2.4-rasm. 2018 yilda jami xorijiy investitsiya va kreditlarda tarmoqlarning ulushi (foizda)35 Milliy iqtisodiyotni rivojlantirishda investitsiya loyihalarini amalga oshirishning ahamiyati benihoya katta boʻlib, u quyidagilar bilan izohlanadi: birinchidan, xorijiy investitsiyalar ishlab chiqarishga zamonaviy texnika va texnologiyalarni joriy etib, eksportga moʻljallangan mahsulotlarni ishlab chiqarishni rivojlantiradi; ikkinchidan, oʻrnini bosuvchi tovar ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish va buning uchun xorijiy investitsiyalarni iqtisodiyotning ustuvor sohalariga yoʻnaltirish va pirovardida aholining me‘yordagi turmush darajasini ta‘minlash imkonini yaratadi; uchinchidan, kichik biznesni rivojlantirish va qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishini jadallashtirish orqali oʻsib borayotgan aholini ish joylari bilan
35 ta‘minlaydi; toʻrtinchidan, korxonalarning eskirgan ishlab chiqarish quvvatlarini,
moddiy-texnika bazasini yangilaydi va texnik qayta kurollantiradi; beshinchidan, tabiiy resurslarni qayta ishlovchi korxonalarni barpo
etishga koʻmaklashadi va h. k.
2017 yilda xorijiy investitsiyalar xajmi barqaror boʻlib, rivojlanayotgan mamlakatlardagi ijobiy koʻrsatkichlardan hisoblanadi.
2017 yilga moʻljallangan iqtisodiyotni isloh etish, tarkibiy oʻzgartirish, tarmoqlar va hududlarni modernizatsiya qilish, ularning raqobatbardoshlik darajasini oshirish, eksport salohiyatini rivojlantirish hamda ilg‘or texnologiyalar va axborot-kommunikatsiya tizimlarini barcha sohalarga yanada faol joriy etish va infratuzilmani rivojlantirish boʻyicha faol investitsiya siyosatining amalga oshirilishi 2017 yilda ham iqtisodiyotga yoʻnaltirilgan investitsiyalar hajmining yuqori sur‘atlarda oʻsishini ta‘minladi.
2017 yil yanvar-dekabrida xorijiy investitsiya va kreditlarning oʻsish sur‘ati yuqori boʻlib, shu yil yanvar-sentyabriga nisbatan 18,2 % punktga koʻpaydi, bu albatta, Kandim konlar guruhini ishlab chtiqarishga tayyorlash va gazni qayta ishlash zavodini qurish loyihasining bajarilishi bilan bog‘liq.
Xorijiy investitsiya va kreditlarning jami asosiy kapitalga oʻzlashtirilgan investitsiyalardagi ulushi 22,1 % dan 26,9 % ga koʻpayib, oʻtgan yilgi koʻrsatkichga nisbatan 4,8 % punktga oshdi, mos ravishda: Buxoro viloyatida 75,0 % (20,7 % punkt), Namangan viloyatida 35,7 % (10,7 % punkt), Surxondaryo viloyatida 17,4 % (6,5 % punkt), Xorazm viloyatida 11,8 % (5,2 % punkt) hamda Toshkent shahrida 18,8 % ini (2,4 % punktga) xorijiy investitsiya va kreditlar tashkil etdi.
Shu bilan birga, quyida keltirilgan hududlarda xorijiy investitsiya va kreditlarning kamayishi kuzatildi: Qoraqalpog‘iston Respublikasida 12,0 % (33,7 % punktga kamayish), Qashqadaryo viloyatida 19,2 % (9,5 % punkt),
Sirdaryo viloyatida 5,7 % (2,6 % punkt), Farg‘ona viloyatida 8,1 %ni (2,7 % punkt) tashkil etdi.
Olib borilayotgan investitsion jozibadorlikni oshirishga qaratilgan chora tadbirlar natijasida toʻg‘ridan-toʻg‘ri va boshqa xorijiy investitsiyalarning oʻzlashtirilgan hajmi 2017 yilning yanvar-dekabrida 33,2 % punktiga koʻpayib, 12395,2 mlrd. soʻmni va jami investitsiyalardagi ulushi 20,4 % ni tashkil etdi.
O‘zbekistonda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish va rivojlantirishda tashqi iqtisodiy omillardan samarali foydalanishga erishish uchun quyidagilarni taklif qilamiz:
Xorijiy investitsiyalarni jalb qilishda ichki muhitni yaxshilash, soliq yukini kamaytirish va soliq tizimini soddalashtirish, xorijiy investitsiyalarni roʻyxatga olish tizimini soddalashtirish.
Xorijiy sarmoyadorni qiziqtiruvchi sohalar, obyektlarni aniqlash va ular toʻg‘risidagi ma‘lumotlar majmuini shakllantirish, biznes rejalar va ularni iqtisodiy rivojlantirish loyihalarini ishlab chiqish va iqtisodiy jihatdan manfaatli boʻlgan sohalarga chet el kapitalini jalb qilish.
Eksportda qayta ishlangan, tayyor mahsulotlar salmog‘ini koʻpaytirish, ayniqsa, paxta va qishloq xoʻjaligi mahsulotlarni qayta ishlashni oshirish va bu sohaga xorijiy investitsiyalarni keng jalb qilish.
Import oʻrnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarishni hamda ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni rivojlantirish uchun yirik ishlab chiqaruvchi korxonalar bilan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik korxonalari bilan samarali aloqasini ta‘minlash zarur, ya‘ni yirik korxonalarga yarim tayyor mahsulotlar, butlovchi qismlarni etkazib beruvchilari boʻlishlari zarur.
Chet el investorlari uchun qulay investitsion muhitni yaratib berish va ular uchun kafolatli qonunchilik tizimini takomillashtirish;
Eksportga ishlaydigan kichik va oʻrta korxonalarni koʻpaytirish va ularni samarali faoliyat yuritishlari uchun etarli shart-sharoitlar yaratish va davlat tomonidan imtiyozli kredit liniyalari hajmini oshirish va h.k.
Mamlakatimizda faoliyat koʻrsatayotgan korxonalarni jadal
modernizatsiya qilish va texnik qayta jihozlashni ta‘minlash, yuksak texnologiyalar asosida ishlaydigan avtomobilsozlik va gaz-kimyo, elektr texnikasi va toʻqimachilik, oziq-ovqat va farmatsevtika, axborot va telekommunikatsiyalar tarmog‘i hamda boshqa yoʻnalishlardagi yangi va zamonaviy ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etishga qaratilgan faol investitsiya siyosatini yuritishga ustuvor e‘tibor berilmoqda. Mazkur holat xorijiy investitsiyalarni koʻproq jalb qilish orqali iqtisodiyotimizning real sektori salohiyatini oshirish, yurtimiz hududlarida yangi, zamonaviy texnologiyalarga asoslangan ishlab chiqarish korxonalarini tashkil etish, yangi ish oʻrinlarini koʻpaytirish, pirovard natijada mamlakatimizni barqaror va mutanosib tarzda iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirishdir.