1.5-jadval 2015-2017 yillarda rivojlanayotgan mamlakatlarga kapital oqimi dinamikasi (mlrd. AQSh doll.hisobida)21
Kapital oqimining turi
2015 y.
2016 y.
2017 y.
Jami
1150
1077
1050
Toʻg’ridan-toʻg’ri xorijiy investitsiyalar
574
592
612
Portfel investitsiyalar
372
301
224
Boshqa investitsiyalar
204
184
214
Portfel investitsiyalarni jalb etishda investitsiya muxitini shakllantiruvchi omillar kompleks xarakterda bulib, tadbirkorlik muhiti investorning strategiyasi va qabul qiluvchi mamlakat iqtisodiyotiga xos xususiyatlarni kamrab oladi. Jaxon iktisodiyotida XX asrning 90-yillaridan boshlab portfel investitsiyalar hajmining nisbatan barkaror sur‘atlarda usishi kuzatila boshlandi. Bu holatni quyidagi omillar ta‘siri bilan izohlash mumkin:
moliya bozorlarining globallashuvi jarayonida moliyaviy kapitalni nisbatan kam xarajatlar bilan koʻchirish imkoniyatining yaratilishi;
rivojlanayotgan bozorlarda makroiqtisodiy holatning barqarorlashuvi tufayli portfel investitsiyalarning ushbu mamlakatlar iqtisodiyotiga kiritilishi;
xalkaro moliya bozorlarida foiz stavkalarining pasayishi va likvidlilikni ta‘minlashning oshishi;
jamg‘armalarning institutsionallashuvi va moliyaviy aktivlarni professional darajada boshqarishning oʻsishi.
Rivojlanayotgan va oʻtish iqtisodiyoti mamlakatlarida iqtisodiyotning erkinlashuvi xamda tarkibiy islohotlarning amalga oshirilishi xorijiy investorlar uchun moliyaviy mablag‘larni joylashtirishda ularning jozibadorligini oshirdi.