2.3-jadval. Markaziy Osiyo mamlakatlariga 2012-2017 yillarda toʻg’ridan-toʻg’ri konferentsiyasi (YuNKTAD) ma‘lumotlariga koʻra, Osiyoning 5 ta mamlakati
(O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmaniston) boʻyicha toʻg‘ridan-toʻg‘ri xorijiy investitsiyalar oqimi 2012-2017 yillarda 2000-2005 yillarga nisbatan qariyb 6 barobarga oshgan.
Birlashgan millatlar tashkilotining savdo va rivojlanish boʻyicha konferentsiyasi ma‘lumotlarida ta‘kidlanishicha, ushbu mintaqa juda koʻplab xom ashyo va tabiiy resurslarga ega boʻlib, bu holat xorijiy investorlar e‘tiborini tortmoqda. Ekspertlar fikriga koʻra, Markaziy Osiyo mamlakatlari istiqbolda xorijiy investitsiyalarni qayta ishlovchi sanoat tarmoqlariga jalb etishga alohida ahamiyat berishadi. Chunki, xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi sanoat tarmoqlarining rivojlanishi mamlakatlar sanoat salohiyatining oshishiga, ularning jahon bozorlariga yuqori sifatli va raqobatbardosh tayyor mahsulotlar bilan
31 UNCTAD, World Investment Report 2018. Investment and new industrial policies. New York and Geneva, 2018.
chiqishiga qulay zamin yaratadi. Shuningdek, Birlashgan millatlar tashkiloti ekspertlari ta‘kidlashicha, Markaziy Osiyoning yuqori salohiyatga ega iqtisodiyoti yangi avtomobil va temir yoʻllari loyihalarida faol xorijiy investitsiya oqimlariga alohida urg‘u bermoqda.
Toʻg‘ridan-toʻg‘ri xorijiy investitsiyalarning tarmoq tarkibini oʻrganish shuni koʻrsatadiki, XX asrdan boshlab uning tarmoq tarkibi quyidagicha bosqichma bosqich oʻzgarib bordi:
Tarkibiy oʻzgarishlarning dastlabki bosqichi XX asrning birinchi yarmini oʻz ichiga oladi va toʻg‘ridan-toʻg‘ri xorijiy investitsiyalar asosan tabiiy resurslarni oʻzlashtirishga qaratilgan.
Ikkinchi bosqich XX asrning 50 — 80-yillarini qamrab olaib ushbu davrda korporatsiyalar oʻz strategiyalarini xom ashyoni oddiy qayta ishlashdan, tayyor mahsulotni ishlab chiqarishga yoʻnaltira boshladilar. Xitoy toʻg‘ridan-toʻg‘ri xorijiy investitsiyalar ushbu yoʻnalishda joylashtirishning namunasi boʻlib xizmat qiladi. Bugungi kunda Xitoy jahon tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishning muhim markaziga aylanib bormokda.
Uchinchi bosqich XX asrning 90-yillaridan hozirga qadar davom etmoqda. Bu davrda yirik xorijiy kapital retsipient-mamlakatlar bozorlarida banklar, sug‘urta kompaniyalari, transport firmalari va boshqa kompaniyalarning servis xizmatlari sifatida joylashtirila boshlandi. Prognozlarga qaganda yaqin kelajakda servis xizmatlarini koʻrsatish hajmiga qaraganda va birlamchi sektorning ishlab chiqarish hajmiga qaraganda jadal sur‘atlarda rivojlanishi kutilmoqtsa.
Toʻg‘ridan-toʻg‘ri xorijiy investitsiyalarni jadal sur‘atlarda jalb qilish yoʻliga oʻtgan Xindiston ham xizmatlari bozorini barqaror sur‘atlarda oʻzlashtirib bormoqda.