Umumpedagogik (makro) daraja. Mazkur darajaga muvofiq keladigan texnologiyalar yaxlit pedagogik jarayonga tegishli boʻlib, ularga muammoli, tabaqalashtirilgan, integratsion, shaxsga yoʻnaltirilgan, rivojlantiruvchi, modulli, masofali oʻqitish texnologiyalarini misol sifatida keltirish mumkin. Mazkur texnologiyalar innovatsiya tavsifiga ega boʻlib, novator oʻqituvchilar, olimlar va izlanuvchilar tomonidan ishlab chiqiladi hamda samaradorligi kafolatlanganidan va amaliyotga keng tatbiq etish imkoniyatiga ega boʻlinganidan soʻng uni amaliyotchi oʻqituvchilar oʻz faoliyatida qoʻllaydilar.
Dostları ilə paylaş: |