Termiz davlat universiteti tojik filologiyasi va sharq tillari kafedrasi


Vaqtning soat va minut orqali ifodalanish



Yüklə 1,42 Mb.
səhifə82/201
tarix02.02.2022
ölçüsü1,42 Mb.
#51965
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   201
Termiz davlat universiteti tojik filologiyasi va sharq tillari k (1)

Vaqtning soat va minut orqali ifodalanish

Vaqtning soat va minut orqali ifoda etish uchun avval ساعت soat, so‘ng minut miqdori keladi. Ular و – o‘ bog‘lovchisi orqali bog‘lanadi.

Agar minut miqdori 30 dan kam bo‘lsa, soat miqdoridan so‘ng shu soatning o‘tgan miqdori keladi. ساعت پنج و دو دقیقه so‘ate panjo‘ do‘ daqiqe – soat beshdan ikki daqiqa o‘tdi.

Agar minut miqdori 30 dan ortiq bo‘lsa, oldin minut miqdori, so‘ng به – be predlogi bilan keyingi soat aytiladi: پنج دقیقه به سه panj daqiqe be se – beshta kam uch. Minut miqdori 15 bo‘lsaربع ro‘b – chorak, 30 bo‘lsa نیم nim – yarim so‘zlari ishlatiladi.

Soatni quyidagicha so‘rash mumkin: حالا ساعت چند است؟ holo so‘at chand ast? – hozir soat necha? Holo soat hasht ast – hozir soat sakkiz. ساعت الان چنده؟ So‘at alon chande? – hozir soat necha? چه ساعتی تشریف میارین Che so‘ati tashrif miyorin?– soat nechada kelasiz.

Hafta kunlari

Eronda hafta kunlari شنبه shanbadan boshlanadi. Chunki شنبه shanba, dam olish kuni جمعه jum’e – jumadan keyingi birinchi ish kunidir. Shanbadan keyingi kunlar, shu so‘zning oldiga birdan beshgacha bo‘lgan sonlarni qo‘shish bilan yasaladi. شنبه shanbe – shanba, یکشنبه  yekshanbe – yakshanba, دوشنبه dushanbe – dushanba, سه شنبه seshanbe – seshaba, چهار شنبه chaharshanbe – chorshanba, پنجشنبه panjshanbe – payshanba, جمعه jo’me – juma.

Bulardan یک yek vaپنج panj qo‘shib yoziladi.

Hafta kunlarini quyidagicha so‘rash mumkin: امروز چه روزی است؟ emruz che ruzi ast? – yoki امروز چند شنبه است؟ emruz chand shanbe ast? – bugun haftaning qaysi kuni?



1-topshiriq. Quyidagi vaqtni ifodalagan so‘zlarni yozing va oqing.

19.02; 17.55; 12.00; 9.15; 13.45; 21.13;19.43; 12.30; 24.00; 10.50; 14.10; 12.20.



2-topshiriq.Quyidagi gaplarni o‘qing va tarjima qiling.

درسمان ساعت ۳۰/۹ شُروع میشود. امروز ۴ ساعت درس داریم. فردا ۶ ساعت کار میکنم. کی تشریف میبردند؟ چه ساعتی تشریف میارند؟ ساعت ۱۵/۱۴نهار میخورم. حالا ساعت چند است ؟ چه ساعتی خریدید؟ من درست ساعت ۹ به شما تلفن میکنم. امروز پس از نصف شب می خوابم. این نامه را بعد از ظهر میارند. یک ساعت دیگر ۱۰۰ دلار به شما پس میدهم. قطار ساعت ۵۵/۱۸ دقیقه میرسد. در شهر ما نماز ظهر ۳۰/۱۲ شُروع میشود.




Yüklə 1,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   201




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin