Termiz davlat universiteti


-rasm. Jahonda toʻg’ridan-toʻg’ri xorijiy investitsiyalar rivojlanishi dinamikasi (mlrd. AQSh.doll)



Yüklə 0,87 Mb.
səhifə17/29
tarix03.06.2022
ölçüsü0,87 Mb.
#60499
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   29
Togridan togri disertatsiyam

2.1-rasm. Jahonda toʻg’ridan-toʻg’ri xorijiy investitsiyalar rivojlanishi dinamikasi (mlrd. AQSh.doll)28
AQSh, Buyuk Britaniya, Yaponiya, Germaniya, Frantsiya kabi mamlakatlar xalqaro bozordagi asosiy investorlar boʻlib, toʻg‘ridan-toʻg‘ri xorijiy investitsiyalar taklifini shakllantiradigan mamlakatlar hisoblanadilar. Jumladan, 2017 yilda xorijga chiqarilgan jami toʻg‘ridan-toʻg‘ri xorijiy investitsiyalarning 24% i AQSh, 5,4% i Kanada, 5,7% i Germaniya, 11,2% i Yaponiya, 6,9% i Buyuk Britaniya hissasiga toʻg‘ri kelgan.
28
Agar toʻg‘ridan-toʻg‘ri xorijiy investitsiyalarning geografik tarkibini qitalar boʻyicha tahlil etadigan boʻlsak, eng yuqori oʻsish Afrika qitasida yuz bergan (27%), keyingi oʻrinda Lotin Amerikasi va Karib havzasi hududlari turadi (13%).
2.2-jadval
Jahonda toʻg’ridan-toʻg’ri xorijiy investitsiyalar oqimining geografik tarkibi
(jamiga nisbatan foiz hisobida)29


Toʻg’ridan-toʻg’ri xorijiy investitsiyalarni jalb etish

T oʻg’ridan-toʻg’ri xorijiy investitsiyalarni chetga
chiqarish

2015 y.

2016 y.

2017 y.

2015 y.

2016 y.

2017 y.

Dunyo boʻyicha

100

100

100

100

100

100

Rivojlangan mamlakatlar

59,4

60,7

49,8

73,0

70,7

70,6

Rivojlanayotgan mamlakatlar

38,7

35,9

46,9

25,0

27,6

26,6

O‘tish iqtisodiyoti mamlakatlari

1,9

3,4

3,3

2,0

1,7

2,8

Yuqoridagi jadval ma‘lumotlaridan koʻrishimiz mumkinki, jahonda
toʻg‘ridan-toʻg‘ri xorijiy investitsiyalar oqimining geografik tarkibida toʻg‘ridantoʻg‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb etishda 2017 yilda yuqori ulushni rivojlangan mamlakatlar egallagan. Bu holat rivojlangan mamlakatlarning jahon investitsion muhitidagi ishtirokining faollashayotganligi bilan izohlanadi.
Tahlillar koʻrsatishicha, rivojlanayotgan mamlakatlar toʻg‘ridan-toʻg‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb etuvchilar hisoblanishadi. XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab rivojlangan mamlakatlar toʻg‘ridan-toʻg‘ri xorijiy investitsiyalarning katta qismini oʻz iqtisodiyotlariga jalb etishgan.
Toʻg‘ridan-toʻg‘ri xorijiy investitsiyalarni chetga chiqarishda rivojlangan mamlakatlarning ulushi yuqori boʻlib 2017 yil holatiga koʻra 70,6 foizni tashkil etgan.
Rivojlanayotgan mamlakatlar ichida Xitoy, oʻtish iqtisodiyoti mamlakatlari ichida esa Rossiya xorijiy investorlar eng jozibali hisoblanadi. Jumladan, BRICS
29
(Braziliya, Rossiya, Hindiston, Xitoy va Janubiy Afrika) mamlakatlari hissasiga toʻg‘ridan-toʻg‘ri xorijiy investitsiyalar oqimining yuqori ulushi toʻg‘ri kelgan.
Rivojlanayotgan mamlakatlar ichida toʻg‘ridan-toʻg‘ri xorijiy investitsiyalar uchun qulay investitsiya muhitini yaratgan mamlakat Xitoy hisoblanadi.
2017 yilda Xitoy iqtisodiyotiga jalb etilgan toʻg‘ridan-toʻg‘ri xorijiy investitsiyalar hajmi 136 mlrd. AQSh dollarini tashkil etgani holda 2016 yilga nisbatan 3 mlrd. AQSh dollariga oshgan.
Xitoy va Hindiston mamlakatlari iqtisodiyotining oʻsish sur‘atlari koʻproq ichki omillarga tayanadi. Tahlillar koʻrsatishicha, yalpi ichki mahsulotda toʻg‘ridan-toʻg‘ri xorijiy investitsiyalarning ulushi (valyutaning xarid qobiliyati puyicha) Hindistonda 0,3% dan, Xitoyda esa 1% dan oshmaydi. Ikkala mamlakatda ham ichki talabning yalpi ichki mahsulotning qoʻshimcha oʻsish sur‘atlaridagi hissasi 90% dan kam emas. Hindiston iqtisodiyotining jadal sur‘atlarda oʻsishi chorijiy investorlar ishonchining ortishi va kirib kelayotgan toʻg‘ridan-toʻg‘ri xorijiy investitsiyalar mikdorining koʻpayishiga olib keldi. eksportining rivojlanishiga salbiy ta‘sir koʻrsatmoqda. Aholi daromadlarining muntazam oʻsib borishi mahsulotlarni sotish bozorlarini izlayotgan investorlar uchun mamlakatning investitsion imkoniyatlarini oshirdi. Jumladan, mamlakatga Walt-Mart, Genera1 Motors, IVM, Touota, Nissan kabi yirik investorlar kirib keldi.22
Braziliya Lotin Amerikasidagi eng yirik toʻg‘ridan-toʻg‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb etuvchi mamlakat hisoblanadi va 2017 yilda 62,7 mlrd. dollar miqdorida toʻg‘ridan-toʻg‘ri xorijiy investitsiyalar kiritilgan. Rossiya oʻtish iqtisodiyoti mamlakatlari ichida eng yirik toʻg‘ridan-toʻg‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb etuvchi mamlakat sanaladi. Jumladan, mamlakatga 1992 yildan 2002 yilga qadar har yili oʻrtacha 2,4 mlrd. dollar investitsiya kirib kelgan boʻlsa, ushbu koʻrsatkich 2015 yilda — 11,8 mlrd. dollar, 2016 yilda 37 mlrd. dollar, 2017 yilda esa 25,3 mlrd. dollarga teng boʻlgan.
Retsipient-mamlakatlarning umumiy soni muttasil oshib bormoqda. toʻg‘ridan-toʻg‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qiluvchi mamlakatlar qatoriga Argentina, Chexiya, Vengriya, Malayziya, Meksika, Polsha, Tailand qoʻshildi. Mazkur mamlakatlarda iqtisodiy oʻsish, sanoat ishlab chiqarish va texnologik taraqqiyot xorijiy kapitaldan unumli foydalanish bilan uzviy bog‘liqdir.

Yüklə 0,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin