Mamlakatimizda ta’lim muassasalari bitiruvchilarini ishga olganda kichik biznes korxonalariga qanday imtiyoz berilgan?
A) Ishlovchilarning yuqori cheklangan soni 20 foizga oshganda ham yagona soliq tо‘lash huquqi saqlanib qolinadi.
B) Ishlovchilarning yuqori cheklangan soni 30 foizga oshganda ham imtiyozlarning saqlab qolinadi.
V) Foyda solig‘idan ozod etilgan.
G) Pensiya jamg‘armasiga ajratmalar qilinmaydi.
Mehnat bozorida ishsizlarni davlat tomonidan himoyalash choralaridan biri qaysi javobda keltirilgan?
A) Kasbga qayta tayyorlash, о‘qitish va ishga joylashtirish.
B) Kam ta’minlanganlik nafaqasini tо‘lash.
V) Pensiya tayinlash.
G) Majburiy tartibda ishga joylashtirish.
Iqtisodiy faol aholi tarkibi qaysi javobda tо‘g‘ri kо‘rsatilgan?
A) Ish bilan bandlar va ishsiz sifatida rо‘yxatdan о‘tganlar.
B) Mehnatga layoqatli aholining mehnatga layoqatli yoshdagilari.
V) Ish bilan band bо‘lganlar va ishsizlar, ish qidirayotganlar.
G) Mehnatga layoqatli bо‘lmaganlar.
Loyihalarni “Mahalliylashtirish dastur”ga kiritish qaysi tashkilotlarning xulosalari asosida amalga oshiriladi?
A) О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi.
B) О‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Moliya vazirligi, Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qо‘mitasi.
V) О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni, Vazirlar Mahkamasi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi.
G) О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi.
Xufyona iqtisodiyot о‘lchamlarini baholashda monetar usul:
A) – bu xufyona hisob-kitoblarda faqat naqd mablag‘lardan foydalanilishi tо‘g‘risidagi gipotezaga asosida quriladi.
B) – bu deklaratsiya qilinadigan daromadlar xarajatlar summasi, tovarlar va xizmatlar iste’molining real hajmlari bilan taqqoslanadi.
V) – bu shuni nazarda tutadiki, uzoq vaqt mobaynida saqlanib kelayotgan rо‘yxatga olinmagan ishsizlikning yuqori darajasi xufyona sektorda bandlik uchun keng imkoniyatlar mavjudligidan dalolat beradi.
G) – bu xarajatlarning ma’lum texnologik koeffitsiyentlari asosida mahsulot ishlab chiqarishning real hajmi haqidagi ma’lumotlarni olish imkonini beradi.