29-amaliy mashg’ulot
FORS TILIDA MIQDOR SONLAR
Reja:
Raqamlar tarixi.
Fors tilida miqdor sonlar
Arab raqmlarining yozuvda ifodalanishi.
Tayanch so‘zlar:
Muhammad Xorazmiy, Hindiston V-asr, Misir, Bobil raqamlari, birliklar, o’nliklar, yuzliklar, mingliklar.
Raqamlar - arab. رقم – son, nomer)—sonlar ifodalanadigan shartli belgilar. Eng qadimda sonlar so‘zlar orqali ifodalangan. Xalqlarning ijtimoiy-xo‘jalik hayoti rivojlanishi bilan mukammalroq belgilarga va hisoblash sistemalarini ishlab chiqishga ehtiyoj tug‘ildi.
Eng qadimgi raqamlar bobilliklar va misrliklarga mansubdir. Misr ieroglif raqamlarida (mil. av 3000-2500 yilda paydo bo‘lgan) sonlarni ifodalash uchun maxsus rasm-belgilar, keyinroq ieratik va demotik yozuvlari paydo bo‘ldi.
Bobil raqamlari (mil. av. 2000 yil boshi) asosan 1, 10, 60 va 100 ni bildiruvchi mixxat belgilari bo‘lib, boshqa barcha raqamalar shular asosida ifodalangan. Misr ieratik yozuvidan Yaqin va O‘rta Sharqdagi barcha yozuvlar va Yunon-Ioniya yozuvi, shu bilan birga alifboga asoslangan raqamlar kelib chiqdi. Bosma yunon alifbosi slavyan-kirillitsa va harfiy raqamlarga asos soldi.
Hozirgi raqamlarning timsollari (nol bilan birgalikda) Hindistonda 5-asrga yaqin yuzaga kelgan. Bungacha Hindistonda kharoshti raqamlari va u bilan deyarli bir vaqtda brahmi raqamlari bo‘lgan. Brahmi raqamlaridan hind gvalior raqamlari kelib chiqdi. Gvalior raqamlari esa arab raqamlariga asos solgan.
Arab raqamlari ikki turli sharqiy va g‘arbiy (g‘ubor) raqamlardan iborat. Sharqiy arab raqamlari Misr va undan sharqdagi arab mamlakatlari, Eron hamda Afg‘onistonda qo‘llaniladi. G‘arbiy arab raqamlari (g‘ubor) esa Misrdan g‘arbdagi arab mamlakatlarida qo‘llaniladi. Evropada 9-asrdan boshlab g‘ubor raqamlari tarqaladi va tezda ommalashadi. Sharq mamlakatlarida esa g‘ubor raqamlari 19-asrgacha ham keng tarqalmadi.
Qadimgi raqamlardan faqat Rim raqamlari hozirgacha qo‘llanadi
Hozirgi zamon raqamlarining evolyutsiya jadvali.
Dostları ilə paylaş: |