Termiz muhandislik-texnologiya instituti energetika va konchilik ishi fakulteti


Ayni paytda «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ tassarufida 2023 yil 1 yanvar holatiga



Yüklə 1,54 Mb.
səhifə2/7
tarix19.12.2023
ölçüsü1,54 Mb.
#186826
1   2   3   4   5   6   7
amaliyot hisoboti (2)

Ayni paytda «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ tassarufida 2023 yil 1 yanvar holatiga:
- Jami 04-110 kVli elektr uzatish tarmoqlari (270 266,2 km);
shundan, 110 kV – 15 379,2 km; 35 kV – 13 492,3 km; 10 kV – 88 211,0 km; 
6 kV – 14 079,2 km; 0,4 kV – 139 104,5 km.
- Jami transformator punktlari (95 789 dona)
shundan, 10/0,4 kV gacha – 78 291 dona; 6/0,4-160 kV gacha – 17 498 dona.
- Jami podstansiyalar (1 788 ta),
shundan, 110 kVli – 715 ta; 35 kVli – 1 073 ta mavjud.
О‘zbekiston Respublikasida elektr energiyasidan foydalanuvchilarning umumiy soni: 
yuridik iste’molchilar – 388,3 ming ta;
maishiy iste’molchilar (aholi) – 7,8 mln. kishi

О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 12 dekabrdagi “Aholiga davlat xizmatlari kо‘rsatishning milliy tizimini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari tо‘g‘risida”gi PQ-5278-sonli qarori hamda 2020 yil 31 yanvardagi “Davlat xizmatlari kо‘rsatish milliy tizimini jadal rivojlantirish bо‘yicha qо‘shimcha chora-tadbirlar tо‘g‘risida”gi PF-5930-sonli farmoniga asosan, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan iste’molchilarni elektr tarmoqlariga sifatli va tezkor ulash hamda mukammal shartnomaviy xizmatlar kо‘rsatish maqsadida “Davlat va shartnomaviy xizmatlarni rivojlantirish” filiali tashkil etildi.


Filial tomonidan murojaatchilarga quyidagi xizmatlar kо‘rsatiladi:
· iste’molchilarni elektr tarmoqlariga ulashda texnik shartlar ishlab chiqish va taqdim etish;
· respublika hududidagi barcha turdagi murojaatchilarni “foydalanishga tayyor holda” elektr tarmoqlariga ulash; 
· elektr qurilmalarini barcha kuchlanishdagi elektr tarmoqlariga ulashda loyiha hujjatlarini ishlab chiqish;
· elektr tarmoqlariga ulanishda barcha kuchlanishdagi elektr ta’minoti loyihalarini kelishish;
· elektr qurilmalariga texnik xizmat kо‘rsatish;
· qonunchilikda belgilangan tartibda qurilish-montaj ishlarini olib borish;
· elektr qurilmalariga laboratoriya va sinov-sozlash xizmatlarini kо‘rsatish;
· yangi ulanayotgan iste’molchilarni “Elektrohisob” kompleks dasturiga kiritish va boshqa xizmatlar.


Hududiy elektr tarmoqlari” AJ xodimlarining texnika xavfsizligi hamda mehnat muhofazasi qoidalariga rioya qilishlari elektr tarmoqlari ekspluatasiyasi va qurilmalarning barqaror ishlashini ta'minlashda muhim omil hisoblanadi
Xavfsizlik talablariga qat'iy rioya qilinishi yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan baxtsiz hodisalarning oldini olish hamda elektr tarmoqlari va uskunalari ekspluatasiyasini xavfsiz bajarishga imkon beradi.
Bu borada barcha hududiy elektr tarmoqlari korxonalarida ekspluatasiya ishlari “Elektr qurilmalarni ekspluatasiya qilishda texnik xavfsizlik qoidalari” asosida tashkil qilingan.
Ushbu qoida xavfli, zararli ishlab chiqarish omillari va ulardan himoyalanish, ishlab chiqarishda baxtsiz hodisalarning oldini olish, transformatorlarda va elektr uzatish liniyalarida turli xil ishlarni bajarishda xavfsizlik choralarini belgilaydi.
Ma'lumki, mavjud elektr tarmoqlari va uskunalarini texnik ko‘rikdan muntazam o‘tkazib turish orqali iste'molchilarni barqaror va ishonchli eleketr energiyasi bilan ta'minlashga erishish mumkin. Shu maqsadda hududiy elektr tarmoqlari korxonalarida kadrlarni qayta tayyorlash, favqulodda vaziyatlar va o‘quv maydonlarida mashg‘ulotlar o‘tkazish uchun doimiy mashg‘ulotlar olib borishga alohida e'tibor qaratilmoqda.
Hozirgi vaqtda elektr tarmoqlari inshootlariga xizmat ko‘rsatadigan elektromonterlar va texnik muhandislar elektr xavfsizligi guruhlariga ega bo‘lib, xavfsizlik qoidalariga muvofiq imtihonlardan o‘tishgan hamda tegishli sertifikatga ega.
Bundan tashqari, baxtsiz hodisalarning oldini olish, mehnatni muhofaza qilish, xodimlarning bilimini oshirish va ijtimoiy ta'minlash masalalariga alohida e'tibor berilmoqda, jumaladan:
• joylardagi hududiy elektr tarmoqlari korxonalarida xodimlarning bilimini muntazam ravishda oshirib borish uchun texnik o‘qishlar, o‘quv xonalari va mashq maydonlari tashkil etilgan;
• “Ustoz-shogird” an'anasiga asosan yosh elektromontyorlarni o‘qitish, tayyorlash va malakasini oshirish ishlari yo‘lga qo‘yilgan;
• xodimlar zaruriy himoya vositalari va maxsus kiyim-boshlar bilan ta'minlangan;
• xavfsizlik texnikasi qoidalariga doimiy rioya qilinishi muntazam ravishda ko‘rikdan o‘tkazib borilmoqda va nazorati olib borilmoqda.
Shuningdek, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ mutaxassislari Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi miqiyosida elektroenergetika sohasida har yili o‘tkazilayotgan, asosiy maqsad-vazifalari quyidagilardan iborat xalqaro musobaqalarda faol ishtirok etib kelishmoqda:
• 0,4-110 kV kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlarini ta'mirlash va texnik xizmat ko‘rsatishda xodimlarning kasbiy tayyorgarligini oshirish va baholash;
• mehnat xavfsizligi madaniyatini oshirish;
• 0,4-110 kV kuchlanishli elektr uzatish liniyalariga xizmat ko‘rsatish jarayonida xodimlarning malakasini oshirish, ish sifati va xavfsizligini oshirish;
• yuqori kuchlanishli elektr uzatish liniyalarida asbob-uskunalarni ekspluatasiya qilish va ta'mirlash ishlari bo‘yicha tajriba almashish.


Elektr energetika tarmog‘ini yanada rivojlantirish va isloh qilish strategiyasida belgilab berilgan vazifalarni amalga oshirishga xizmat iluvchi «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ kadrlarga oid siyosatining asosiy maqsadlari quyidagicha:
- Jamiyatning malakali kadrlarga bo‘lgan ehtiyojini o‘z vaqtida ta'minlash, sohaga salohiyatli kadrlarni jalb etish;
- yosh kadrlar bilan ishlash, O‘zbekiston Respublikasi va xorijiy o‘quv markazlari va kurslarida xodimlar kasbiy malakasini doimiy oshirib borishlari uchun sharoit yaratish;
- «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ mutaxassislari uchun xorijiy moliya institutlari yetakchi mutaxassislari ishtirokida MSFO standartlari bo‘yicha hisobot tayyorlashning asosiy metodlari, ularni tatbiq etishning o‘ziga xos xususiyatlari va «Korxonani boshqarish» ERP tizimini joriy etishga qaratilgan brifing, seminarlar va boshqa uchrashuvlar tashkil etish;
- xodimlarning yanada samarali ishlashiga erishish, ularning mehnat muhofazasini ta'minlash.



Yüklə 1,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin