JALB ETISHNI RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI……..60 3.1. Toʻg‘ridan-toʻg‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish bilan bog‘liq muammolar va ularni bartaraf etish yoʻllari……………................ 60 3.2. Toʻg‘ridan-toʻg‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb etishni rivojlantirish istiqbollari .........…………………………..………… 65
III bob boʻyicha xulosa .............................……………………… 72
XULOSA VA TAKLIFLAR........................................................... 74 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI................... 77 KIRISH Mavzuning asoslanishi va uning dolzarbligi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida xalqaro iqtisodiy munosabatlarda davlatlar oʻrtasida investitsiyaviy hamkorlik qilishning roli ortib bormoqda. Jahon mamlakatlarida barqaror iqtisodiy oʻsishni ta‘minlashda xorijiy investitsiyalarni jalb qilish va ulardan samarali foydalanish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ayniqsa, iqtisodiy oʻsish sur‘atlari yuqori boʻlgan rivojlanayotgan davlatlarda toʻg‘ridan-toʻg‘ri xorijiy investitsiyalar jalb qilishga alohida e‘tibor qaratilmoqda. 2000-2016 yillarda jalb qilingan toʻg‘ridan-toʻg‘ri xorijiy investitsiyalar hajmi Hindistonda 20 martagacha, Turkiyada 15 marta, Vetnamda 8,9 marta, Kambodjada 8,2 marta, Myanmada 7,2 marta, Panamada 6 marta oshdi. O‘z navbatida xorijiy investitsiyalarning yuqori iqtisodiy samarasi natijasida aytilgan davrda ushbu mamlakatlarda oʻrtacha iqtisodiy oʻsish sur‘ati ham baland boʻlib, 6,5-10,5 foizgacha etgan1.
Jahonda toʻg‘ridan-toʻg‘ri xorijiy investitsiyalar jalb qilish mexanizmini takomillashtirish, ularning istiqbolli tarmoqlarga kirishini rag‘batlantirish va ulardan samarali foydalanish muammolari boʻyicha ilmiy izlanishlar olib borish kengaymoqda. Chunki oxirgi oʻn yilda jahon iqtisodiyotidagi nobarqarorlik, turli tahdidlarning saqlanib qolayotganligi, rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarda oʻsish sura‘tlarining pasayishi dunyoda xorijiy investitsiyalar oqimi hajmini tushib ketishiga sabab boʻldi. Mazkur holatlar tanlangan tadqiqot mavzusining dolzarbligini belgilab beradi.
O‘zbekistonda iqtisodiyotni modernizatsiyalash va diversifikatsiyalash asosida uning raqobatdoshligini oshirish maqsadida xorijiy investitsiyalar, avvalo toʻg‘ridan-toʻg‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish ustuvor yoʻnalish sifatida tanlangan. Ammo mamlakatimizda aholi jon boshiga toʻg‘ridan-toʻg‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish 2016 yilda yuqori iqtisodiy oʻsish sur‘atiga ega boʻlgan rivojlanayotgan mamlakatlarga nisbatan 4,5 marta, MDH mamlakatlari oʻrtacha koʻrsatkichidan 3 marta kam boʻlgan. Shuning uchun ham 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasida2 «...etakchi xalqaro va xorijiy moliyaviy institutlar bilan aloqalarni kengaytirish, puxta oʻylangan tashqi qarzlar siyosatini amalga oshirishni davom ettirish, jalb qilingan xorijiy investitsiya va kreditlardan samarali foydalanish» ustuvor vazifa sifatida belgilab qoʻyilgan edi.
Mazkur magistrlik dissertatsiyasi muayyan darajada O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi «O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish boʻyicha Harakatlar strategiyasi toʻg‘risida»gi PF-4947- sonli, 2016 yil 26 oktyabrdagi «Erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini faollashtirish va kengaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻg‘risida»gi PF-4853-sonli, 2016 yil 5 oktyabrdagi «Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta‘minlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻg‘risida»gi PF-4848sonli, 2012 yil 10 apreldagi «Toʻg‘ridan-toʻg‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb etishni rag‘batlantirish borasidagi qoʻshimcha chora tadbirlar toʻg‘risida»gi PF-4434-sonli Farmonlari va boshqa ushbu sohadagi normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishga xizmat qiladi.
Hozirda jahonda jadal sur‘atlarda kengayib borayotgan investitsiya jarayonlariga muvofiq investitsion muhit jozibadorligi va salohiyatini baholash, ularga ishlab chiqaruvchi kuchlarning oqilona joylashuvi ta‘siri, hududlar oʻrtasida vujudga kelayotgan tabiiy-demografik, ma‘muriy-iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy tafovutlarni keltirib chiqaruvchi omillarni aniqlash, balanslashgan hududiy investitsion siyosatni shakllantirish, investitsion faollikni ta‘minlash orqali milliy iqtisodiyot raqobatbardoshligini oshirishning ilmiy asoslarini takomillashtirish muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Mamlakatimizda investitsiya muhitini yanada yaxshilash, xususiylashtirish, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik jihatdan qayta jihozlash va rekonstruktsiya qilish, respublikaning ortiqcha ishchi kuchi mavjud boʻlgan mintaqalarida yangi ish joylarini yaratish dasturlarini amalga oshirishga toʻg‘ridantoʻg‘ri xususiy xorijiy investitsiyalarni keng jalb etish, shuningdek xorijiy investorlar uchun ishonchli huquqiy himoya va kafolatlarni ta‘minlashga qaratilgan islohotlar amalga oshirilmoqda.
Qayd etish joizki, mustaqillik yillarida O‘zbekistonda qulay investitsiyaviy muhit shakllantirildi, xorijiy investorlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish boʻyicha qonun yoʻli bilan keng koʻlamdagi imtiyozlar, afzalliklar va kafolatlar tizimi belgilandi.
Iqtisodiy barqarorlikka erishishda investitsiyaning ahamiyati katta. Shu bois yurtimizda chet el sarmoyasi ishtirokidagi sanoat korxonalari sonini koʻpaytirish hamda mahalliy xom ashyodan eksportbop mahsulotlar tayyorlashga ustuvor vazifa sifatida qaralmoqda. Bunda xorijiy investorlar uchun yaratilgan qulay investitsiya muhiti muhim omil boʻlmoqda. Bu borada, Prezidentimiz
Sh.M.Mirziyoyev quyidagicha ta‘kidlab oʻtdilar, ―Ma‘lumki, mamlakatimizning chet davlatlar bilan iqtisodiy aloqalarini yanada mustahkamlash va xorijda respublikamizning iqtisodiy imkoniyatlarini keng targ‘ib qilish orqali uning xalqaro nufuzini yanada oshirish, investitsiyalarni jalb qilishni jadallashtirish, turizm sohasini yanada rivojlantirish iqtisodiy sohadagi ustuvor vazifalarimizdan biri hisoblanadi‖.3 O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan investitsiya siyosatining oʻziga xos xususiyati mahalliy xomashyo resurslarini chuqur qayta ishlashni ta‘minlaydigan, yuqori texnologiyalarga asoslangan yangi ishlab chiqarishlarni tashkil etishga qaratilgan investitsiya loyihalariga ustuvor ahamiyat berilayotganida namoyon boʻlmoqda. Xorijiy investitsiyalarni jalb etish va ulardan samarali foydalanilishi natijasida mamlakatimizda yangi sanoat korxonalari vujudga kelmoqda. Bu esa, oʻz navbatida, sifatli va yuqori raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishga, eng muhimi yangi ish oʻrinlarini yaratilishiga, shuningdek, mamlakatimiz eksport salohiyatining yuksalishiga imkon yaratmoqda. Ushbu holat mazkur tadqiqot ishi mavzusining dolzarbligini belgilab beradi.