan so‘zning birinchi tovushini ikkilantirib o‘qiymiz. Bu haqda shamsiy va qamariy harflar va izofa bo‘limlariga qarang. Masalan:
دار الٌفنون
|
dorul funun
|
کمال الٌدین
|
Kamoliddin
|
ابد ﭐلابد -
طالب ﭐلعلم -
نظم ﭐلجواهر
Yuqorida tilga olingan belgilar yozuvda ifoda etilmasligi mumkin, lekin bu belgilarning xususiyatlarini to‘liq o‘zlashtirmog‘imiz lozim.
1-topshiriq. Quyidagi so‘zlarni yozing va eslab qoling.
شرائط، عجائب، غرائب،عائله،نقطهٔ نظر، دیوانهٔ مشرب، ترجیمهٔ حال، آینهٔ جهان، والدهٔ محترمهٔ،تأمل، قرأت ،مؤرّخ، تأکید، تألف، تأسف، تأثرات، مسئله، شجرهٔ تراکمه، مؤذن، هیئت، مؤسّسه، جرأت، تأمینات، قصهٔ یوسوف، ملیکهٔ دلنواز، افسانه ٔ شیرین، نالهٔ بلبل ، تأکید، مؤلف، قرأت، تأثرات، آینهٔ جهان، اجائب، شرائت، قائده،عین الحیات،عین الیقین، عظیم الشان، فی الجمله،باِلکل، باِلله، باِلعکس، علیه السلام،حیرت الابرار،دار الفنون،طالب العلم،لغت الترک، روضت الصفا.
2-topshiriq. Quyidagi so‘zlarni o‘qing va yozing.
مأطین- сув ва лойتأصب-беҳад берилиш
مؤرخ-тарихчиتأمل-мулоҳаза килиш
مؤذّن-азон айтувчиمؤدّب-адабли
مؤنّث- жинс (женский род)مؤکّد-таъкидланган
مؤکّل-вакил қилинганمؤثر-таъсирлиبالعکس- аксинча
الوداعхайр, хуш қолинг -الحق- ҳақиқат
عین الحیات- ҳаёт булоғиعین الیقین-моҳиятни аниқлаш
عظیم الشان- улуғ даражалиبالله-худо ҳаққи
milliy –ملّی avval - اوّل niyat - نیّت munavvar -مُنوّر Mannon -منّان takallum-تکلّم himmat- همَّت ayyom – ایّام
kunni –کوننی aytti - ایتتی katta -کتته ketti - کیتتیukki -اوککی patta - پتتهtikka – تیککه tillo – تیللاdarra-درره uzukka - اوزوککه
masala - مسئله mas’uliyat – مسؤلیت ta’kid – تأکید ta’sis – تأسیس
oina - آئینه Navoiy - نوائی rais -رئیس ibtidoiy -إبتدائی
Izoh: Yoy harfining ustiga hamza qo‘yilsa, uning ikki nuqtasi yozilmaydi, lekin "i" deb o‘qilaveradi.
abin - ابٍ darun - دارٌ avvalan –اولاً masalan-مثلاً qablan-قبلاً qasdan - قصداً furan- فوراً
3-topshiriq. Quyidagi so‘zlardan gaplar tuzing.
بچه، اول، حمام، نقاش، بنا، شدت
کاملاً ، ظاهراً، حتماً، مخصوصاً غالباً
مأمول، رؤسا، مسئول، مسئولیت، مأمون، جزئی
4-topshiriq. Quyidagi so’zlarni arab yozuvida yozing va eslab qoling.
Avval, do’vvo’m, sevvo’m, naqqosh, banno, poiz, oine, mioyi, miguyi, baqqol, hurriyat, makkor, jabbor.
Savollar:
Dostları ilə paylaş: