II bob boʻyicha xulosa. Toʻg‘ridan-toʻg‘ri xorijiy investitsiyalar – oʻzga mamlakat rezidentlari tomonidan boshqa mamlakat real aktivlariga mablag‘ kiritish, uni tasarruf etish va ularning ishlatilishi ustidan nazorat oʻrnatish. Iqtisodiy hamkorlik va rivojlantirish tashkiloti tavsifiga koʻra aktsiyalarning kamida 10 foiziga egalik qilish.
Jahon iqtisodiyoti tajribasidan xorij kapitalini, xususan toʻg‘ridantoʻg‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish investitsiyalashda eng samarali vosita ekanligi ma‘lum. Aynan chet el investitsiyalari mamlakatda iqtisodiy va texnologik yangilanish jarayonini harakatlantiruvchi omil boʻlib xizmat qiladi.
Xorijiy investitsiyalar kiritilishidan asosiy maqsad ishlab chiqarilgan tovarlarning eksport salohiyatini oshirish, iste‘molchilarni jahon talablariga mos keladigan tovarlar bilan ta‘minlashdir.
III BOB. TO’G’RIDAN-TO’G’RI XORIJIY INVESTITSIYALARNI JALB ETISHNI RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI 3.1. Toʻg’ridan-toʻg’ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish bilan bog’liq muammolar va ularni bartaraf etish yoʻllari Toʻg‘ridan-toʻg‘ri xorijiy investitsiyalar va iqtisodiy oʻsish oʻrtasidagi bog‘liqlikni tahlil etgan dunyodagi empirik tadqiqotlarni qiyosiy oʻrganish natijalari shuni koʻrsatmoqdaki, har doim ham toʻg‘ridan-toʻg‘ri xorijiy investitsiyalarni mamlakat iqtisodiyotiga keng koʻlamda va yirik hajmda jalb qilish iqtisodiy samaradorlikka olib kelavermaydi. Shuning uchun, chet el kapitalini milliy iqtisodiyotga faol jalb qilish bilan birga, iqtisodiyotning absorbtsion salohiyatini oshirish, ular bilan birga kirib kelayotgan zamonaviy texnika va texnologiyani ishlata oladigan yuqori malakali kadrlarni tayyorlash investitsiyalardan foydalanish samaradorligini kuchaytirishni ta‘minlaydi.
Tahlillar koʻrsatishicha, respublika xududlariga xorijiy investitsiyalarni jalb qilishda qator muammolar mavjud:
– investitsiya infratuzilmasining etarlicha rivojlanmaganligi banklar, investitsiya fondlari va lizing kompaniyalari faoliyatini rag‘batlantirish va investitsiya loyihalarini amalga oshirishda ularning ishtirokini samarali yoʻlga qoʻyish;
tadbirkorlarning biznes-koʻnikmalari, shu jumladan, investitsiya loyihalari bilan ishlash tajribasi va huquqiy bilimlari etarli emasligi - hududlarda konsalting, marketing va yuridik xizmat koʻrsatuvchi markazlar tashkil etish va foliyatini rivojlantirish;
investitsiya takliflari va loyixa texnik-iqtisodiy asoslarining belgilangan talablarga javob bermasligi – tadbirkorlarga investitsiya loyihalarini ishlab chiqishda tijorat banklari, hududlardagi savdo-sanoat palatasi va boshqa mas‘ul idoralar tomonidan amaliy yordam koʻrsatilishini mahalliy hokimliklar tomonidan tashkil etish va doimiy nazoratga olish;
loyiha tashabbuskorlari moliyaviy-iqtisodiy holatining nochorligi – investitsiya dasturlari va hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha dasturlarga kiritish taklif etilayotgan loyihalar tashabbuskorlarining moliyaviy-iqtisodiy holatining mahalliy hokimliklar va tijorat banklari tomonidan chuqur tahlil qilinishi;
mahalliy hokimliklarning xorijiy investorlarni hudud toʻg‘risida toʻliq investitsion muhitga oid ma‘lumotlar bilan ta‘minlashda faol ishtirok etmayotganligi – xorijiy investorlarni toʻlaqonli ravishda axborot (investitsiya loyihalari va biznes takliflar bazasi, hududiy matbuot nashrlari, iqtisodiy tahlil xom-ashyo va mehnat salohiyati toʻg‘risida ma‘lumotlar) bilan ta‘minlash uchun har bir hudud boʻyicha ―Viloyat investitsiya salohiyati‖ veb-portalini tashkil etish, investitsiya faoliyatiga oid konferentsiyalar, seminarlar va taqdimotlar (respublika hududida va xorijiy mamlakatlarda) oʻtkazish.
Xorijiy investitsiyali korxonalar faoliyatini jonlantirish va bevosita xorijiy investitsiyalar oqimini koʻpaytirish maqsadida quyidagi tadbirlar amalga oshirilishi kerak:
investitsiya faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy baza va qonunchilikni takomillashtirish;
mamlakatimizda chuqur institutsional oʻzgarishlar orqali
investitsiyalarni boshqarishda davlat institutlari sifatini oshirish;
erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini kengaytirish va samaradorligini oshirish;
hududlarda ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish
jarayonlarini tezlashtirish va kengaytirish;
investitsiyalarni faol oʻzlashtirishda kadrlar tayyorlash sifatini oshirish yordamida ishchi kuchidan oqilona foydalanishni tashkil etish va mehnat unumdorligini oshirish;
bank infratuzilmasini yanada rivojlantirish va takomillashtirish orqali kapital aylanishi tezlashuvini ta‘minlash;
korporativ boshqaruv sohasidagi yondashuvlarni tubdan oʻzgartirish va qimmatli qog‘ozlar bozorini rivojlantirish;
tashqi iqtisodiy faoliyatni erkinlashtirish va eksportni rag‘batlantirish.
mamlakat investitsiya iqlimini yaxshilash va muammolar echimini topish maqsadida, xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar mutaxassislari, hududiy hokimliklarining mutaxassis vakillari, investitsiya imkoniyatiga ega boʻlgan yirik kompaniya va korxonalar rahbarlari hamda respublikaning investitsiyalar sohasidagi etuk olimlari ishtirokida, keng jamoatchilik oʻrtasida ochiq muloqot tashkil qilinib, mavjud muammolar oshkoralik bilan har tomonlama muhokama etilishi lozim. Shu asosda masalaga keng jamoatchilik fikrini jalb qilgan holda, mutaxassislar, olimlar va amaliyotchilar oʻrtasida ilmiy va iqtisodiy asoslangan yagona investitsiya siyosatini, shuningdek, qabul qilingan qonun va qarorlarni amalda ishlash mexanizmini ishlab chiqish va hayotiyligini ta‘minlash lozim.
xorijiy investitsiyalar oqimiga ta‘sir qiluvchi omillardan biri sifatida marketing tadqiqotini zaif olib borilayotgani, natijada koʻplab ishlab chiqarilgan mahsulotlar omborlarda qoldiq boʻlib qolayotganligi koʻrsatilmoqda. Bu muammoni faqat investitsiyalarning oʻziga bog‘liq, echimini izlamasdan, aholi va korxonalarning iste‘mol qobiliyatini koʻtarish, ishlab chiqarilgan tovarlar va xizmatlarga iisbatan sog‘lom talab darajasini oshirish nuqtai nazaridan qaralishi maqsadga muvofiq boʻladi.
xorijiy investitsiyalarni jalb kilishning hududiy tarkibida notekislik saqlanib qolmoqda. Ayni paytda investitsion muhit borasida hududlardagi asosiy muammolarning mavjudligi investitsiyalash imkoniyatlari cheklanishi, va samaradorligi pasayishiga sabab boʻlmoqda, chunki investitsion muhitdagi moliyaviy muammolarning hal etilmaganligi ayrim hududlarni oqsoq hududlar qatoriga tushishiga sabab boʻladi.
Ayni paytda asosiy kapitalga investitsiyalarning hududlar boʻyicha tarkibini tahlil qilganimizda, ularning oʻsishini kuzatamiz. 3.1-jadvalda keltirilgan tahlillar natijasi shuni koʻrsatadiki, asosiy kapitalga investitsiyalarning hududlar boʻyicha tarkibida 2018 yil yakuniga koʻra, Sirdaryo viloyati 2,0 foiz, Xorazm viloyati 2,8 foiz, Jizzax viloyati 3,0 foiz, Andijon viloyati 3,8 foizni tashkil qilgan holda asosiy kapitalga investitsiyalarning ulushi va investitsion jozibadorlik borasida eng past hududlardan boʻlib qolmoqda.