Yengil sanoat va oziq-ovqat texnologiyalari professor-o‘qituvchilari
dots. Q.N. Safarov, X. Diyorov, J.Raxmonqulov , O.Abdurahmonov , N.Urokovlarning dars tahlili
Yengil sanoat va oziq-ovqat texnologiyalari professor, o‘qituvchilar N.Q. Safarov , J.Raxmonqulov, Z. Misirov , va X. Diyorov, O.Abdurahmonov , N.Urokovlarning dars tahlillariga kirdim. N.Q. Safarov 2 kurs YS-21-A guruhning talabalariga “ Tabiiy tolani dastlabki ishlash” fanining maruza va labaratoriya darslarini o‘tdi. O‘qituvchi maruza va labaratotiya darslarini aniqlik bilan tushuntirib talabalarga yetqazdi. Ko‘proq hayotiy misollar bilan tushuntirib mavzuni yanada osonroq tushuntirdi. N.Q. Safarov teskor savol javob pedagogik texnalogiyasidan foydalandi, undan tashqari proyektor orqali avtomatlarni ishlash jarayonini video rolik va animatsiyalar orqali tushuntirdilar.
X. Diyorovning “Mashinalarni ishlab chiqarish asoslar” fanidan dars tahliliga kirdim. Dars juda qiziqarli va yangidan yangi ma’lumotlarga boy bo’ldi. Talabalarning kelajakdagi rejalari va o’z ustilarida ishlashlari uchun kerakli dars bo’ldi. N.Urokov va Abdurahmonov O.larning “Metrologiya asoslari va standartlashtirish” va “TMTJ(labaratoriya)” fanlariga kirdim va o‘ziming pedogogik maxoratimni oshirib o‘zim uchun yangi bilimlarni oldim. Bundan tashqari R.Qodirovning “Og‘ir rangli metalurgiyasi” faniga ham kirdim.
Darslarda kuzatish va tahlil qilish orqali o‘quvchilarning umumiy tayyorgarligi, bilim olishdagi faoliyati, o‘quv faniga bo‘lgan qiziqishi, diqqat bilan ishlashi, matn, xarita, jadval, asboblar bilan mustaqil ishlay bilishi, o‘qituvchiga bo‘lgan munosabati aniqlanadi. Shu bilan birga o‘qituvchining faoliyati ham tahlil qilinishini bilib oldim. Chunonchi, o‘qituvchining o‘quv dasturi materiallarini bilish darajasi, yangi mavzuni tushuntirish jarayonida asosiy fikrni ajratib olishi, ilmiylik va soddalik, ko‘rgazmalilik tamoyillariga rioya qilishi, dars maqsadini to‘g‘ri qo‘yishi, dars jarayonini to‘g‘ri rejalashtirishi, darsda hamkorlikka erisha olishi, bilim va ko’nikmalarni o‘zlashtirishni nazorat etishi, o‘quvchilar bilan yakka va jamoada ishlashni tashkil eta bilishi, dars mobaynida vaqtdan unumli foydalanishi va pedagogik muomala madaniyatini egallaganlik darajasi kabi jihatlar inobatga olinishi haqida ma’lumotlarga ega bo‘ldim. Bundan tashqari men “Yengil sanoat va oziq-ovqat texnologiyalari” kafedrasi mudiri dots. N.Q.Safarovning “ Tabiiy tolani dastlabki ishlash” fanining “Chigit tozalashning ahamiyati. Linterlash texnologiyasi” maruza va O.Abdurahmonovning “TMTJ” fanidan labaratoriya darslarini o‘tdim. Dars o‘tish davomida har ikki darsimda ham talabalar to‘liq ravishda faol qatnashdi. TMTJ (laborotriya) darsida nizom asosida 3 kishini “5” va 5 kishini “4” baho bilan baholadim.
Dostları ilə paylaş: |