Termiz davlat universiteti


O’zbekistonda toʻg’ridan-toʻg’ri xorijiy investitsiyalarni jalb etishni rag’batlantirishning asosiy omillari



Yüklə 0,87 Mb.
səhifə19/29
tarix03.06.2022
ölçüsü0,87 Mb.
#60499
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   29
Togridan togri disertatsiyam

2.2. O’zbekistonda toʻg’ridan-toʻg’ri xorijiy investitsiyalarni jalb etishni rag’batlantirishning asosiy omillari
Mamlakat iqtisodiyotini, xususan sanoat ishlab chiqarishni rivojlantirish va iqtisodiy oʻsishga erishishda, investitsiya mablag‘laridan oqilona foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi. Bu esa oʻz oʻrinda mamlakat ichki va tashqi investitsiya mablag‘larining iqtisodiyot sektori boʻyicha taqsimotida toʻg‘ri yoʻnalishni belgilab olishni taqazo etadi. Shu nuqtai nazarda, mamlakat iqtisodiyotiga yoʻnaltirilgan investitsiya mablag‘lari samaradorligini aniqlash maqsadga muvofiqdir.
Ta‘kidlash lozimki, mamlakatda toʻg‘ridan-toʻg‘ri investitsiyalarni jalb etish uchun eng qulay investitsiya muhitini shakllantirish maqsadida iqtisodiyotni liberallashtirish, davlat boshqaruvini isloh qilish, tadbirkorlik sub‘ektlari faoliyatiga aralashuvni cheklash, litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini qisqartirish va soddalashtirish, tovarlar (ishlar va xizmatlar)dan erkin foydalanishni ta‘minlash, shuningdek, hududlarda zarur infratuzilmani yaratish borasida keng koʻlamli chora-tadbirlar amalga oshirildi.
Soliq yukini kamaytirish va investorlar uchun soliqqa tortish tizimini soddalashtirish, sog‘lom raqobat muhitini qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan soliq siyosati va bojxona-tarif jihatdan tartibga solish islohotlari jadal sur‘atlar bilan amalga oshirilmoqda.
Shu bilan birga, investorlar bilan ishlashda, ayniqsa joylarda, investorlarning tashabbuslari barcha darajadagi hokimliklar tomonidan lozim darajada qoʻllabquvvatlanmasligi, bu borada vazirlik va idoralar faoliyati aniq muvofiqlashtirilmaganligi bilan bog‘liq byurokratik toʻsiq va g‘ovlar hali ham mavjudligi qulay investitsiya muhitini shakllantirish boʻyicha davlat siyosatining izchilligiga boʻlgan ishonchning mustahkamlanishiga toʻsqinlik qilmoqda.
Mamlakatda investitsiya muhitini yanada yaxshilash, toʻg‘ridan-toʻg‘ri investitsiyalarni jalb etishni rag‘batlantirish, investorlarning bu boradagi davlat siyosatining izchilligiga boʻlgan ishonchini mustahkamlash va investorlar bilan ishlashda davlat tuzilmalarining mas‘uliyatini oshirish maqsadida 2018 yil 1 avgustda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ―O‘zbekiston Respublikasida investitsiya muhitini tubdan yaxshilash chora-tadbirlari toʻg‘risida‖gi Farmoni qabul qilindi.
Mazkur Farmonga muvofiq insofli faoliyat yuritgan investor va tadbirkorlik sub‘ektiga davlat organi (mansabdor shaxs) tomonidan ularga nisbatan qabul qilingan ma‘muriy hujjatning qonuniy kuchiga ishonishi sababli kelib chiqqan mulkiy zararning oʻrni qoplanadi, agarda ushbu hujjatning qonuniy kuchiga ishonib mol-mulkdan foydalangan, bitim tuzgan yoki taqdim etilgan afzallik va ustunliklardan boshqacha tarzda foydalangan hamda mazkur hujjat keyinchalik haqiqiy emas deb topilgan yoki bekor qilingan boʻlsa; davlat organi (mansabdor shaxs)ning ma‘muriy hujjatini bekor qilish yoki oʻzgartirish masalasi, agar u insofli investor va tadbirkorlik sub‘ektining qonuniy manfaatlariga daxldor boʻlsa, sud tartibida koʻrib chiqiladi, uning saqlab qolinishi jamoat manfaatlariga tahdid solayotgan hollar bundan mustasno.
Shuningdek, davlat va jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarini olib qoʻyish toʻg‘risida qaror qabul qilishga faqat yer uchastkasi olib qoʻyilishi rejalashtirilayotgan manfaatdor shaxslar bilan ochiq muhokama oʻtkazilganidan, shuningdek, foyda va xarajatlar baholanganidan keyin yoʻl qoʻyiladi; yer uchastkalarini olib qoʻyishda jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli boʻlgan turar joy va ishlab chiqarish binolari, boshqa imoratlar va inshootlarning buzilishiga koʻchmas mulkning bozor qiymati va olib qoʻyish sababli mulkdorga etkazilgan zararning oʻrni toʻliq qoplanganidan keyin ruxsat beriladi; jismoniy va yuridik shaxslarga davlat organi (mansabdor shaxs)ning noqonuniy ma‘muriy hujjati qabul qilinishi oqibatida etkazilgan zarar davlat tomonidan, birinchi navbatda, tegishli organlarning byudjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan qoplanadi, keyinchalik aybdor shaxsdan regress tartibida undirib olinadi.
2018 yil 1 oktyabrdan investitsiya faoliyatini amalga oshirish uchun yer uchastkalarini berishning quyidagi yangi mexanizmlari joriy etildi:
qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkasini 50 yilgacha muddatga, lekin arizada koʻrsatilganidan kam boʻlmagan muddatga investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun uzoq muddatli ijaraga berish;
koʻchmas mulk obyektlarini (mehmonxonalar, savdo obyektlari, madaniykoʻngilochar majmualar, maishiy xizmat koʻrsatish obyektlari, ta‘lim va tibbiyot tashkilotlari, yoʻl infratuzilmasi va boshqalar) qurish uchun yer uchastkalariga doimiy egalik qilish huquqini auktsion orqali sotish.
Quyidagilarga:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda tuman (shahar) hokimlariga chet el investitsiyasi ishtirokidagi korxonalarga qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan er uchastkasini 50 yilgacha muddatga, lekin arizada koʻrsatilganidan kam boʻlmagan muddatga investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun uzoq muddatli ijaraga berish;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlariga qonun hujjatlarida belgilangan vakolatlar doirasida va tartibda 10 million AQSh dollaridan koʻp boʻlmagan ekvivalentda chet el investitsiyasi ulushi boʻlgan investitsiya loyihalarini amalga oshirishda chet el investorlari bilan investitsiya shartnomalarini tuzish;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Joʻqorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlariga umumiy maydoni 2000 kvadrat metrdan ortiq, lekin 5000 kvadrat metrdan koʻp boʻlmagan, foydalanilmayotgan davlat mulki obyektlarini (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 16 iyundagi «Davlat mulki obyektlarini sotish tartib-taomillarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻg‘risida»gi PQ-3067-son qarorining 1 va 2-ilovalarida koʻrsatilgan obyektlar bundan mustasno) investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun sotish toʻg‘risida qaror qabul qilish huquqi berildi.
Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar ustav fondidagi xorijiy investitsiyalar ulushining eng kam miqdorini 30 foizdan 15 foizgacha kamaytirish hamda chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonaning ishtirokchisi sifatida xorijiy yuridik shaxs qatnashishi shartligi toʻg‘risidagi talabni bekor qilish, chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar ustav fondining eng kam miqdorini 600 million soʻmdan 400 million soʻmgacha kamaytirish, chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun davlat boji miqdorini uch baravarga kamaytirish, aktsiyadorlik jamiyatlari ustav fondining eng kam miqdorini 400 million soʻm miqdorida belgilash tartibi joriy etildi.
Investitsiya kiritish vaqtida O‘zbekiston Respublikasida oʻrnatilgan eng kam oylik ish haqining 8 500 baravaridan kam boʻlmagan miqdorda xoʻjalik jamiyatlarining aktsiyalari va ulushlarini sotib olish, shuningdek, xorijiy korxona tashkil etish shaklida O‘zbekiston Respublikasiga investitsiya kiritgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga koʻp martalik uch yillik viza olish va uning amal qilish muddatini O‘zbekiston Respublikasi hududidan chiqish zaruratisiz cheklanmagan miqdorda uzaytirish huquqi berildi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi mamlakat iqtisodiyotining ustuvor sohalariga katta miqdorda investitsiya kiritgan chet el fuqarolariga «Faxriy fuqaro» maqomini berish tartibini joriy etishi belgilandi.
Shu bilan birgalikda mamlakatimizda xorijiy investitsiyalarni rag‘batlantirish maqsadida 2012 yil 10 apreldagi «Toʻg‘ridan-toʻg‘ri xorijiy investitsiyalar jalb etilishini rag‘batlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻg‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonida belgilangan imtiyozlar mavjud.
Unga muvofiq yuqori texnologiyali ishlab chiqarishlarni rivojlantirishga toʻg‘ridan-toʻg‘ri qoʻyilmalar kiritayotgan xorijiy investorlar uchun maksimal darajada qulay investitsiya muhitini yaratish, respublika mintaqalariga xorijiy sarmoyalar va zamonaviy texnologiyalar jalb etilishi rag‘batlantirilishini kuchaytirish, xorijiy investorlar hamda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar uchun kafolatlar va imtiyozlar tizimini yanada mustahkamlash maqsadida qabul qilindi.
Xorijiy investorning pul shaklidagi ulushi 5 million AQSh dollaridan kam boʻlmagan yangidan tashkil etilayotgan xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar davlat roʻyxatidan oʻtgan sanadan boshlab 10 yil mobaynida soliq qonunchiligida oʻzgarishlar yuz bergan hollarda, yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i, qoʻshilgan qiymat solig‘i (tovarlar, ishlar, xizmatlarni realizatsiya qilish aylanmasi), mol-mulk solig‘i, obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig‘i, yagona ijtimoiy toʻlov, yagona soliq toʻlovi toʻlashning mazkur korxonalar davlat roʻyxatidan oʻtish sanasida amal qilgan me‘yorlari va qoidalarini qoʻllashga haqlidirlar».
Qiymati 50 million AQSh dollaridan oshadigan va xorijiy investorning ulushi kamida 50 foiz boʻlgan investitsiya loyihalari doirasida, ishlab chiqarish maydonidan tashqaridagi zarur tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini qurish byudjet mablag‘lari hamda boshqa ichki moliyalashtirish manbalari hisobidan amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Toʻg‘ridan-toʻg‘ri xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb etishni rag‘batlantirish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻg‘risida» 2005 yil 11 apreldagi PF–3594-son Farmoni bilan belgilangan soliq imtiyozlari 2012 yilning II choragidan boshlab quyidagi iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarida faoliyat yuritayotgan korxonalarga tatbiq etildi.
Toʻg‘ridan-toʻg‘ri xususiy xorijiy investitsiyalar uchun beriladigan imtiyozlar joriy etiladigan iqtisodiyot tarmoqlariga quyidagilar kiradi:

  • Radioelektron sanoati buyumlari hamda kompyuter va hisoblash texnikasi butlovchi buyumlarini ishlab chiqarish.

  • Engil sanoat:

  • tayyor ip gazlama, jun gazlama va aralash gazlamalar, shuningdek

trikotaj gazlama ishlab chiqarish;

  • tayyor tikuvchilik, trikotaj, paypoq mahsulotlari va toʻqimachilik galantereyasi ishlab chiqarish; – Ipakchilik sanoati:

  • shoyi gazlamalar va ipakdan tayyor buyumlar ishlab chiqarish.

  • Qurilish materiallari sanoati:

  • O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 24 martdagi PF–3586sonli Farmoni 1a-ilovasida koʻrsatilgan qurilish materiallarining yangi turlarini ishlab chiqarish.

  • Parranda goʻshti va tuxumni sanoat miqyosida etishtirish.

  • Oziq-ovqat sanoati:

  • mahalliy xom ashyodan sanoat miqyosida qayta ishlangan tayyor oziqovqat mahsulotlari ishlab chiqarish (alkogolli, alkogolsiz ichimliklar va tamaki mahsulotlari bundan mustasno).

  • Goʻsht-sut sanoati:

  • goʻsht va sut mahsulotlarining tayyor turlari, pishloq va sariyog‘ mahsulotlari ishlab chiqarish.

  • Baliq va baliq mahsulotlarini qayta ishlash hamda konservalash.

  • Kimyo sanoati.

  • Neft-kimyo sanoati.

  • Tibbiyot sanoati, shuningdek veterinariya uchun dori vositalarini ishlab chiqarish.

  • Qadoqlash materiallarini ishlab chiqarish.

  • Muqobil energiya manbalari negizida elektr stantsiyalari qurish.

  • Koʻmir sanoati:

  • koʻmir briketlarini ishlab chiqarish;

  • Ishlab chiqarishga moʻljallangan elektroferrosplav va metall buyumlarni ishlab chiqarish.

  • Mashinasozlik va metallga ishlov berish:

  • mashinasozlik;

  • traktor va qishloq xoʻjalik mashinasozligi;

  • qurilish, yoʻl va kommunal mashinasozlik;

  • engil va oziq-ovqat sanoati hamda maishiy asboblar mashinasozligi.

Mamlakatni jadal isloh etish va modernizatsiya qilish hamda mulkiy munosabatlarni takomillashtirish natijasida koʻplab korxonalar ishga tushirilishi chinakam industrial qudrat vujudga kelayotganligini bildiradi. Ularning iqtisodiy samarasi darhol koʻrinmasligi mumkin. Chunki, bunday sharoitda iqtisodiy samara kelgusi davrga koʻchadi va oʻzining butun boʻyi-basti bilan yaqin kelajakda namoyon boʻladi. Buni jahondagi rivojlangan davlatlar tajribasi tasdiqlab turibdi.
Xulosa qilib aytganda, xorijiy investitsiyalar – iqtisodiyotda mulkchilik munosabatlarini takomillashtirishning va iqtisodiy oʻsishning moddiy asosidir. Bu maqsadlarda ulardan foydalanishda ham omilkorlik va xushyorlik talab etiladi.

Yüklə 0,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin