Termiz davlat universiteti


Toʻg’ridan-toʻg’ri xorijiy investitsiyalarni jalb etishning milliy iqtisodiyot uchun ahamiyati



Yüklə 0,87 Mb.
səhifə9/29
tarix03.06.2022
ölçüsü0,87 Mb.
#60499
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   29
Togridan togri disertatsiyam

1.2. Toʻg’ridan-toʻg’ri xorijiy investitsiyalarni jalb etishning milliy iqtisodiyot uchun ahamiyati
Xalqaro kompaniyalarning paydo boʻlishiga qadar barcha xorijiy investitsiyalar portfel investitsiyalar shaklida boʻlgan. Toʻg‘ridan-toʻg‘ri xorijiy investitsiyalar XX asrning 20-yillaridan boshlab rivojlana boshladi, ammo bu yillarda portfel investitsiyalar hajmi toʻg‘ridan-toʻg‘ri investitsiyalar hajmiga nisbatan ikki barobar koʻp edi.
Toʻg‘ridan-toʻg‘ri xorijiy investitsiyalarning aniq moliya-sanoat guruhlari, xalqaro firmalar, transmilliy korporatsiyalar faoliyati orqali amalga oshirilishi ularga muayyan ustunlik beradi. Toʻg‘ridan-toʻg‘ri xorijiy investitsiyalarni boshqarish portfel investitsiyalarga qaraganda oson boʻlib, ularning «oʻyin qoidalari» aniqroqdir. Ushbu holat bozor iqtisodiyotini tartibga solishda muhim ahamiyatga ega .
Tahliliy ma‘lumotlarga qaraganda toʻg‘ridan-toʻg‘ri xorijiy investitsiyalar oqimi bir necha oʻn yilliklar mobaynida jadal sur‘atlar bilan oʻsib bormoqda. 1914 yildan ikkinchi jahon urushi oxirigacha boʻlgan muddatda xorijiy investitsiyalar hajmi 30% ga koʻpaygan holda, keyingi 10 yil mobaynida ikki barobar oʻsgan. XX asrning 60-yillarining oʻrtalaridan boshlab keyingi 25 yil mobaynida esa ushbu koʻrsatkich 4 marotabaga oshgan.

  1. asrning 1990 yillarida jahonda toʻg‘ridan-toʻg‘ri xorijiy investitsiyalar oqimining hajmi 449 mlrd. dollarni tashkil etgani holda, ushbu koʻrsatkich 2017 yilga kelib 1,4 trln. dollarga etdi. Mazkur holat mamlakatlar iqtisodiyotiga, shuningdek, xalqaro kapital oqimiga boʻlgan ehtiyojning tobora ortib borayotganligi bilan izohlanadi.

  2. asr boshlarida toʻg‘ridan-toʻg‘ri xorijiy investitsiyalar jahonda rivojlanib borayotgan globallashuv jarayonining harakatlantiruvchi kuchiga aylanib bormokda. Jumladan, jalb etilgan, chetga chiqarilgan va toʻg‘ridan-toʻg‘ri xorijiy investitsiyalarning umumiy hajmi 2017 yilga kelib 1990 yilga nisbatan mos ravishda 3 martaga ortgan. 2009 yilda toʻg‘ridan-toʻg‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb etish hajmi jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining ta‘siri ostida 2008 yildagi 1 trln. 979 mlrd. dollarga nisbatan 39% ga pasayib, 1 trln. 197 mlrd. dollarni tashkil etdi. Tahlillar koʻrsatishicha, 2009 yilning birinchi choragida oʻtgan yilning shu davriga nisbatan toʻg‘ridan-toʻg‘ri xorijiy investitsiyalar oqimi 44% ga qisqargan.

2017 yilda dunyo miqyosida toʻg‘ridan-toʻg‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb etish hajmi 2016 yilga nisbatan 23 foizga yoki 438 mlrd. dollarga kamaygan, toʻg‘ridan-toʻg‘ri xorijiy investitsiyalarni chetga chiqarish hajmi esa 43 mlrd. dollarga kamaygan, shuningdek, dunyo boʻyicha toʻg‘ridan-toʻg‘ri xorijiy investitsiyalar hajmi 481 mlrd. dollarga kamaygan.

Yüklə 0,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin