III BOB. GRAFIK FAOLIYATDA TALABALARNING FAZOVIY TASAVVURLARINI RIVOJLANTIRISHDA PEDAGOGIK TAJRIBA-SINOV ISHLARINI O’TKAZISH VA NATIJALAR TAHLILI 3.1.Tajriba-sinov ishlarini o’tkazish va olingan natijalar tahlili.........................
Uchinchi bob bo’yicha xulosalar.........................................................................
UMUMIY XULOSA VA TAVSIYALAR........................................................ FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI...................................... ILOVALAR........................................................................................................ TAYANCH SO’ZLARNING IZOHLI LUG’ATI.......................................... Kirish Tadqiqot mavzusining dolzarbligi:Mustaqilligimizning 30 yillik qisqa tarixi davomida ulkan ijobiy o’zgarishlar ro’y berdi.Bu muvaffaqiyatlarga o’z-o’zidan erishilayotgani yo’q.Siyosatdan iqtisodni ustun qo’yilishi,inson manfaatining ustuvorligi,barcha millat vakillarining teng huquqliligi,mamlakatimizdagi tinchlik va osoyishta hayotning mavjudligi ro’y berayotgan ijobiy o’zgarishlar uchun zamin bo’layotganligidir.Ana shunday islohotlardan biri ta’limga davlat ahamiytidagi masala sifatida qaralishi hisoblanadi.Hozirgi tezkor rivojlanayotgan zamonda davlatning kuchi uning intellektual salohiyatli fuqarolari bilan o’lchanadi.
Mamlakatimiz Prezidenti Sh.Mirziyoyev mamlakatimiz yoshlarining huquq va manfaatlarini, shuningdek,burchlarini belgilab beruvchi yoshlarga oid qonunni qabul qildi.Bundan tashqari 2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishlari bo’yicha Harakatlar strategiyasida “Yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish,jumladan,jismonan sog’lom,ruhiy va intellektual rivojlangan,mustaqil fikrlaydigan qat’iy hayotiy nuqtayi-nazariga ega,Vatanga sodiq yoshlarni tarbiyalash,demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish jarayonida ularning ijtimoiy faolligini oshirish” kabi vazifalar qo’yildi1.
Mamlakatimiz yoshlariga nisbatan ishonch bildirib,ular kelajagimiz ekanligini Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev ham o’z nutqlarida quyidagicha bildirib o’tgan: Albatta faqat zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni puxta egallagan,mustaqil fikrlaydigan,doimo el-yurt taqdiriga dahldorlik tuyg’usi bilan yashaydigan siz aziz yoshlarimiz maydonga dadil chiqib,bugungi kunda hayotning o’zi oldimizga qo’yayotgan vazifalarni hal etishga qodirsiz”2.
Oliy ta’lim tizimida tayyorlanayotgan mutaxassislarga o’sib kelayotgan yosh avlodga ta’lim va tarbiya mavjud barcha resurslardan oqilona va samarali foydalanishni ta’minlash,davlat standartlari,o’quv dasturlari va o’quv –uslubiy
adabiyotlarni takomillashtirish,ularning yangi avlodini yaratish pedagogik axborot texnologiyalarini joriy etish bugungi kunning dolzarb muammolaridir.
Bugungi kunda ta’lim tizimini yanada takomillashtirish uchun pedagogik texnologiyalardan keng foydalanish va pedagog kadrlarning imkoniyatlarini oshirishga katta talablar qo’yilmoqda bugungi kunda bilimdonligi mustahkambo’lgan yosh kadrlarni har tomonlama har tomonlama yetuk intellektual salohiyatli,ma’naviyati kuchli,zamon bilan hamnafas bo’ladigan yoshlarni tarbiyalashda oliy ta’lim tizimidagi ta’lim jarayoni muhim bo’lib hisoblanadi.Shuning uchun mamlakatimiz birinchi prezidenti I.A.Karimov o’z asarlari va nutqlarida “Bugungi yoshlar har tomonlama bizdan aqlli,dono va bilimdon bo’lishi kerak” deb takror-takror aytganlar.
Yuqoridagilarni hisobga olgan holda oliy ta’limda dars jarayonlarida endilikda o’quvchilarni passiv eshituvchi emas,balki ularni faol qatnashuvchi roliga o’tkazish lozim.Shundagina o’qituvchi o’z oldiga qo’ygan maqsadga,darsni samaradorligini oshirishga bu bilan esa ta’lim samaradorligiga erishadi.Bu jarayonlarni albatta zamonaviy pedagogik texnologiyalarsiz tasavvur etish qiyin.Chunki darslarda mavzu mazmuniga mos pedagogik texnologiyalardan o’z o’rnida foydalanish talabalarga mavzuni to’liq,mukammal shaklda yetkazib beradi.Yuqoridagilardan kelib chiqib muhandislik grafikasi darslarini tashkil etishda bu ko’rsatmalar muhim hisoblanadi.Bu ko’rsatmalar muhandislik grafikasi fanlari misolida talabalarning grafik faoliyatda fazoviy tasavvurlarini rivojlantirishda juda maqbul hisoblanadi.
OTM talabalarining fazoviy tasavvurlarini rivojlantirishda pedagogik texnologiyalarning o’rni beqiyos hisoblanadi.Biroq hozirgi kunda mavjud pedagogik texnologiyalar va grafik faoliyatda talabalarning fazoviy tasavvurlarini rivojlantirish mavzusi yuzasidan ilmiy tadqiqot ishlari yaxshi rivojlanmagan hamda metodik tavsiyalar kam tayyorlangan.Shuning uchun ushbu dissertatsiya mavzuimni “Grafik faoliyatda o’quvchilarning fazoviy tasavvurlarini rivojlantirish” (OTM misolida)