bozor hajmi va aholi jon boshiga toʻg‘ri keladigan daromad;
bozorning oʻsish sur‘atlari;
mintaqaviy va global bozorlarga chiqish;
mamlakat iste‘molchilari uchun xos boʻlgan afzalliklar;
bozorlar tarkibi;
xom-ashyo;
malakasiz kam ish haqi toʻlanadigan ishchi kuchi;
malakali kadrlar;
texnologik, innovatsion va boshqa yaratilgan aktivlar (masalan, savdo markalari), shu jumladan, insonlarda, firmalar va ularning guruhlgarida mujassamlashgan;
moddiy infratuzilma (portlar, yoʻllar, energiya ta‘minoti, aloqa);
resurslar va aktiv qiymatining mehnat unumdorligi bilan birgalikdagi omili;
transport va aloqa xarajatlari, oraliq mahsulotlarni sotib olishga sarflangan xarajatlar;
investitsiyalarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha chora-tadbirlar;
investitsiyalarni rag‘batlantirish;
korruptsiyaga qarshi kurash va boshqaruv samaradorligi bilan bog‘liq «qoʻshimcha chiqimlar» va h.k.
S.investitsiyalar, savdo vasoliq siyosati
oʻrtasidagi oʻzaro bog‘liqlik
3. Ijtimoiy soha (ikki tilli maktablar, turmush sifati va h.k.);
4. Investitsiyalarga xizmat koʻrsatish
D. Ishlab chiqarish samaradorligini oshirish
Ushbu koʻrsatkich yalpi ichki mahsulot hajmi va aholi jon boshiga toʻg‘ri keluvchi daromadlar bilan oʻlchanadi. Katta sig‘imga ega bulgan bozor firmaga iqtisodiyot koʻlami, sig‘imi afzalliklarini amalga oshirish imkonini beradi.20 Makroiqtisodiy omillar tarkibiga retsipient-mamlakatdagi siyosiy barkarorlik va milliy valyuta almashuv kursining oʻzgarishi ham kiradi.
Mamlakatning toʻg‘ridan-toʻg‘ri xorijiy investitsiyalar uchun jozibadorligi qulay va barkaror xuquqiy rejim, xorijiy investorlarga mulkini milliylashtirish xavfidan kafolatlar berilishi va uning xuquqlarini kamsitmaydigan rejim yaratilishi bilan belgilanadi.
Investitsiya muhitiga ta‘sir kiladigan uchinchi guruh omillarni mamlakatda shakllangan umumiy tadbirkorlik muhiti omillari (solik, tizimi, ishlab chiqarish xarajatlari darajasi, ishchi kuchi malakasi darajasi, munosib infratuzilmaning mavjudligi, ilg‘or texnologiyalar va innovatsiyalardan foydalanish imkoniyatlari) tashkil qiladi.
O‘tish iqtisodiyoti mamlakatlarida jalb qilinayotgan toʻg‘ridan-toʻg‘ri xorijiy investitsiyalarga ta‘sir qiluvchi omillarni quyidagicha guruhlash mumkin:
siyosiy vaziyat;
tadbirkorlikka koʻmaklashuvchi chora-tadbirlar;
iqtisodiy oʻsish sur‘atlari; – iqtisodiy siyosat.
Ushbu omillar toʻg‘ridan-toʻg‘ri xorijiy investitsiyalarning iqtisodiyotga jalb etilishi yoki chetga chiqib ketishiga sabab boʻladi va uning hajmiga ta‘sir koʻrsatadi.
YuNKTAD (Birlashgan millatlarning Savdo va rivojlanish konferentsiyasi) mutaxassislari tomonidan tayyorlangan jadvalda oʻtish iqtisodiyoti mamlakatlarida toʻg‘ridan-toʻg‘ri xorijiy investitsiyalar oqimlarini tartibga solib turuvchi yoki rag‘batlantiruvchi iqtisodiy omillar umumlashtirilgan shaklda berilgan.
Koʻrsatkichlarning uch guruhga boʻlinishi nisbiydir.
Quyidagi jadval ma‘lumotlaridan koʻrishimiz mumkinki, 2015-2017 yillardan rivojlanayotgan mamlakatlarga jami kapital oqimi hajmi 1 trln. AQSh dollariga teng boʻlgan, bunda, toʻg‘ridan toʻg‘ri xorijiy investitsiyalar 612 mlrd. AQSh dollariga, portfel investitsiyalar xajmi 224 mlrd. AQSh dollariga, boshqa investitsiyalar esa 214 mlrd. AQSh dollariga teng boʻlgan. Jami investitsiyalar hajmida toʻg‘ridan-toʻg‘ri xorijiy investitsiyalarning salmog‘i 58 foizni tashkil etgani holda 2013 yilga nisbatan 6,6 foizga oshgan.