Termiz davlat universiteti


-jadval O’tish iqtisodiyoti mamlakatlarida toʻg’ridan-toʻg’ri xorijiy investitsiyalar



Yüklə 0,87 Mb.
səhifə14/29
tarix03.06.2022
ölçüsü0,87 Mb.
#60499
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   29
Togridan togri disertatsiyam

1.6-jadval O’tish iqtisodiyoti mamlakatlarida toʻg’ridan-toʻg’ri xorijiy investitsiyalar omillari ikki guruhga boʻlinadi: iqtisodiy va xuquqiy.

Iqtisodiy omillar qabul qiluvchi iqtisodiyotining umumiy holatini aks ettiradi. Ushbu omillarga iqtisodiy rivojlanish sur‘atlari, barkaror valyuta kursi, valyuta zaxiralari darajasi, milliy bank tizimining holati, obligatsiyalar va aktsiyalar bozorining likvidlilik darajasi, foiz stavkalari darajasi kabi omillarni kiritish mumkin. Ba‘zi omillar aktsiyadorlik kapitaliga investitsiya yoʻnaltiradigan kompaniyalar uchun

25 Манба: UNCTAD. Word Investment Report. 2014: Trend and Determinants. Table IV.I. P. 36.
muhim bulsa, boshqalari esa qatiy belgilangan daromad keltiruvchi investitsiyalarni amalga oshiruvchi firmalar uchun ahamiyatlidir. O‘z mablag‘larini aktsiyadorlik kapitaliga kiritayotgan investor uchun kompaniyaning barqaror oʻsish sur‘atlari va aktsiyalar likvidliligi muhim ahamiyatga ega. Obligatsiyalar bozorining likvidlilik darajasi va foiz stavkalari mikdori esa katiy belgilangan daromad keltiruvchi kapitalga mablag‘ sarflaydigan investorlar uchun jozibali xisoblanadi.
O‘tish mamlakatlari iqtisodiyotiga jalb etilayotgan toʻg‘ridan-toʻg‘ri va portfel investitsiyalar oʻrtasidagi nisbatni Rossiya misolida tahlil qilamiz.
1.7-jadval

oshish tendentsiyasiga ega boʻlgan. Bunda toʻg‘ridan-toʻg‘ri xorijiy investitsiyalar hajmi 2017 yilda oxirgi uch yillikda eng yuqori ulushni tashkil qilgan holda jami investitsiyalardagi ulushi 17,2 foizga teng boʻlgan. 2015-2017 yillarda toʻg‘ridantoʻg‘ri xorijiy investitsiyalar hajmining oshishi Rossiyaning etakchi xalqaro tadqiqotlarda toʻg‘ridan-toʻg‘ri xorijiy investitsiyalarga boʻlgan ishonchlilik indeksida Rossiyaning oʻrnini mustahkamlanib borayotganligi qayd etilgan. Agar mazkur koʻrsatkich boʻyicha 2013 yilda Rossiya 18 oʻrinda boʻlgan boʻlsa, 2017 yilga kelib
11 oʻringa chiqdi. Rossiyaning mazkur renkingga chiqishi xalqaro kompaniyalarning

26 www.economy.gov.ru sayti ma‘lumotlari asosida tuzilgan.
toʻg‘ridan-toʻg‘ri xorijiy investitsiyalar boʻyicha Rossiya iqtisodiyotiga boʻlgan qiziqishining oshganligi bilan izohlanadi.
Rossiya iqtisodiyotiga jalb etilgan portfel investitsiyalarning jami xorijiy investitsiyalardagi ulushi 2015-2017 yilar oralig‘ida oʻzgarish tendentsiyasiga ega boʻlgan. Xususan, 2017 yilda mazkur investitsiyalarning jami xorijiy investitsiyalardagi ulushi 0,6 foizni tashkil etgani holda 2015 yilga nisbatan 0,1 foizli punktga oshgan 2016 yilga nisbatan esa 0,6 foizli punktga kamaygan. Mazkur holatga koʻpgina siyosiy-ijtimoiy va makroiqtisodiy omillar ta‘sir koʻrsatgan holda xalqaro investorlar uchun rivojlanayotgan mamlakatlarga boʻlgan qiziqishning pasayishiga sabab boʻlgan.
Agar boshqa investitsiyalarni koʻradigan boʻlsak, ularning jami xorijiy investitsiyalardagi ulushi sezilarli darajada oʻzgargan, jumladan 2015 yilda 87,1 foizga teng boʻlgan boʻlsa 2017 yilda 4,9 foizli punktga kamaygan holda 82,2 foizni tashkil etgan. Lekin oxirgi yillarda boshqa investitsiyalarning jami xorijiy investitsiyalardagi ulushi yuqori salmoqni tashkil etgan. Mohiyatiga koʻra boshqa investitsiyalar Markaziy bankning toʻlov balansi metodologiyasiga muvofiq, tashqi tijorat va bank kreditlari yoki zayyomlar, shuningdek, xorijiy jismoniy va yuridik shaxslarning milliy banklarda milliy valyutada hisobvaraqlar ochishi hamda norezidentlarning milliy valyutani sotib olishi tushuniladi.
Tadqiqot ishining mazkur bobida keltirilgan ma‘lumotlar va koʻrsatkichlar tahliliga tayanib xulosa qiladigan boʻlsak, mamlakatimizda investitsiya munosabatlari ijobiy tarzda rivojlanmoqda. Lekin, mavjud ilmiy salohiyat, tabiiy resurslarga boy mintaqa va arzon ish kuchiga ega boʻlgan davlatda amaldagi holatni yanada jadallashtirish imkoniyatlariga moyil. Buning uchun mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ustuvor yoʻnalishlarni hayotga izchil tatbiq etishimiz va davr talabiga mos ravishda ilmiy taklif va tavsiyalar ishlab chiqmog‘imiz lozim. Bizning fikrimizcha, mavjud ilmiy salohiyatga tayanib va investitsiya imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda, shuningdek, dengiz va okean bandargohlariga toʻg‘ridan-toʻg‘ri chiqish imkoniyati yoʻqligini toʻliq e‘tirof etgan holda quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirmoq maqsadga muvofiq:

  • qishloq hududlari va yoʻl qurilish yoʻnalishlarida xorijlik sheriklar bilan kontsessiya shartnomalari tuzib, ushbu tarmoqdagi muammolar koʻlamini qisqartirishni jadallashtirish;

  • qoʻshni mamlakatlar bilan tutash boʻlgan mintaqalarda dunyoda e‘tirof etilgan investitsiyalar manbai hisoblangan erkin iqtisodiy makonlarni tashkil etish va izchil rivojlantirishni ta‘minlash;

  • xorijiy toʻg‘ridan-toʻg‘ri investitsiyasi mavjud boʻlgan investorlarni keng jalb etishga qaratilgan shart-sharoitlarni yaratish lozim.


Yüklə 0,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin