Tadqiqot ishning obyekti boʻlib, jahon iqtisodiyotida toʻg‘ridan-toʻg‘ri xorijiy investitsiyalarni rivojlanishiga xos koʻrsatkichlar tizimi hisoblanadi.
Tadqiqot ishning predmeti boʻlib, iqtisodiyotga toʻg‘ridan-toʻg‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish va ulardan foydalanish jarayonida yuzaga keluvchi iqtisodiy munosabatlar tizimi hisoblanadi.
Tadqiqot ishining maqsadi. Ishning maqsadi jahon iqtisodiyotida toʻg‘ridan-toʻg‘ri xorijiy investitsiyalar rivojlanish tendentsiyalarini tadqiq etish hamda shu asosda investitsiyalardan samarali foydalanish yuzasidan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalarni ishlab chiqishdan iboratdir.
Ushbu maqsaddan kelib chiqqan holda quyidagiasosiy vazifalar belgilab olindi:
toʻg‘ridan-toʻg‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb etishning iqtisodiy-huquqiy va umumnazariy asoslarini tadqiq qilish;
toʻg‘ridan-toʻg‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb etishning milliy iqtisodiyot uchun ahamiyatini yoritish;
jahon iqtisodiyotida toʻg‘ridan-toʻg‘ri xorijiy investitsiyalarning tarkibi va rivojlanish dinamikasini oʻrganish;
O‘zbekistonda toʻg‘ridan-toʻg‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb etishning iqtisodiy-moliyaviy shart-sharoitlarini baholash;
milliy iqtisodiyot barqarorligini ta‘minlashda xorijiy investitsiyalarning tutgan oʻrnini tadqiq etish;
milliy iqtisodiyotning barqaror oʻsishini ta‘minlashda xorijiy investitsiyalarni jalb etishni rivojlantirish yoʻllarini yoritish.
Ilmiy yangiligi:
toʻg‘ridan-toʻg‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb etishning umumnazariy asoslari yoritilgan hamda toʻg‘ridan-toʻg‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb etishning milliy iqtisodiyot uchun ahamiyati ochib berilgan;
investitsiya dasturlari sifatini oshirish va xorijiy investitsiyalarni davlat tomonidan boshqarishda davlat organlarining oʻzaro munosabatlari mexanizmi takomillashtirilgan;
mintaqaviy xususiyatlar va nisbiy ustunliklarni aniqlash asosida joylardagi ishlab chiqarish salohiyatidan kelib chiqib, xorijiy investitsiyalarni hududlarning alohida istiqbolli tarmoqlariga oqilona jalb qilish boʻyicha choratadbirlar ishlab chiqilgan;
O‘zbekistonda investitsion muhitni yaxshilash va uning jozibadorligini oshirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.