Termiz muhandislik-texnologiya instituti


 XXI globallashuv asrida ta’lim sohasida mazkur fanni o‘qitishdagi nazariy-konseptual yondashuv va ilg‘or innovatsiyalar



Yüklə 1,14 Mb.
səhifə6/43
tarix13.08.2022
ölçüsü1,14 Mb.
#63109
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   43
2022 O\'ZB tarix ma\'ruza matni

5. XXI globallashuv asrida ta’lim sohasida mazkur fanni o‘qitishdagi nazariy-konseptual yondashuv va ilg‘or innovatsiyalar.
O‘zbekiston Respublikasida mustaqillikning dastlabki kunlaridan boshlab yoshlarga nisbatan alohida g‘amxo‘rlik ko‘rsatilib, ularga oid davlat siyosati izchil ravishda amaliy hayotga tatbiq etib kelinmoqda. Bu siyosatning mazmun-mohiyati, asosiy yo‘nalishlari, yoshlarga beriladigan ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va huquqiy kafolatlar O‘zbekiston Respublikasining 1991 yil 20 noyabrdagi “O‘zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatining asoslari to‘g‘risida”gi qonunida belgilab qo‘yilgan.
O‘zbekiston davlati hamisha demokratik taraqqiyot, modernizatsiya va yangilanish borasida belgilangan maqsadlarga erishishda eng muhim qadriyat va hal qiluvchi kuch bo‘lgan bilimli va intellektual rivojlangan avlodni tarbiyalash vazifasini o‘zining asosiy ustuvor yo‘nalishlari qatoriga qo‘yib kelmoqda. Bu borada yoshlarning nafaqat jismoniy va ma’naviy sog‘lom o‘sishi, balki ularning eng zamonaviy intellektual bilimlarga ega bo‘lgan, uyg‘un rivojlangan insonlar bo‘lib, XXI asr talablariga to‘liq javob beradigan barkamol avlod bo‘lib voyaga etishi uchun zarur barcha imkoniyat va sharoitlarni yaratish maqsadi qo‘yilgan. SHu nuqtai nazardan, bugungi kunda yoshlar ijtimoiy-siyosiy kuch sifatidagi faoliyatining muhimligi va amaliy ahamiyati, O‘zbekistonda mustaqillik yillarida amalga oshirilgan ijtimoiy-siyosiy islohotlar, jamiyat hayotining barcha jabhalarini modernizatsiyalash va yangilash masalasi bilan chambarchas bog‘liqligida hisoblanadi. Chunki, mamlakatda yoshlarning aholi tarkibidagi salmog‘i 60,0 foiz foizdan yuqorini tashkil qiladi. Mazkur mulohaza O‘zbekiston yoshlar davlati ekanligini yana bir karra tasdiqlaydi.
Yoshlarning bilim olishi, ta’lim-tarbiyasi, kasbiy tayyorgarligi masalalari O‘zbekistonda huquqiy demokratik davlat qurish, fuqarolik jamiyatini shakllantirish jarayonida muhim ahamiyat kasb etadi. Binobarin, ushbu jarayonlar, ya’ni O‘zbekistonda ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar samaralari, yuksak bilimli hamda intellektual rivojlangan avlodni tarbiyalashda davlatning roli va bu borada to‘plangan tajriba bilan xalqaro hamjamiyatni keng tanishtirish maqsadida ko‘plab xalqaro ilmiy anjumanlar o‘tkazilib kelinmoqda. O‘zbekistonda Ta’lim sohasini isloh qilish, yuksak bilimli va intellektual rivojlangan avlodni tarbiyalash bo‘yicha 1997 yil amalga oshirilgan, dunyo hamjamiyati tomonidan e’tirof etilgan “Ta’lim to‘g‘risidagi qonun” va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”, katta ahamiyat kasb etadi. SHuningdek, O‘zbekistonda zamonaviy ilm-fanni puxta egallagan raqobatdosh kadrlarni tayyorlash, ta’lim-tarbiya ishlarini tubdan o‘zgartirish, xalqaro tajribalar asosida ta’lim sifatini yangilash masalasi davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi. Xususan, 2017-2021 yillarda O‘zbekistonni rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida ta’lim va fan sohasini rivojlantirish, yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish masalalari belgilab berilgan bandlarida, jumladan, uzluksiz ta’lim tizimini yanada takomillashtirish yo‘lini davom ettirish, sifatli ta’lim xizmatlari imkoniyatlarini oshirish, mehnat bozorining zamonaviy ehtiyojlariga muvofiq, yuqori malakali kadrlar tayyorlash; ta’lim sifatini tubdan oshirish, chet tillar, informatika hamda matematika, fizika, kimyo, biologiya kabi boshqa muhim va talab yuqori bo‘lgan fanlarni chuqurlashtirilgan tarzda o‘rganish; ta’lim va o‘qitish sifatini baholashning xalqaro standartlarini joriy etish asosida oliy ta’lim muassasalari faoliyatining sifati hamda samaradorligini oshirish, intellektual rivojlangan, mustaqil fikrlaydigan, qat’iy hayotiy nuqtai nazarga ega, Vatanga sodiq yoshlarni tarbiyalash kabi boshqa muhim va talab yuqori bo‘lgan fanlarni chuqurlashtirilgan tarzda o‘rganish”ga alohida ahamiyat qaratilgan. Shu bois, O‘zbekistonda milliy ta’lim-tarbiya sohasiga jiddiy e’tibor berilib, ta’lim tizimida tub o‘zgarishlar qilish va erishilgan natijalarni tahlil etgan holda, mavjud muammolarni bartaraf etishga qaratilgan ilmiy tadqiqotlar olib borish muhim o‘rin tutadi.
Bugungi kunda yuksak ma’naviy va axloqiy fazilatlarga ega, bilimli, samarali mehnat qilishga qodir fuqarolar jamiyatning eng muhim boyligi va asosiy kapitali, uni harakatga keltiruvchi kuch ekanligini teran anglash asnosida milliy qadriyatlarimizni, qadimiy an’analarimizni, jahon sivilizatsiyasi tarixida o‘chmas iz qoldirgan ajdodlarimizni yangi sharoitda yana bir bor kashf etamiz, qaytadan dunyoga tanitish imkoniyatiga ega bo‘lamiz hamda yoshlarga ibrat sifatida ko‘rsatamiz, buyuk zotlarga munosib bo‘lishga undaymiz.
Ta’lim tuzilishini modernizatsiyalash, uni demokratlashtirish, kompyuterlashtirish va insonparvarlashtirish, ta’lim dasturini erkin tanlash, uzluksiz ta’lim tizimini rivojlantirish tobora kuchayib bormoqda. Ta’limni fundamentallashtirish, ma’naviy mas’ul shaxsni shakllantirish, bilishni emas, balki fikrlashni o‘rgatish zarurligi yaqqol ko‘zga tashlanmoqda. Zero, yosh avlodning har tomonlama kamol topishi uchun zamon ruhiga mos yangidan-yangi qonun loyihalarini ishlab chiqish va ularni amaliyotga tadbiq etish bo‘yicha innovatsion loyihalar ishlab chiqish, ta’lim tizimining barcha bosqichlarida sifat o‘zgarishlariga erishish bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni yanada kuchaytirish zarur.
Yoshlar bilan ishlashda asosiy e’tiborni, avvalo, ularni tabiatimizga begona bo‘lgan g‘arazli oqimlardan asrab, zamonaviy bilim va tajribaga, intellektual salohiyat va ilg‘or texnologiyalarga ega, ma’naviy yuksak, komil insonlar etib voyaga yetkazish, jamiyatda o‘z oldiga qo‘ygan strategik maqsadlarga erisha olishiga va munosib o‘rin egallashiga qaratadi.
Bugungi hayotimizni Internet, kompyuter tarmog‘isiz tasavvur etib bo‘maydi. Axborot texnologiyalari tufayli uzog‘imiz yaqin, mushkulimiz oson bo‘lmoqda. Jahon axborot maydoni tobora kengayib borayotgan shunday bir sharoitda yoshlarning ongini faqat o‘rab-chirmab, uni o‘qima, buni ko‘rma, deb bir tomonlama tarbiya berish, ularning atrofini temir devor bilan o‘rab olish, hech shubhasiz, zamonning talabiga ham, bizning ezgu maqsad-muddaolarimizga ham to‘g‘ri kelmaydi. Bu borada Prezident Sh.Mirziyoyev shunday deydi: “Bugungi kunda yon-atrofimizda diniy ekstremizm, terrorizm, giyohvandlik, odam savdosi, noqonuniy migratsiya, “ommaviy madaniyat” degan turli balo-qazolarning xavfi tobora kuchayib borayotganini hisobga oladigan bo‘lsak, bu so‘zlarning chuqur ma’nosi va ahamiyati yanada yaqqol ayon bo‘ladi. Haqiqatan ham, hozirgi vaqtda yoshlar tarbiyasi biz uchun o‘z dolzarbligini va ahamiyatini hech qachon yo‘qotmaydigan masala bo‘lib qolmoqda”. Binobarin, hukumatimiz bunday yoshlarni tarbiyalash va ular bilan ishlashda, istiqbol rejalarini tuzishda asosiy e’tiborni, avvalo, ularni tabiatimizga begona bo‘lgan turli ko‘rinishdagi ijtimoiy illatlardan asrab, zamonaviy bilim va tajribaga, intellektual salohiyat va ilg‘or texnologiyalarga ega, ma’naviy yuksak, komil insonlar etib voyaga yetkazish, jamiyatda o‘z oldiga qo‘ygan strategik maqsadlarga erisha olishiga qaratadi.
Mustaqillik tufayli milliy o‘zlikni anglash, vatanparvarlik, Vatan uchun iftixor, g‘ururlanish va shu singari boshqa tuyg‘ular yana bir bor cho‘qqiga ko‘tarildi, xalqimizning mustaqil fikrlashi, ma’naviy dunyosi, ijtimoiy-siyosiy faolligi o‘sib bordi, bu esa yangidan-yangi yutuqlar garoviga, kuch-qudrat manbaiga aylandi, intellektual salohiyatni yuksaltirishga imkon yaratildi.
XXI globallashuv asrida ta’lim sohasida “O‘zbekistonning eng yangi tarixi” fanini o‘qitishdagi nazariy-konseptual yondashuv va ilg‘or innovatsiyalar qo‘llanilishi natijasida mamlakatning intellektual va ma’naviy salohiyatni yuksaltirishdan manfaatdor ekanligi, globallashuv sharoitida bilimlilik mamlakatni iqtisodiy rivojlantirish va uning milliy boyligini ko‘paytirishning muhim tarkibiy qismiga aylanib borayotganligi, yoshlarning yuksak ma’naviy darajasi esa insonlarda huquqiy madaniyatni, erkin va demokratik huquqiy davlatda yashash hamda mehnat qilish qobiliyatini shakllantirish, o‘zligini anglash, ulardan shaxs, davlat hamda jamiyat manfaatlari yo‘lida foydalanish imkonini beradi. Mazkur fanning o‘qitilishi jarayonida talabaga fan bo‘yicha mustaqillikka erishish arafasida O‘zbekistonda yuzaga kelgan murakkab vaziyatni, ularning sabablari va oqibatlarini; mustaqillik yillaridagi o‘zgarishlarni, O‘zbekistonning eng yangi tarixi masalalarini, zamonaviy jarayonlarda O‘zbekistonning jahon hamjamiyatidagi o‘rnini tarixiylik va xolislik nuqtai nazaridan bilishi kerak;
O‘zbekistonning eng yangi tarixi muammolarini o‘rganish, dunyoqarashni mustahkamlashda milliy mustaqillik g‘oyasini qo‘llay bilish, atrofida sodir bo‘layotgan jarayonlarga o‘z munosabatini bildira olish, jamiyat va inson dunyoqarashi rivojida tarix fanining o‘rnini anglash va bugungi kunda sodir bo‘layotgan voqealarning tarixdagi muhim voqealar bilan bog‘liqligini bilish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak.
Shuningdek, O‘zbekistonning eng yangi tarixini chuqur bilish, ma’naviy-milliy va umuminsoniy masalalar bo‘yicha o‘z qarashlarini ilmiy asoslashni va ifodalashni bilish, milliy mustaqillik g‘oyalariga amal qiladigan faol hayotiy dunyoqarash kabi malakalarga ega bo‘lishi kerak. Bu o‘z navbatida, yoshlarda tarixiy tafakkurni shakllantirib, komil inson bo‘lib etishishlarida muhim ahamiyat kasb etadi. Asosiy vazifa O‘zbekiston tarixi fani, uning mantiqiy davomi bo‘lgan “O‘zbekistonning eng yangi tarixi” fani bo‘yicha yosh avlodni millatning dardiga darmon bo‘ladigan, elim deb, yurtim deb yonib yashaydigan komil, o‘z Ona yurti bilan g‘ururlanadigan inson qilib tarbiyalashdan iborat.



Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin