30-amaliy mashg’ulot
FORS TILIDA VAQTNING IFODALANISHI VA HAFTA KUNLARI
Reja:
Vaqtning ifodalanishi.
Vaqtning soat va minut orqali ifodalanish
Hafta kunlari
Tayanch so‘zlar:
Soat, soat chand ast, chand soat, soate chand, so’bh, baad az zo’hr, shom, shab, shanba, yekshanba, dushanba, hafte.
Fors tilida vaqtning ifodalanishi
Vaqt ساعت soat so‘zining son bilan birikuvi orqali ifodalanadi. Bu birikmada soat miqdorini bildiruvchi so‘z oldin, ساعت soat so‘zi esa undan keyin keladi. ساعت چند است؟ soat chand ast? – soat necha degan savolga javob bo‘ladi:
شما امروز چند ساعت کار می کنید؟ sho‘mo emruz chand soat kor miko‘nid? – siz bugun necha soat ishlaysiz? من امروز شش ساعت کار می کنم man emruz shesh soat kor miko’nam – men bugun olti soat ishlayman.
Vaqtning muayyan bir paytini ifoda etish uchun avval ساعت soat so‘zi, so‘ng miqdorni bildiruvchi so‘z kelib, bir-birlari bilan izofa orqali bog‘lanadi. ساعت چند است؟ soat-e chand? – soat nechada? Savoliga javob bo‘ladi.
در دانشگاه درس ساعت چند شروع می شود؟ dar doneshgoh dars soate chand sho‘ru’ mishavad? – Universitetda dars soat nechada boshlanadi. در دانشگاه درس ساعت هشت شروع می شود dar doneshgoh dars soate hasht sho‘ru’ mishavad?– Universitetda dars soat sakkizda boshlanadi.
Vaqtning ma’lum paytini aniqroq ko‘rsatish uchun ko‘pincha صبح so‘bh – ertalab, بعد از ظهر baad az zo‘hr – tushdan so‘ng, وقت عصر kech, kechqurun, درست do‘ro’st – rosa kabi so‘zlari ham ishlatiladi. Bu so‘zlardan faqat درست do‘ro‘st so‘zi vaqtni ifodalovchi birikma boshida, qolganlari birikma oxirida kelib, u bilan izofa orqali bog‘lanadi.
درست ساعت پنج است do‘rost soate panj ast– rosa soat beshda. ساعت چهار بعد از ظهر soate chore ba’ az zo’hr – tushdan so‘ng soat to‘rtda.
Dostları ilə paylaş: |