Termiz davlat universiteti



Yüklə 0,87 Mb.
səhifə26/29
tarix03.06.2022
ölçüsü0,87 Mb.
#60499
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29
Togridan togri disertatsiyam

III bob boʻyicha xulosa

  1. O‘zbekiston Respublikasining xududlari iqtisodiyotiga investitsiyalar kiritilishini jadallashtirishda, xorij tajribasida qoʻllangan dastak va vositalardan hududga xos xususiyatlarni hisobga olgan holda oqilona foydalanish hudud ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida ijobiy natijalarga erishish imkoniyatini beradi.

  2. Investitsiyalar samaradorligini oshirishda investitsion muhit bilan bog‘liq moliyaviy muammmolarni doimiy tadqiq etish tizimini yaratish va mazkur sohaga aloqador tegishli muassasalar va ilmiy-tadqiqot institutlarining faol hamkorligini yoʻlga qoʻyish maqsadga muvofiqdir.

  3. Amaliyot koʻrsatishicha, noqulay investitsion muhitning yuzaga kelishi koʻpincha soliq yukining haddan tashqari yuqoriligi va byudjet taqchilligi bilan ham ifodalanadi. Umuman olganda, soliq yuki – soliq toʻlovchining muayyan davrda byudjetga toʻlangan soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarning yig‘indisini ifodalaydi.

XULOSA VA TAKLIFLAR
Milliy iqtisodiyotda tarkibiy oʻzgarishlarni yanada chuqurlashtirish, korxonalarning investitsiya faoliyatini jadallashtirish, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan qayta qurollantirish dasturlarini amalga oshirishda xorijiy investitsiyalar, avvalo, toʻg‘ridan- toʻg‘ri investitsiyalarning oʻrni beqiyosdir.
Investitsiyalar ishlab chiqarishning tarkibiy tuzilishini takomillashtirishga xizmat qiluvchi va milliy xoʻjalikdagi takror ishlab chiqarish jarayonlarini ta‘minlovchi rolni bajaradi. Davlatning investitsiya siyosati esa maqsadli ravishda iqtisodiy rivojlanishning ustuvor yoʻnalishlarini jadallashtirishga qaratilgandir. Milliy iqtisodiyotning jahon xoʻjaligidagi mavqeini mustahkamlash, milliy ishlab chiqaruvchilarning jahon bozoridagi raqobatbardoshlik darajasini yanada koʻtarish, sanoatning texnik tarkibini zamonaviylashtirish muammolari ham davlat siyosatining boshqa omillari qatorida investitsion siyosat orqali amalga oshiriladi.
O‘zbekistonda milliy iqtisodiyot barqarorligini oshirishda toʻg‘ridan-toʻg‘ri investitsiyalardan samarali foydalanishga erishish uchun quyidagi ilmiy takliflarni keltirish mumkin:

  • investitsiya faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy baza va qonunchilikni takomillashtirish;

  • mamlakatimizda chuqur institutsional oʻzgarishlar orqali

investitsiyalarni boshqarishda davlat institutlari sifatini oshirish;

  • erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini kengaytirish va samaradorligini

oshirish;

  • hududlarda ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish jarayonlarini tezlashtirish va kengaytirish;

  • investitsiyalarni faol oʻzlashtirishda kadrlar tayyorlash sifatini oshirish yordamida ishchi kuchidan oqilona foydalanishni tashkil etish va mehnat unumdorligini oshirish;

  • bank infratuzilmasini yanada rivojlantirish va takomillashtirish orqali kapital aylanishi tezlashuvini ta‘minlash;

  • korporativ boshqaruv sohasidagi yondashuvlarni tubdan oʻzgartirish va qimmatli qog‘ozlar bozorini rivojlantirish;

  • tashqi iqtisodiy faoliyatni erkinlashtirish va eksportni rag‘batlantirish;

  • eksportda qayta ishlangan, tayyor mahsulotlar salmog‘ini koʻpaytirish, ayniqsa, paxta va qishloq xoʻjaligi mahsulotlarni qayta ishlashni oshirish va bu sohaga xorijiy investitsiyalarni keng jalb qilish.

Bugungi kunda yurtimizda faoliyat koʻrsatayotgan korxonalarni jadal modernizatsiya qilish va texnik qayta jihozlashni ta‘minlash, yuksak texnologiyalar asosida ishlaydigan avtomobilsozlik va gaz-kimyo, elektr texnikasi va toʻqimachilik, oziq-ovqat va farmatsevtika, axborot va telekommunikatsiyalar tarmog‘i hamda boshqa yoʻnalishlardagi yangi va zamonaviy ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etishga qaratilgan faol investitsiya siyosatini yuritishga ustuvor e‘tibor berilmoqda.
Bu imtiyozlarni berishdan maqsad - horijiy investitsiyalarni koʻproq jalb qilish orqali iqtisodiyotimizning real sektori salohiyatini oshirish, yurtimiz hududlarida yangi, zamonaviy texnologiyalarga asoslangan ishlab chiqarish korxonalarini tashkil etish, yangi ish oʻrinlarini koʻpaytirish, pirovard natijada mamlakatimizni barqaror va mutanosib tarzda iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirishdir.
Istiqbolda mamlakatimiz iqtisodiyotiga investitsiyalarni moliyalashtirish manbalarini quyidagi yoʻnalishlarga jalb qilish maqsadga muvofiqdir:

  • davlat byudjeti mablag‘larini – fan-texnika taraqqiyotiga (yangi navlarni yaratish, yangi texnologiyalarni ishlab chiqish), irrigatsiya va melioratsiya tadbirlariga;

  • korxonalar mablag‘larini – tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash va qayta ishlash korxonalarini tashkil etishga;

  • aholi jamg‘armalarini – bandsizlikga barham berish, qoʻshimcha ishchi oʻrinlarini yaratish va umuman ijtimoiy rivojlantirish tadbirlariga;

  • xorij investitsiyalarini – ekologik toza, raqobatbardosh tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni rag‘batlantirish, agroresurslardan samarali foydalanish, eksportni qoʻllab-quvvatlashga;

  • xalqaro maydonda mamlakatimizdagi investitsiya muhiti, milliy iqtisodiyotning etakchi tarmoq, kompaniya va tashkilotlarining investitsion imkoniyatlari toʻg‘risidagi ma‘lumotlarni keng targ‘ib etish, tahlil qilish, baholash va tasdiqlash kabi tadbirlarni kuchaytirish;

  • raqobatbardosh mahsulotni ta‘minlovchi yangi ishlab chiqarish va tarmoqlarni yaratishga, diversifikatsiya jarayonlariga erishish uchun ishlab chiqarishga fan va texnikaning zamonaviy yutuqlarini boshqarishning ilg‘or usullarini joriy etgan holda qayta ishlab chiqarish zaxiralarini tejashni tashkil etish;

  • mamlakatimizdagi bozor axborot xizmatini rivojlantirish, marketing xizmati faoliyatini va tashqi iqtisodiy qonunchilikni faollashtirish;

  • kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatiga toʻg‘ridan-toʻg‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish rag‘batlantirishga qaratilgan chora-tadbirlarni faollashtirish.


Yüklə 0,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin