Termodinamik muvozanatda bo’lmagan tizimlarda ko’chish xodisalari. Reja



Yüklə 128,51 Kb.
səhifə3/8
tarix07.01.2023
ölçüsü128,51 Kb.
#78676
1   2   3   4   5   6   7   8
Termodinamik muvozanatda bo’lmagan tizimlarda ko’chish xodisalar

Termodinamikaviy jarayon


Ham o’zaro, ham atrofdagi muhit bilan ta’sirlashib turuvchi material jismlar to’plamini termodinamikaviy tizim deb ataymiz, ko’rib chiqilayotgan tizim chegarasidan tashqarida bo’lgan boshqa barcha material jismlarni tashqi muhit deb atash qabul qilingan.
Agar holat parametrlaridan loaqal bittasi o’zgarsa, u holda tizimning holati o’zgaradi, ya’ni tizimda termodinamikaviy, jarayon sodir bo’ladi.
Termodianmikaviy tizimda sodir bo’ladigan barcha jarayonlarni muvozanatdagi va muvozanatdagimas, qaytar va qaytmas jarayonlarga bo’lish mumkin. Muvozanatdagi jarayon tizimning barcha qismlari bir xil temperaturaga va bir xil bosimga ega ekanligi bilan tavsiflanadi.
Jarayonning o’tish jarayonida tizimning turli qismlari har xil temperatura, bosim, zichlik va hokazolarga ega bo’lsa, bunday jarayon muvozanatdagimas jarayon deb aytiladi.
Har qanday real jarayon ma’lum darajada muvozanatdagimas holatda bo’ladi. Bundan keyin «jarayon» deganda biz muvozanatdagi jarayonni tushunamiz.
Termodinamikaning eng muhim tushunchalaridan biri qaytar va qaytmas jarayonlar haqidagi tushunchadir. Termodinamikaviy jarayon termodinamikaviy tizimning uzluksiz o’zgarib turadigan holatlari to’plamidan iboratdir.
Tizimning har qanday ikkita holati: 1 va 2 oralig’ida bitta yo’lning o’zidan o’tadigan ikkita jarayonni tasavvur etishi mumkin: holat 1 dan holat 2 ga va aksincha holat 2 dan holat 1 ga; bunday jarayonlar to’g’ri va teskari yo’nalishdagi jarayonlar deb aytiladi.
To’g’ri va teskari yo’nalishdagi jarayon natijasida termodinamikaviy tizim dastlabki holatiga qaytadigan jarayonlar qaytar jarayonlar deb aytiladi. To’g’ri va teskari yo’nalishlarda o’tkazilganda tizim dastlabki holatiga qaytmaydigan jarayonlar qaytmas jarayonlar deb aytiladi.
Tajribadan ma’lumki, o’z-o’zidan sodir bo’ladigan barcha tabiiy jarayonlar qaytmas bo’ladi; tabiatda qaytar jarayonlar bo’lmaydi.
Tizimda o’z-o’zidan sodir bo’ladigan har qanday jarayon va binobarin, qaytmas jarayon tizimda muvozanat qaror topmaguncha davom etadi.
Tajriba shuni ko’rsatadiki, muvozanatga erishgan tizim keyinchalik shunday holatda qolaveradi, ya’ni holatini o’zicha o’zgartira olmaydi. Yuqorida aytib o’tilganlar asosida quyidagi natijaga kelish qiyin emas: tizim faqat muvozanat holatiga kelmaganiga qadargina ish bajara oladi.

Issiqlik o’tkazuvchanlik hodisasi gaz yoki qattiq jismning issiqroq qatlamdan sovuqroq qatlamga ΔQ issiqlik miqdorining o’tishidan iborat. • Issiqlik o’tkazuvchanlik hodisasi sodir bo`lishi uchun harorat gradienti mavjud bo`lishi kerak . • Harorat Т ning o’zgarishi OХ o’qi yo’nalishida yuz berayotgan bo’lsin va OX o’qqa tik qilib olingan Δs yuza orqali Δ t vaqt davomida uzatilgan issiqlik miqdori Fur`e qonuni bilan aniqlanadi . χ

Bundagi minus ishora ΔQ issiqlik miqdorining Т harorat kamayib borayotgan tomonga o’tishini ko’rsatadi. -gazning turiga va uning qanday sharoitda turganligiga bog`liq bo’lib, issiqlik o’tkazuvlik koeffitsiyenti deyiladi. Demak, gazning yoki qattiq jismning issiqlik o`tkazuvchanlik koeffisienti – harorat gradienti 1 birlikka teng bo`lgan holda birlik yuza orqali birlik vaqtda uzatiladigan issiqlik miqdori bilan harakterlanuvchi kattalikdir.



Yüklə 128,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin