HUDUDIY ELEKTR TARMOQLARI” AJda
YOSHLAR SIYOSATI
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 5 iyuldagi “Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”gi PF-5106 sonli Farmoni hamda 2017 yil 18 iyuldagi “O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini takomillashtirishga doir kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3138 sonli qarorining ijrosini ta'minlash maqsadida “Hududiy elektr tarmoqlari” AJda Yoshlar ittifoqi Yetakchilar kengashi tashkil etilgan.
“Hududiy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati Yoshlar ittifoqi Yetakchilar kengashining asosiy vazifalariga:
• elektroenergetika sohasi yoshlarining professional salohiyati va iqtidorini ro‘yobga chiqarishi uchun shart-sharoit yaratish;
• yosh mutaxassislarni elektroenergetika sohasida innovasion loyihalarni amalga oshirishga jalb etishga ko‘maklashish;
• elektroenergetika sohasi yoshlarining intellektual, ma'naviy, axloqiy va jismoniy rivojlanishiga ko‘maklashish;
• yoshlarni ijtimoiy sohadagi tadbirlarga jalb qilish, xususan, ularning salomatligi va ijtimoiy farovonligini ta'minlash, yoshlar orasida ommaviy sportni rivojlantirishga qaratilgan loyihalarni amalga oshirish;
• salohiyatli yoshlarni rahbarlik lavozimlariga tayyorlash, kadrlar zaxirasini yaratish va boshqalar.
Shuningdek, Yetakchilar kengashi “Hududiy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati tizimidagi boshlang‘ich tashkilotlari uchun bajarilishi majburiy bo‘lgan qarorlar chiqarish hamda ularning ishini muvofiqlashtirib borish vakolatiga ega.
Men amaliyot o’tagan Qumqo’rg’on TETK da 26.04.2023 yil kuni xodimlar bilan naryad asosida qumqo’rg’on podstansiyasida ish olib bordik.
Men amaliyot o’tagan Qumqo’rg’on TETK da 28.04.2023 yil kuni xodimlar bilan naryad asosida Ochamayli mahallasida qurilish tamirlash ishlarini olib bordik.
Amaliyot davri mobaynida tashkilotda oʻtkazilgan sport musobaqalarida faol ishtirok etdim.
Dostları ilə paylaş: |